Taqrizchilar:
|
D.Rahmonov
|
–
|
O’zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi “Moliya” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori.
|
|
I.Abduraxmonov
|
–
|
Toshkent moliya instituti “Sug’urta va pensiya ishi” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi.
|
KIRISH
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, jumladan, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va boquvchisini yo‘qotganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash pensiya ta’minoti tizimining muhim maqsadidir.
“Yoshi ulug‘ insonlar, katta avlod vakillariga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning pensiyalarini oshirish, tibbiy xizmat va ijtimoiy-maishiy ta’minotni yaxshilash bundan buyon ham Prezident uchun, Hukumatimiz va barcha hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Shu maqsadda pensionerlar, yolg‘iz qariya va nogironlarga davlat ko‘magini kuchaytirish bo‘yicha ayni paytda keng qamrovli choratadbirlar kompleksi ishlab chiqildi va ular so‘zsiz amalga oshiriladi”1. Albatta, Yurtboshimizning ushbu fikrlari mamlakatimizda keksa yoshdagi aholining munosib turmush farovonligini ta’minlash, ularning ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash masalalariga bevosita daxldordir. Bunday e’tiborning iqtisodiy jihati mamlakatda shakllangan pensiya ta’minoti tizimida o‘z ifodasini topmoqda. Bugungi kunda davlat pensiya ta’minoti tizimining davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirishdagi o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Biroq, pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish va pensiya tizimining moliyaviy asoslari iqtisodiy adabiyotlarda kam o‘rganilgan, dolzarb, ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muammo hisoblanadi. Shu bilan birga mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida pensiya ishi, ijtimoiy ish (pensiya ta’minoti) ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qiyotgan talabalar uchun pensiya ta’minoti tizimi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar yetarli emas. Shuning uchun pensiya ishiga bag‘ishlangan o‘quv qo‘llanma tayyorlash muhim o‘quv-uslubiy ahamiyatga ega.
Ushbu darslik o‘z oldiga qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda, mantiqiy jihatdan bog‘langan kirish, 18 ta bob, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar va glossariydan iborat.
Darslikning 1-4 boblarida “Pensiya ishi” faniga kirish, pensiya ta’minoti tizimining shakllanishi va rivojlanish tarixi, pensiya ta’minotining mohiyati va ahamiyati hamda pensiya ta’minotining huquqiy asoslari yoritilgan.
Pensiya ta’minotini boshqarish darslikning 5-bobida bayon qilingan.
Darslikning 6-10 boblarida pensiya ta’minotining moliyaviy manbalari, aholini davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlashda davlat maqsadli jamg’armalarining o’rni va ahamiyati, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, daromadlari va xarajatlari, moliyaviy resurslarini boshqarish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash, shuningdek, Pensiya jamg’armasi to’lovlarini boshqa manbalardan qoplash tartibi aks ettirilgan.
Davlat pensiyalarining turlari, ya’ni yoshga doir pensiyalarni, nogironlik pensiyalarini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblash, tayinlash va to‘lash tartibi, shuningdek, harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlari pensiya ta’minotining xususiyatlari darslikning 11-16 boblaridan o‘rin olgan.
Darslikning 17-bobida pensiya ta’minotining holatiga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan.
Pensiya jamg’armasidan to’lanadigan nafaqalar, ularni tayinlash va to‘lash tartibi darslikning 18-bobida o’z aksini topgan.
Har bir bobning oxirida o‘ziga xos tarzda bahs-munozara va nazorat uchun keltirilgan savollar tegishli mavzularni chuqur o‘zlashtirishda takrorlash va tekshirish orqali uni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz. Shuningdek, darslikdagi asosiy tushunchalarining mazmuni va mohiyati (glossariy) keltirilganligi fanni yaxshiroq o‘zlashtirishga, pensiya ishi bo‘yicha talabalar bilimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 1-BOB. “PENSIYA ISHI” FANIGA KIRISH
Do'stlaringiz bilan baham: |