PSIXOANALIZ
REJA:
Psixoanaliz {psixo... va analiz) — psixoterapiya metodi va 3. Freyd tomo-nidan rivojlantirilgan psixologik taʼlimot. Ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani diqqat markaziga qoʻyadi. Inson xulqi asosini lazzat olish (libido)ga nisbatan, ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan seksual (jin-siy) mayl tashkil qiladi degan gʻoyani ilgari surib, odam xulqidagi ijtimoiylik, onglilikni inkor etadi. Ongdan unga muvofiq kelmaydigan (asosan, seksual) mayllar va ruhiy kechinmalarni siqib chiqarish P.da har xil nevrozlar va turli patologik hodisalar (unutish, yanglish harakatlar va q.k.)ning asosiy manbai sifa-tida qaraladi. P. nazariyasiga koʻra, 3 xil psixik instansiyalar hukm surishi mumkin: gʻayrishuuriy "U" (id) — mayl doirasi; turli himoya vositalari bilan "U"ning impulyelarini cheklovchi shuuriy "Men" (Ego); "Oʻta-Men" (Suner—Ego) — ijtimoiy taqiqdar, qonun tusiga kirgan majburiy tartib-qoidalar. Freyd fikricha, "Men" reallik tamoyiliga asoslangan holda inson psixikasida harakatlanuvchi qaramaqarshi kuchlarni muvofiklashtirish vazifasini bajaradi. Inson oʻzining qad. ajdodlaridan irsiy yoʻl bilan oʻtgan instinktiv mayllarning namoyon boʻlishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar dastavval jinsiy instinkt va oʻzini himoya qilishga intilish instinkti tarzida yuzaga keladi. Lekin jamiyat shaxsni koʻp jihatdan cheklab qoʻyadi, uning instinktlari va mayllari "senzura"dan oʻtkaziladi. Buning natijasida oʻzining aksariyat instinktlari va mayllarini toʻxtatish, taqiqlashga majbur boʻladi. Instinktiv mayllar uning shaxsiyatiga tegadigan ruhiy holat sifatida ongli hayotidan siqib chiqariladi, lekin yoʻqolib ketmaydi, faqat ongsizlik sohasiga oʻtkazib yuboriladi, xolos.
P. taʼlimotining vazifalaridan biri — ongsizlik sohasidagi "kompleks"larni aniklash va ularni anglashga yordamlashishdan iborat. Ushbu taʼlimot namoyandalari shaxsning ichki ixtiloflarini ochib berish uchun "Edip kompleksi" ni yaratdilar. Ularning mulohazasicha, instinktiv mayllar oʻz quvvati va faolligini saklagan holda insoniyat madaniyati va shaxs faoliya-ti mahsulining har xil shakllariga kirib ("sublimatsiyalashib"), ongsizlik holatidan turib inson xulq-atvo-rini boshqarishda ishtirok qilaveradi. P. da ongsizlik bilan onglilik oʻrta-sidagi qaramaqarshi munosabatni mutlaqlashtirish uchraydi, buning natijasida ularning oʻzaro bir-birini toʻldirish imkoniyati rad qilinadi.
P. adabiyot va adabiyotshunoslik, sanʼat va sanʼatshunoslik, boshqa gumanitar fanlar va tibbiyotga taʼsir koʻrsatdi.
Psixoanaliz Zigmund Freydning ishlarida va nazariyalarida kelib chiqqan psixologik nazariyalar va terapevtik texnikalar to'plami sifatida ta'riflanadi. Psixoanaliz markazidagi barcha g'oyalar barcha odamlarning ongsiz fikrlar, his-tuyg'ular, istaklar va xotiralarga ega ekanligiga ishonishdir. Hushidan ketmagan ong tarkibiga kelsak, odamlar katarsisni boshdan kechirishlari va hozirgi kayfiyatlarini ko'tarishlari mumkin.
Tarkibi
1 Psixoanalizning asosiy printsiplari
2 Psixoanalizning qisqacha tarixi
3 Psixoanalizning asosiy sanalari
4 Psixoanalizning asosiy ko'rsatkichlari
5-vaziyatni o'rganish
6 ongli va ongsiz ong
7 Bu, Men va Superego
8 O'zini himoya qilish mexanizmlari
9 Psixoanalizning zaif tomonlari
10 Psixoanalizning kuchli tomonlari
Do'stlaringiz bilan baham: |