Эгамбердиева Н. М. Маданий-инсонпарварлик ёндашуви асосида бўлажак ўқитувчиларни
шахсий ва касбий ижтимоийлаштириш. – Тошкент: Фан, 2009. – Б. 116.
2
Карпов А. В., Субботина Л. Ю., Маркова Е. В. Методика диагностики уровня
квалификации педагогических кадров // Учебно-методические материалы по подготовке
управленческого персонала к использованию методики определения уровня квалификации
педагогических кадров. – Москва, 2010. – Б. 109.
PEDAGOGIKA
2016, 1-son
11
holati sifatidagi diqqat, emotsional (indifferentlik, vazminlik), va irodaviy sifatlar
(barqarorlik, ketma-ketlik, ta’sirchanlik)ga ta’sir kо‘rsatuvchi talablar kiradi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi psixoanalitik sifatlar: о‘z-о‘zini nazorat qilish, о‘z-
о‘ziga tanqidiy munosabatda bо‘lish, о‘z xatti-harakatlarini baholay olish, bundan
tashqari barqarorlik sifatlari: jismoniy chiniqqanlik, о‘z his-tuyg‘ularini boshqara
olish, о‘z-о‘zini tinglay olish.
Uchinchi guruh psixoanalitik sifatlari: kommunikativlik (insonlar bilan
samarali muloqotga kirishish), hamdardlik (kishilar bilan dardlashish, ularning
g‘am-anduhlariga sherik bо‘lish), vizuallik (shaxsning tashqi kо‘rinishi), nutqning
ta’sirchanligi (fikrlarni tinglay olish va о‘z sо‘ziga boshqalarni ishontira olish).
Pedagogika kollejlarida bо‘lajak о‘qituvchining kasbiy sifatlarini
shakllantirishda о‘ziga xos о‘rin tutuvchi pedagogik shart-sharoitlar va vositalar
tizimini aniqlab olish, ta’lim jarayonini samarali va tо‘g‘ri tashkil etishni
ta’minlaydi.
Bо‘lajak о‘qituvchilarning kasbiy sifatlarining shakllanishiga yordam
beruvchi muhim pedagogik shart-sharoitlar sirasida quyidagilarni e’tirof etish
mumkinligiga ishonch hosil qilindi:
1. Moddiy-texnik shart-sharoitlar (о‘quv binolari, о‘quv auditoriyalari,
о‘quv ustaxonalari, amaliy laboratoriyalari jihozlari), axborot texnologiyalari
(radio, televideniya, kompyuter, nusxa kо‘chirish qurilmalari, laboratoriya asbob-
uskunalari, magnitofonlar (audio, video), trenajorlar, kinoproyektorlar,
diaproyektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va hokazolar).
2. О‘quv-metodik me’yoriy hujjatlar (davlat ta’lim standarti, namunaviy
о‘quv rejalari, ishchi о‘quv rejalari, namunaviy о‘quv dasturlari, ishchi dasturlar,
darsliklar, о‘quv qо‘llanmalari, metodik tavsiyanomalar, qо‘shimcha maxsus
adabiyotlar, kо‘rsatmali vositalar, dars ishlanmalari, loyihalar va boshqalar).
3. Ilmiy pedagogik xodimlar salohiyati (о‘qituvchilar, malakali о‘quv
ustalari, rahbar va texnik xodimlar).
4. Ijtimoiy hamda о‘quv-texnologik muhit (о‘qituvchi hamda о‘quvchilar,
rahbarlar hamda о‘quvchilar, shuningdek, о‘quvchilarning о‘zaro munosabatlari
mazmuni, yо‘nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar).
5. Tashkiliy hamda о‘quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli
yо‘lga qо‘yilganligi
1
.
Kichik mutaxassislarni tayyorlash jarayonining sifatini oshirishda fanlararo
aloqadorlikka erishishning yangi shakllarini topish maqsadga muvofiqdir. Ushbu
о‘rinda fundamental, xususan, pedagogik va xususiy-metodik bilimlarni
о‘zlashtirishda fanlararo uyg‘unlikni ta’minlash masalasini tahlil etish uchun
ularning metodologik asoslari borasida yetarli ma’lumotlarga ega bо‘lish zarur.
Pedagogik fanlarning umumta’lim (gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, matematika va
1
Муслимов Н. А. Касб таълими ўқитувчисини касбий шакллантиришнинг назарий-методик
асослари: пед.фан.док. ... дисс. – Тошкент, 2007. – Б. 68.
Do'stlaringiz bilan baham: |