Oy Mavzusi:Yer Sayyorasi umumiy uyimiz. Hafta mavzusi:Koinot sirlari-Yulduzlarga parvoz.
Elementar Matematika:Vaqt va makonda muljalga olish.Vaqtni soatga qarab aniqlash.
O’yin mashg’ulotining maqsadlari. Ta’limiy:Bolalarning matematik qobilyatini rivojlantirish vaqt haqida malumot berish.
Faoliyatning Borishi Tarbiyachi:Assalomu Alaykum bolajonlar.
Bolalar:Assalomu Alaykum.
Tarbiyachi:Bolajonlar hamma yaxshimi.
Bolalar :Ha yaxshi.
Tarbiyachi:Yaxshi yetib keldingizmi.
Bolalar:Haa.
Tarbiyachi:Ahvolingiz qanday.
Bolalar:A’lo darajada.
Tarbiyachi:Barakalla bolajonlar,hamma yaxshi bulsa faoliyatimizni boshlab olamiza.
Bolalar:Haa
Tarbiyachi:Qani bugungi navbatchilarimiz kimlar.Bizga bugungi kun haqida malumot beringchi.
Navbatchi bola:Bugun 13-aprel payshanba Bahor fasli ikkinchi oyi ikkinchi haftasi barchamiz bugungi faoliyatimizga to’liq tayyormiz.
Tabiyachi:Barakalla bolajonlar navbatchiimiz aytganidek hozir qaysi fasl ekan;
Bolalar:Bahor fasli.
Tarbiyachi:To’gri bolajonlar hozir Bahor fasli.Ona Vatanimiz Bahor faslida juda chiroyli buladiya.
Bolalar:Haa
Tarbiyachi:Bizning Ona Vatanimiz qayer bolajonlar.
Bolalar:O’zbekiston.
Tarbiyachi.Barakalla.Viloyatimizchi?
Bolalar:Surxondaryo.
Tarbiyach:To’g’ri bolajonlar.Tumanimizni aytingch?
Bolalar:Oltinsoy.
Tarbiyachi:To’g’ri.Bizning jonajon mahallamizchi?
Bolalar:Karsagan.
Tarbiyachi:Barakalla.Bolalar qani bir fasillarimizni sanab olaylikchi.
Bolalar:Bahor,Yoz,Kuz,Qish.
Tarbiyachi:To’g’ri bolajonlar.
Endi esa bugungi mavzumizga o’tamiz.
Bizning Oy mavzumiz Yer sayyorasi umumiy uyimiz.Hafta mavzumiz esa,Koinot sirlari Yulduzlarga parvoz.Bugungi elementar matematika faoliyatimizda vaqt va makonda mo’ljalga olish.Vaqtni soatga qarab aniqlash mavzusini o’rganamiz.
Undan avval esa o’rganganlarimizni takrorlab olamiz.Berilgan misollarni javobini topib savatchalarga joylaymiz.
Misollar:
10-3=7
5+4=9
6+2=8
O’tgan faoliyatimizda salomatlik saboqlari mavzusini o’rgangan edik.Salomatlik haqida yodlagan sherimizni hammamiz birgalikda takrorlaymiz.
Tarbiyachi:Endi bugungi faoliyatimizga qaytamiz.Bolajonlar bizning koinotimizda nechta sayyora bor.
Bolalar:9ta sayyora bor.
Tarbiyachi:Biz qaysi sayyorada yashaymiz.
Bolalar:Yer sayyorasida yashaymiz.
Tarbiyachi:To’gri biz Yer sayyorasida yashaymiz.Bizning Yer sayyoramiz yagona hayot mavjud bo’lgan sayyoradir.Biz sayyoramizni asrab avaylashimiz zarur.Sayyoramizning tabiiy yo’ldoshi ham mavjud.Bu Oy.Qani kim Oy haqida sher aytadi.
Bolajonlar osmonda nimalarni ko’rgansiz?
Bolalar:Yulduz,Quyosh,Oy,Bulutlar.
Tarbiyachi:To’g’ri osmonda kunning turli vaqtida har xil manzarani kuzatishimiz mumkin.Kunduzi osmonda Quyoshni Bulutlar va uchib yurgan qushlarni kuzatishimiz mumkin.Tunda esa Yulduzlar va Oy ko’rinadi.Yulduzlar yerdan uzoqda bo’lgani uchun kichik ko’rinadi.Bolalar biz vaqtni nimaga qarab aniqlaymiz.
Bolalar.Soatga.
Tarbiyachi:Bolalar Hozir men sizlarga kun va tunni tushuntirib beraman.
Endi tetiklashtiruvchi mashq bajarib olamiz.
Tarbiyachi:Bolalar sizlar bilan didaktik o’yin o’ynaymiz tipratikonimizning tikonlarini joyiga joylashtirishimiz kerak buladi.Ya’ni tikonlarimizdagi sonlarni tipratikonlarga moslab quyamiz.
Barchangizga faoliyatimizda yaxshi qatnashganingiz uchun rag’bat beraman.
Uyga Vazifa:O’tganlarimizni uydagilaringizga ko’rsating.
Rivojlantirish:Tarbiyalanuvchilarning dunyoqarashini boyitish tafakkurini va xotirasini rivojlantirish.
Tarbiyaviy:Bolalarning vaqtni qadrlashga o’rgatish.
Kutilayotgan natija:Bolalarni mehnat sevarlikga o’rgatish.
Kerakli Jihozlar:Mavzu asosida ko’rgazmalar video va audio materilallar.