Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Pensiyani tayinlash va to’lash tartibi



Download 2,13 Mb.
bet72/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

12.5. Pensiyani tayinlash va to’lash tartibi
Pensiyani tayinlash byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tegishli bo’limlarida pensiya tayinlash bo’yicha komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya boshqa zarur hujjatlar bilan birgalikda pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza tushgandan keyin 10 kun muddatda pensiya tayinlash to‘g‘risida, pensiya tayinlashni rad etish haqida, taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligini tekshirish to‘g‘risida va boshqa shu kabi holatlar bo’yicha tegishli qaror qabul qiladi.
Agarda komissiya tomonidan pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay tashkilot yoki ariza beruvchiga rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda barcha taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi tilxat bilan pensionerning yoki uning vakili qo‘liga qaytarishi shart.
Pensionerning pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi, shuningdek pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlashga taalluqli hujjatlar mazkur Yo‘riqnomaga75 muvofiq Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Taqdimnoma yoki ariza barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan kun pensiya uchun murojaat etilgan kun deb hisoblanadi. Taqdimnomaga yoki arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi korxona, tashkilot ma’muriyatiga yoki arizachiga qo‘shimcha ravishda qaysi hujjatlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Basharti, ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi zarurligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran 3 oy ichida taqdim etilsa, unda pensiya tayinlanishi to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlanishi uchun murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
Pensiya olish huquqi paydo bo’lganda shaxs hohlagan vaqtida tegishli Pensiya jamg’armasining bo’limlariga murojaat qilishi mumkin. Agar pensiya olish huquqi paydo bo’lgan kundan boshlab 60 kun ichida uni so’rab murojaat etilgan bo’lsa, pensiya yoshiga to’lgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.
Shaxslarning ayrim toifalari Qonunga muvofiq imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega.76 Shuningdek, umumiy yoshni 1 yilga, 2 yilga qisqartirilgan holda ham pensiya olish mumkin bo’lgan holatlar ham mavjuddir.
Pensiya tayinlash to’g’risida qaror chiqarilganidan so’ng pensionerga pensionerligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanadigan pensiya guvohnomasi beriladi.
Tayinlangan pensiyalarni to’lash ikki xil ko’rinishda amalga oshiriladi, ya’ni:
− ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar to’lash; − ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar to’lash.
Ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalarni ular istiqomat qilib turgan joydagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari to‘laydi.
Barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar 2019-yil 1-yanvardan boshlab to’liq miqdorda77 ularning ish joyidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Shuningdek, pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 12 oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi. Biroq, pensiya tayinlovchi yoki to’lovchi organning aybi bilan o’z vaqtida olinmay qolingan pensiya to’lovlari o’tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to’lanadi.
Agar pensioner stansionar davolanishda bo’lsa ham mazkur davr uchun pensiya to’liq to’lanadi.
Pensioner ozodlikdan mahrum etilsa, tayinlangan pensiyani to’lash ozodlikdan mahrum qilingan davr uchun to’xtatib qo’yiladi.
Qariyalar va nogironlar internat uylarida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga pensiya bilan ular ta’minoti uchun sarf-xarajat o‘rtasidagi farq, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 10 foizi, urush nogironlariga esa kamida 20 foizi to‘lanadi. Ruhiy bemorlar internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya to‘lanmaydi.
Chet elga doimiy yashash uchun chiqib ketishdan oldinroq tayinlangan pensiyalar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga chiqib ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi holatga ko‘ra pensiya miqdori hisobidan chet elga chiqib ketish oldidan 6 oy avval to‘lanadi.
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga ko’ra, sud qarorlari asosida hamda pensioner tomonidan qilingan qonunbuzarliklar ya’ni noto’g’ri hujjatlar taqdim qilishi natijasida yoki hisoblashdagi va boshqa texnik xatolar natijasida to’langan ortiqcha pullarni pensiyadan chegirmalar qilish orqali kamomad undiriladi. Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish