Ma’nosi: agar biror kishi tabiatida nifoqlikka
–
ikki yuzlamachilikka,
aldashlikka, kelishmovchilikka moyillik topsang, shuni aniq bilginki, u kishidan
yaxshilik ko‘rmaysan, undan yaxshilik olmaysan.
Bedil «Komde va Mudan» dostonida insonni qadrlamaydiganlarning
munofiqligini uning xulqida, xatti-harakatida namoyon bo‘lishini uqtirib, yoshlarni
bu illatdan uzoq bo‘lishga undaydi:
Izzat, hurmat qadrin bilmay har kishi,
Tartibsizlik bo‘lsa uning uy, ishi,
Xoli uzrin izlash kerak xulqidan,
Odob kelmas xushsizlarning qo‘lidan.
Telbalik xam, odobdir muhabbatda,
Lekin mag‘rurlik ko‘z bo‘lur g‘aflatda.
35
Shunday qilib, Mirzo Abdulqodir Bedil o‘z davrining buyuk, ilg‘or
mutafakkiri sifatida shuhrat qozondi. U ijtimoiy-pedagogik fikrlar rivojiga katta
ta’sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |