13.4. Nogironlik pensiyalarini hisoblash va tayinlash tartibi Nogironlik pensiyalarini hisoblashda ish stajlari va pensiya hisoblash uchun qabul qilinadigan daromadlarning mavjudligi muhim ahamiyatga egadir.
Nogironlik pensiyasining tarkibi pensiyaning bazaviy miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan va pensiyaning ustama haqlaridan shakllanadi.
Nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori hisoblangan o’rtacha oylik ish haqining 55 foizi miqdorida hisoblash yo’li bilan aniqlanadi.
Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiyalarning bazaviy miqdorlari I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foiz miqdorida oshirilib boriladi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori nogironlik bo‘yicha pensiya tayinlangan kunda qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan ish staji mavjud bo‘lganda oshiriladi.
Pensiyaga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
I-guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 150
foizi;
II-guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 125
foizi;
ko‘zi ojizlik bo‘yicha I-guruh nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 100 foizi;
I-guruh nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
II-guruh yolg‘iz nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 50
foizi;
urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – eng
kam oylik ish haqining 50 foizi;
1941 – 1945-yillardagi urush davrida front ortida ishlagan va harbiy majburiyatlarni bajargan shaxslarga – eng kam oylik ish haqining 30 foizi.
Nogironlik pensiyasini hisoblash umumiy tartibda amalga oshiriladi ya’ni taqdim etgan mehnat staji asosida olgan oylik ish haqini hisob-kitob qilish asosida oxirgi 10 yillikdan ketma-ket 5 yillik olinadi hamda 60 (5 yil 60 oydan iborat) ga bo‘lish orqali o‘rtacha oylik ish haqi aniqlanadi. Ushbu aniqlangan o‘rtacha oylik ish haqi pensiyani hisoblash uchun qonun hujjatlarida pensiya tayinlanadigan sanaga belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan summadagi o‘rtacha oylik ish haqi qabul qilinadi. I-II-guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi (2018-yil 1-noyabrdan boshlab 396 500 so’m)88 miqdorida bo‘lishi kerak.