122
yoshlarni ham ilm-ma’rifatga, adolatga da’vat etadi, hunarni, san’atni, shaxs
erkinligi, do‘stlik, muhabbat, vafodorlik va adolatni madh etadi.
Bedil “Qomde va Mudan” dostonida
adolatsizlik ustidan adolat, jaholat
ustidan ilm-ma’rifat tantana qilishini ifodalash bilan, shohlarni,
binobarin barcha
insonlarni adolatli bo‘lishga undadi, zulmning fojiasini ko‘rsatdi:
Qaerdaki bo‘lsa zolim badkirdor,
Bir kuni u yengilib, so‘ng bo‘lar xor
30
.
Bedil insonlarni rahm-shafqatli bo‘lishga da’vat etar ekan, g‘aribu ojizlarga
yordam berish, bu – iqbolli bo‘lish, qora kunlarni bartaraf
etish ekanligini aytib,
shunday deydi:
G‘ariblarga kimki ko‘rsatsa yordam,
Qora kundan qutulg‘usi u har dam.
Qaerdaki bo‘lsa iqbol qo‘rg‘oni,
Ojizlarga yordam uning narvoni.
31
Mutafakkir har bir ish – harakatda sabrli, tashvishli kunlarda chidamli
bo‘lishni maslahat beradi. U sabr, taskin yo‘li, kishini murod maqsadiga erishtirish
yo‘li
ekanligini uqtiradi, har bir ishda shoshmaslikni, sabrli bo‘lishni maslahat
beradi. Bedil Mudan tilidan shunday deydi:
Sabr bilan har kim dilga bersa qo‘l,
Sevinch oynasin ko‘rgay albat ul...
Sabri bilan kishi maqsadga yetar,
Chunki u sabr tashvishlardan or etar.
Sabr joyida hovliqishga yo‘l bo‘lmas.
U -
visoldir, u har kimga qo‘l kelmas.
Sabr yo‘lini taskin yo‘li degaylar,
Murod maqsadga u bilan yetgaylar!
32
Bedil mardlikni yuqori baholab, mardlik, jasorat kishiga baxt, iqbol, orzularga
erishtiruvchi omil ekanligini ta’kidlab
insonlarni, ko‘proq yoshlarni mardlik
fazilatini egallashga da’vat etadi:
Mardlar chindan bel bog‘lasa har mahal,
Baxti kulib, topgay orzusi amal.
Qat’iy bo‘lsa mardning ahdu jur’ati,
Ko‘kni yerga tutashtirar g‘ayrati,
33
–
deydi shoir.
Bedil «Irfon» asarida insoniyatni ulug‘laydi, ularni yaxshilikka,
yomonlikni
bartaraf etishga da’vat etadi, uningcha, irqiy, milliy, diniy e’tiqodlaridan qat’i
nazar, hamma inson hurmatga loyiq, ehtiromga sazovor mehribonlikka muhtojdir.
Ayni vaqtda inson o‘z vatanining sodiq farzandi, o‘z elining g‘amxo‘ri bo‘lmog‘i
kerak.
Bedil ijtimoiy hayotdagi, insonlar o‘rtasidagi
salbiy hollarni dangasalik,
makr-hiyla, xiyonat, qalloblik, ig‘vogarlik, yolg‘onchilik, ochko‘zlik, xasislik,
30
Бедил. Комде ва Мудан. –Т.: 1960, 44-бет.
31
Ўша жойда, 44-бет.
32
Ўша жойда, 28-бет,
33
Ўша жойда, 93-бет.
123
kibru havoni qoraladi. U yoshlar-ni
mehnatsevarlikka undadi, kamtarlikda kamol
topishni, yaxshi-lar bilan do‘stlashib, yomonlardan yiroq bo‘lishni maslahat beradi.
Bedil, ko‘ngli ochiq va saxiy kishilar oynadek yorug‘, nurafshon bo‘lsalar,
makr-hiylali, ko‘ngli qoralar qorong‘u, zulmatsimon ekanligini uqtiradi:
Agar tabiati kasero moili nifoq dar’yobi,
Ba yaqin shinosi, ki suhbati, akobir darnayofti.
34
Do'stlaringiz bilan baham: