PEDAGOGIKA
2016, 1-son
9
Ma’lumki, о‘qituvchilik faoliyati “Inson-inson” kasb guruhiga kiradi.
Pedagog professiogrammasiga e’tibor qaratilganda, biz mutaxassis yuksak axloq,
kuchli iroda, hissiy javobgarlik, aniq maqsadga ega, odamlarni tushuna oladigan,
e’tiborli va tasodifiy vaziyatlarga tez yо‘nalgan bо‘lishi lozimligini ta’kidlab
о‘tamiz.
M. G. Davletshinning fikricha, pedagogik professiogramma (kasbiy
tasnifnoma)da bо‘lajak pedagoglarga xos quyidagi sifatlar aks etishi kerak:
- shaxsiy xislatlar (bolalarni yaxshi kо‘rish, mehnatsevarlik, jamoat ishlarida
faollik va boshqalar);
- kasbga xos bilimlarga egalik (ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning
maqsad va vazifalarini tushunishi, psixologiya asoslarini, yosh psixologiyasi va
pedagogik psixologiya asoslarini bilishi va boshqalar);
- о‘z kasbiga xos xislatlar (zamonaviy pedagogikaga oid metodologik
bilimlarni egallashi, kuzatuvchanlik, diqqat-e’tiborni taqsimlay olishi, pedagogik
fantaziyaning rivojlanganligi, pedagogik takt va hokazolar);
- shaxsiy-pedagogik uddaburonlik (mashg‘ulotlar uchun zarur materiallarni
tanlay olishi, о‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi, о‘quv maqsadlarini
rejalashtira olishi va boshqalar);
- muloqotga kirisha olish (kommunikativlik) malakasiga egalik (bolalarni
о‘ziga jalb eta olishi, bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik
munosabatlarni tashkil eta olishi, bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa
bog‘lay olishi va hokazolar);
- gnoseologik (bilish) malakalariga egalik (bolalarning asab-psixik
taraqqiyoti darajasini aniqlay olishi, о‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati
natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi va boshqalar);
- ijodiy xislatlari (pedagogik mahoratni takomillashtirishga intilishi,
о‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqishi va uni amalga oshirish qobiliyati
va hakozolar)
1
.
A. J. Ajibayeva “pedagoglik kasbi tarbiyasi” tushunchasini quyidagicha
izohlaydi: “Natijasi bо‘lajak pedagog tomonidan kasbiy qadriyatlarni va ideallarni
egallash, uning ma’naviy ehtiyojlarini va qiziqishlarini, ijtimoiy qimmatga ega
motivlarni kengaytirish, hissiy, axloqiy va estetik tuyg‘ularni, empatik
qobiliyatlarni boyitish, amaliy pedagogik kо‘nikma, malaka, odatlarni, о‘z-о‘zini
refleksiya qilish tajribasini egallash kabi shaxs xususiyatlarini shakllantirish
maqsadiga qaratilgan tadrijiy dialektik harakatdir”
2
.
Kasbiy faoliyat yaxlit tizim sifatida bir qancha tarkibiy qismlarni о‘zida
uyg‘unlashtiradi. I. P. Podlasiyning kasbiy salohiyatning tuzilishiga doir tasnifidan
1
Do'stlaringiz bilan baham: |