129
Biz ushbu bandda xalq pedagogikasida tarbiyaning asosiy yo’nalishlari
xususida qisqacha to’xtalib o’tamiz, xalos. Chunki, keyingi mavzularda
tarbiyaning har bir yo’nalishi xususida alohida fikr yuritish ko’zda tutilgan.
Jismoniy tarbiya etnopedagogika manbalarida yetakchi tarmoqlardan biri
sifatida ko’rsatiladi. Ularda ichish, chekish singari salbiy odatlar tanqid qilinadi.
Jismoniy – tarbiya komil shaxs tarbiyasining ajralmas qismi ekanligi afsona va
dostonlar
qahramonlari misolida; ertaklar, maqollar vositasida ko’rsatib beriladi.
Jismoniy – tarbiya sog’liqning
garovi ekanligi, sog’liq esa eng qimmatli boylik,
unumli mehnat, to’kin – sochinlik, baxtli hayot vositasi, go’zallik manbai ekanligi,
Vatan, el-yurt qalqoni ekanligi yuksak pardalarda kuylanadi.
O’yinlar – bolalarni jismoniy tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi,
milliy tarbiyada zarur vosita ekanligi hisobga olingan. Jismoniy – tarbiya, o’yin,
mehnat jarayonida qo’shiqlar aytilib, estetik tarbiya amalga oshirilgan.
Aytishuvli o’yinlar, qo’shiqli o’yinlarni ham shular jumlasiga kiritish
mumkin. Masalan: “Oq terakmi, ko’k terak, bizdan sizga kim kerak?” kabi.
O’yinlarda aytiladigan qo’shiqlarning
mazmuni yil fasllari bilan, mavsum va
boshqalar bilan bog’langan:
“Quyosh chiqdi olamga, yugurib bordim xolamga ...”,
“Boychechagim boylandi, qozon-tovog’ing ayrondir ...”,
“Yomg’ir yog’aloq, yam-yashil o’tloq,
Endi ekinlar chiqarar quloq ...” va boshqalar.
“Ko’pkari”, “Uloqtortar”, “Qizquvdi”, “Olomon poyga”, “Kurash”,
“Zuvillatar”, “CHillak” “Beshtosh” singari o’yinlar jismoniy-tarbiya vositasi
sifatida qo’llanilgan.
Xalq pedagogikasida oilaviy tarbiyaga ham alohida e‘tibor berilgan.
O’tmishda ota-bobolarimiz yoshlarni ota-onani, qarindosh va yurtdoshlarni hurmat
qilishga chorlovchi maqol, matallarni yaratishgan. Oilaviy turmush axloqi puxta
egallagan, bolajon, insonparvar qahramonlar afsona va dostonlarda kuylangan:
“Bolaginamning bolasi – qandak o’rikning donasi”, “Davlating – ota-onang”,
“Yomon xotin – umr azobi”, “Ota rozi – xudo rozi”, “Odobli bola elga manzur”, ...
kabilar shular jumlasidandir.
Xulosa
qilib aytganda, xalq pedagogikasi manbalarida komil insonni
shakllantirish uchun ularga ilm, kasb-hunar o’rgatish; tarbiyaning ijtimoiy turmush
uchun zarur yo’nalishlarini mustahkam singdirish lozim ekanligi targ’ib etiladi.
Mazkur g’oyalar hozirgi milliy istiqlol davrida ham muxim ahamiyat kasb
etmoqda.
1-masala. Xalq pedagogikasida insonning ulug’lanishi
Vatan - bu faqat yer, suv, tog’lar, daryolar,
tabiiy boyliklarda emas, balki u
odamlar, ularning ma‘naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy munosabatlari hamdir.
Atoqli shoir G’. G’ulom aytganidek: “Insonga hurmat bu – o’zni tanimak” dir.
Shuning uchun ham xalq pedagogikasida inson olamdagi eng ulug’ jonzod sifatida
ulug’lanadi. Prezident I. Karimovning “O’zbekiston- buyuk kelajak sari” asarida
yangilangan jamiyatning asosiy vazifalari jumlasiga” - Insonparvarlik g’oyalariga
sodiqlik va g’oyalarning oliy maqsadi inson, uning hayoti va shaxsiy dahlsizligi...”
kiritilganligi bejiz emas.
130
Xalq pedagogikasida azaldan insonni ulug’lash,
uning qadr-qimmatini, xalq
manfaatini yuqari qo’yish targ’ib etiladi. Jumladan xalq maqollarida olamda
yashayotgan barcha kishilarga bu yorug’ jahonda har bir inson mehmon ekanligi
va buni yodda tutib, bir-birini qadrlash zarurligi uqtiriladi:
Bir uy to’la jonsan,
Bir biringga mehmonsan.
Etnopedagogikada inson shaxsining shakllanishi,
tarbiyasi va rivojlanishi
murakkab, uzluksiz jarayon ekanligi g’oyatda to’g’ri talqin etiladi.SHuning uchun
uni qadrlash, insonni arzimas kamchiliklari uchun yerga urmaslik lozimligi targ’ib
etiladi. Negaki, shaxsning shakllanishi jarayoni goyat murakkab kechadi va u
mashaqqatli mehnat evazigagina yuz beradi. Jumladan:
Bir yigit qirq yilda voyaga yetar, yoki:
O’z qadrini bilmagan, kishi qadrini bilmas.
Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar.
Insonni qadrlash masalasi xalq pedagogikasida bolaga nisbatan munosabatda
ham ko’zga tashlanadi.SHuning uchun bolaning tarbiyasiga ona kornidan boshlab
e‘tibor berish darkorligi ta‘kidlanadi. “Bola aziz, odobi undan aziz”,
“Bolaginamning bolasi, qandak o’rikning donasi” va b.
Xalq pedagogikasida insonning ulug’lanishi ota-ona, oilaning boshqa a‘zolari,
er-xotin
munosabatlari, do’st, qarindoshlarga bo’lgan munosabatlar misolida
ko’rsatib o’tiladi. Yomon odamlarni qadrlash befoyda ekanligi ta‘kidlanadi.
Chunonchi, “Davlating-ota-onang”, “Boqmasang, moling ketar, xo’rlasang,
xotining ketar”, “Bo’z yaktak qichitar, yaxshi xotin tinchitar”, “Yaxshi-qand
yedirar, yomon-pand yedirar”, “It bilan tenglashma, kuchuk bilan o’ynashma”,
“Yomon o’zini bilmas, o’zgani ko’zga ilmas”, “Dili qing’irning tili qing’ir” kabi
maqollar shular jumlasidandir.
Dostonlarda tasvirlangan personajlararo konfliktlar
ham inson qadr-qimmatini
joyiga qo’ymaslik va boshqa salbiy axloqiy sifatlar zamirida tug’iladi. Jumladan,
“Alpomish”, “Go’ro’g’li va Bozirgon”va boshqa dostonlarda aka-uka, do’stlararo
munosabatlarda bir-birini qadrlamaslik oqibatida inson taqdiri va hayotini
o’zgartirib yuborish darajasidagi voqealar sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: