Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Yoshga doir pensiyalarni qayta hisoblab chiqish va to‘lash tartibi



Download 2,13 Mb.
bet73/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

12.6. Yoshga doir pensiyalarni qayta hisoblab chiqish va to‘lash tartibi
Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo bo’lgan taqdirda yashaydigan joy bo’yicha Pensiya jamg’armasi bo’limiga pensiyaning tayinlangan turi miqdorini qayta hisoblab chiqish to’g’risidagi ariza bilan istalgan vaqtda murojaat qilishi mumkin.
Shaxsning arizasi Pensiya jamg’armasining axborot tizimida ro’yxatdan o’tkaziladi. Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana ko’rsatilgan tilxat, shuningdek olingan va yetishmaydigan hujjatlar ro’yxati beriladi. Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiya miqdorini qayta hisoblash to’g’risidagi ariza qabul qilingan sana pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.
Quyidagi hollarda tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish mumkin:
− pensioner tomonidan pensiya hujjatlar yig’majildida mavjud bo’lmagan va pensiya miqdoriga ta’sir ko’rsatadigan qo’shimcha hujjatlar taqdim etilishi;
− ustama haq olish huquqining paydo bo’lishi; − eng kam oylik ish haqi miqdorining o’zgarishi; − daromadlarning indeksatsiya qilinishi.
Ba’zi bir hollarda pensiya miqdorini qayta hisoblash to’g’risida ariza berish talab qilinmaydi, jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq eng kam oylik ish haqining miqdori o’zgarganda, tayinlangan pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash to’g’risidagi ariza Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan 5 kun muddatda ko’rib chiqiladi. Pensiya miqdorini qayta hisoblash rad etilgan taqdirda Pensiya jamg’armasi bo’limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini ko’rsatgan holda pensionerga rad etish to’g’risidagi bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda ayni bir vaqtda taqdim etilgan hujjatlarni hujjatlar olinganligi to’g’risidagi tilxat bilan pensionerning qo’liga qaytarishi shart.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash to’g’risida komissiya tomonidan qaror qabul qilingandan keyin pensiya miqdorini qayta hisoblash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi. Ish haqining eng kam miqdori o’zgargan taqdirda pensiya miqdorini qayta hisoblash ish haqining miqdori o’zgarishi uchun asos bo’lgan normativ-huquqiy hujjatda ko’rsatilgan sanadan boshlab amalga oshiriladi.
Ish staji va pensiya tayinlangandan keyin ega bo’lingan (olingan) ish haqi hisobga olingan holda pensiya miqdorini qayta hisoblash amalga oshirilmaydi. Shuningdek, Umumiy belgilangan yosh kamaytirilgan holda yoshga doir pensiya tayinlangan shaxsga u umumiy belgilangan yoshga to’lganligi munosabati bilan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqilmaydi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish