128
Xalq pedagogikasida ilmni yoshlarga amaliy hayotda zarur bo’lgan tabiiy
bilimlar bilan bog’lab tushuntirishga alohida e‘tibor beriladi.
Jumladan, qadimgi
turkiguy xalqlarda oylar, yil hisobi yevropaliklar tavqimidan farq qilgan. Ularda
oylar: “hamal” (mart) - 19 martdan, “savr” (aprel) – 19 apreldan, “javzo” – 20
maydan, “saraton” – 21 iyundan ... boshlangan.
Har bir oyning, yil fasllarining
boshlanishi va tugashi quyosh va boshqa sayyoralar harakati bilan bog’lanib, bu
vaqtda qanday ishlar qilinishi ta‘kidlangan. Jumladan: “Hamal – ekinlarga kirar
amal”, “Asad – ekiningni yasat”, “Savr kirdi – ekinlarga davr kirdi”, “Saratonda
suv quy, asadda tek qo’y”, “Yer haydasang kuz hayda ...” singari.
SHuningdek, miflar, afsonalar, dostonlardagi ijobiy qahramonlar ham ilm va
ustozlarini hurmat qiluvchi, bilimdon, topqir, kasb – hunarli,
matonatli, hayot
qiyinchiliklarini o’zi egallagan ilm va hunar vositasida bartaraf etuvchi kishilar
sifatida ko’rsatilgan. Dushmanga qarshi kurashdagi mahorat ham harbiy ilm
sifatida tasvirlangan.
Laylakning kelishi bahordan, qaldirg’och va yovvoyi kabutar – yozdan,
qarg’aning qag’illashi – qordan, sovuqdan darak beradi deb tushunilib, shunga mos
yumushlar (hosil yig’ish, ekish ...) bajarilgan.
Bolalarga sigirning 9 oyda, tuyaning 12 oyda, quylarning 5
oyda bolalashi,
mollarning yoshini ularning tishlariga qarab aniqlash o’rgatilgan. “Baliq”, “sigir”
yillari serhosil, “ilon”, “ot”, “sichqon” yillari qurg’oqchil bo’ladi deb
tushuntirishgan.
Matematikaga doir bilimlar masofani, hosilni, qurilayotgan uylar o’lchamini
o’lchash bilan; fizikaga doir bilimlar amaliyot bilan bog’liq holda oddiy richaglar,
shamol va suv kuchidan foydalanish misolida; kimyoviy ilmlar chorvachilik
mahsulotlarini qayta ishlash (masalan, sutdan qatiq, yog’ ... olish, yog’ni kuydirish
...), o’simliklardan bo’yoq olish, kiyimlarni tozalash, yuvish bilan; astronomiyaga
doir bilimlar yulduzlar va quyoshga
qarab vaqtni aniqlash misolida; tibbiyotga
bog’liq bilimlar dorivor o’simliklarni to’plash va hayvonlar hamda o’simliklar
yog’laridan foydalanib kasalliklarni davolash misolida o’rgatilgan. Bu jarayonda
nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahkam bog’lab tushuntirilganligi
ahamiyatlidir.
Xalq pedagogikasida bolalarning tafakkuri,
mushohada qobiliyatini
o’stirishda topishmoqlardan unumli foydalanilgan. Topishmoqlar vositasida
bolalarga ibtidoiy hisob (qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallari)
o’rgatilgan. Bular jumlasiga: “Pak-pakana bo’yi bor, yetti qavat to’ni bor” (piyoz),
“Aylanaverib-aylanaverib semirdi xonim” (urchuq), “Otarda yuz qo’y va echki
bor. Ularning nechta oyog’i va qulog’i bor?” (100 ta qo’y va echkida 400 oyoq,
200 quloq bor) va boshqalarni kiritish mumkin.
Yoki otasidan: “Yoshingiz nechada?” deb so’ragan bolaga ota: “O’zingning
yoshingga ... yoshni qo’shsang, mening necha yoshga kirganligimni topasan”, -
deb javob bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: