PEDAGOGIKA
2016, 1-son
12
tabiiy fanlar) hamda xususiy-metodik fanlar bilan о‘zaro aloqasi kо‘p qirrali
muammodir. Shu bois mazkur muammoga nazariy, metodologik va amaliy
jihatdan yondashish taqozo etiladi.
Turli yо‘nalishlarga taalluqli bilimlar asoslarini integratsiyalash ularning fan,
ta’lim, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish hamda iqtisodiyot sohalarida rо‘y
berayotgan о‘zgarishlarga ijtimoiy jihatdan asoslanishiga zamin yaratadi.
Pedagogik bilim subyekt tomonidan amalga oshiriluvchi barcha turdagi
faoliyatni yо‘lga qо‘yish imkonini beruvchi tizim hisoblanadi. U tashkiliy, xо‘jalik,
ijtimoiy va iqtisodiy mazmunga ega faoliyatning tarkibiy qismi bо‘lib, jamiyat
moddiy va ma’naviy hayotining barcha sohalarida pedagogik xususiyatlarning
namoyon bо‘lishini asoslaydi.
О‘z navbatida xususiy-metodik bilimlar bо‘lajak mutaxassisda qat’iyatlilik,
puxta rejalashtirish, yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan vaziyatlarni baholay olish,
vaziyatga oqilona yondashish kabi sifatlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega. Bu kо‘p
jihatdan subyektning ijtimoiy va ijtimoiy-pedagogik yо‘nalganligi, shuningdek,
jamiyat hayotiga tobora chuqur singib borayotgan texnika taraqqiyoti bilan
bog‘liq.
Pedagogika kolleji о‘quvchilarining kasbiy sifatlarini shakllantirish
mazmunini integratsiyalashning quyidagi shakllari mavjud:
1. Funksiyasiga kо‘ra integratsiyalash (metodologik, kasbga yо‘naltirilgan,
muammolik, yaxlitlik, tizimlilik, kommunikativlik, tashkilotchilik).
2. Rivojlanish tendensiyasiga kо‘ra integratsiyalash (ta’limning ustuvorligi,
ta’limning
demokratlashuvi,
ta’limning
insonparvarlashuvi,
ta’limning
ijtimoiylashuvi, ta’limning milliy yо‘naltirilganligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga
qaratilganligi, ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi.
3. Yо‘nalishiga kо‘ra integratsiyalash (о‘qituvchi obrо‘sini kо‘tarish, ta’lim
muassasini rivojlantirish, yangi ta’lim texnologiyalarini joriy etish, kasbiy ta’lim –
fan – ishlab chiqarish integratsiyasi, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish).
4. Tiplariga kо‘ra integratsiyalash (umummetodologik, umumilmiy, xususiy
ilmiy, muammoli).
5. Darajasiga kо‘ra integratsiyalash (yaxlitlik, didaktik sintez, fanlararo
aloqadorlik).
6. Amalga oshirish darajasiga kо‘ra integratsiyalash (an’anaviy va
noan’anaviy)
1
.
Pedagogik hamda xususiy-metodik fanlarning texnologik jihatdan о‘zaro
yaqinlashuv jarayoni yangi mazmun kasb etmoqda. Ushbu holat ta’lim jarayoniga
1
Авазбаев А. И. Совершенствование подготовки учителей трудового и профессионального
обучения на основе интеграции содержания учебных предметов: дисс… канд.пед.наук. –
Ташкент, 2001. – С. 47.
Do'stlaringiz bilan baham: |