121
ishlar tekis ketadi. Agar aksincha esa, hammasi izdan chiqadi. Sarxushlik kelishi
bilan bu qo‘lu oyoqdan va vujudning barcha a’zolaridan har xil noma’qullikni
kutsa bo‘ladi.
Rumiyning fikricha, inson ana shunday
holatga tushmasligi uchun, vujud
raiyatlari aqlga bosh egishlari zarur. «Chunonchi, tikuvchilik do‘koniga ishga
berilgan yosh bola ustaga itoat qilishi lozim. Modomiki bolaning maqsadi ushbu
kasbni o‘rganmoq ekan, demak, u o‘z tasarrufidan voz kechib, ustaning amriga
«labbay» deb javob berishi shart. (Xuddi shunday biz ham) Ulug‘ Tangridan faqat
Uning inoyati asirlari hisoblangan yuz ming zahmat va riyozatdan ustunroq
bo‘lgan inoyat so‘raymiz».
28
Rumiy o‘z pedagogik qarashlarida amal va ilm hamda ikkisiga ega bo‘lgan
insonning hayotda tutgan mavqeiga alohida e’tibor beradi, ilmni hamma narsadan
ustun qo‘yadi, odamlarni ilmli bo‘lishga da’vat etadi.
Amal
hamda ilm mavjuddir, – deydi Rumiy. Ba’zilarning amali bor-u, ilmi
yo‘q. Ba’zilarda esa, aksincha. Agar insonda ham amal, ham ilm bo‘lsa, u o‘ta
muvaffaqiyatli zotdir».
29
Rumiyning inson ruhiyati, unga xos xususiyatlar haqidagi fikrlari ham
pedagogik-psixologik ahamiyatga ega. Alloma odamlarni o‘z umrlarini behuda
o‘tkazmay, g‘ofillikni tashlab, insonlar uchun foydali ish qilishga chorlaydi. Buni
«Fasl» hikoyatida ko‘rish mumkin. Hikoyatda «Insonda, – deydi Rumiy, – shu
qadar
ulkan ishq, hirs, orzu va dard bordirki, yuzminglarcha olam o‘ziniki bo‘lsa
ham, ko‘ngli tinchimaydi. U mashg‘ul bo‘lgan ishida, san’atda, ilmi nujumda
hakimlikda... hamma-hamma joyda ham huzur topolmaydi. Chunki istagan
narsasini qo‘lga kiritolmagan. Yer diloromdir, ya’ni ko‘ngilni tinchlantiruvchi,
demakdir. Shunday ekan, ko‘ngil boshqa bilan-qanday xotirjam bo‘lsin.
Zavq va
orzular zinapoyaga o‘xshaydi. Zinalar o‘tirib, dam olishga moslashmagan,
aksincha, ustiga bosib o‘tiladi, xolos. Umriga shu zinapoyalarda behuda
o‘tkazmaslik uchun g‘ofillikdan tez uyg‘ongan va ahvolning mohiyatini anglab
yetgan zot qanday baxtli!»
Jaloliddin Rumiy ta’limda har bir o‘qilgan kitobning ma’nosini bilish
muhimligini ta’kidlaydi, ma’noga z’tibor bermaslik ko‘r-ko‘rona o‘qish ekanligini
aytadi.
Ma’noga yuzlanishni inson dastlab unchalik sevmaydi. Biroq vaqt o‘tgan
sayin yoqtira boradi. Bu jarayon suratda (shaklda) aksincha kechadi. Chunki surat
boshida xush va latif tuyuladi, biroq u bilan qanchalik ko‘p birga bo‘lganing sari
undan shunchalik qattiq sovub borasan. Qur’onning surati qayda-yu ma’nosi
qayda? Xuddi shunday, insonga boq! Agar inson suratidan ma’nosi ketsa,
jasadi
qoladi. Jasadni esa, hech kim ushlab turmaydi».
Umuman, Jaloliddin Rumiyning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari yoshlar
tarbiyasi rivojida salmoqli ahamiyat kasb etadi.
Sharqning buyuk shoiri faylasufi, mutafakkiri, o‘z davrining
Do'stlaringiz bilan baham: