12.4-rasm. Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish davrlari
Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda bolani parvarishlash ta’tili boshlangan sana sifatida homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan sana qabul qilinadi.
− ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin ko’pi bilan 10 yil;
− O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr hisobga olinadi.
Shuningdek, ish stajiga imtiyozli tarzda qo’shib hisoblanadigan faoliyat davrlari ham mavjud bo’lib, bular:
− harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish – uch hissa barobarida;
− 1941 – 1945 yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi harbiy xizmat – ikki hissa barobarida;
− O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12maydagi “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi 250-sonli qaroriga muvofiq 1-sonli ro’yxat, I-II qismlari va 2-sonli ro’yxat II-qismida keltirilgan kasb, ish, lavozimlarga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan – erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil ikki hissa barobarida;
− moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash – ikki hissa barobarida;
− patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi – bir yarim hissa barobarida;
− asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag‘on qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti – bir yarim hissa barobarida hisobga olinadi.
Sanoatning mavsumiy tarmoqlariga oid korxonalar va tashkilotlarda band bo‘lgan xodimlar ham borki ularning to‘liq mavsum mobaynidagi ishi bir yil ishlagan deb, to‘liq mavsum davomida ishlamagan bo‘lsa, haqiqiy ishlagan davri hisobga olinadi.
Chet elda ishlash davrlari ham ish staji sifatida hisobga olinishi mumkin faqat tegishli tartibda yiliga bir marta EKOIHning 4,5 barobari miqdorida ixtiyoriy sug’urta badallarini to’lagan bo’lsalar ishlagan davri tan olinadi. Shuningdek, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet eldagi ishi O‘zbekiston Respublikasida ishlanganiga to‘g‘ri keladigan stajning 1/3 hissasidan oshmagan miqdorda, stajga qo‘shiladi. Masalan, chet el fuqarosining umumiy ish staji 35 yilni tashkil etadi, shundan 18 yili O‘zbekiston Respublikasi hududiga, 17 yili esa xorijiy davlat hududiga to‘g‘ri keladi. Ushbu holatda chet el fuqarosining xorijiy davlatdagi ish staji pensiyani hisoblash uchun 6 yil (18 yil/3) doirasida qabul qilinadi va umumiy ish staji 24 yilni (18 + 6) tashkil etadi.
Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan har qanday vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat mehnat daftarchasi hisoblanadi. Agarda mehnat daftarchasi mavjud bo’lmasa yoki zarur yozuvlar bo’lmasa, uchib ketgan bo’lsa ish stajini tasdiqlash uchun ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, shaxsiy hisobvaraqlari va ish haqi berish uchun qaydnomalar, mehnat shartnomalari, arxiv ma’lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |