PEDAGOGIKA
2015, 2-son
94
ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat turi bilan almashtiradi
1
. Idrok, sezgi, mantiqiy
tafakkur hamda ko‘rish, eshitish va tez esda saqlab qolish kabi xotira turlari
rivojlanadi.
Jumladan, kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishda qo‘shiqlardan
foydalanish mumkin
2
. Qo‘shiqlarning nima haqda ekanligi o‘quvchilar uchun
qiziqarli bo‘lib, yod olganda ular yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishadi va bilish
faoliyati kuchayadi. Qo‘shiqlardan foydalanish talaffuz ko‘nikmalarini
takomillashtirishga, artikulyatsiya (talaffuzda, so‘zlashda, nutq a’zolarining
holati, harakati, ishi), ritmika va intonatsiyada aniqlikka erishish, ingliz tili
bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash, so‘z boyligini oshirishga yordam beradi,
monologik va dialogik tarzda fikr bildirishga o‘rgatadi, tayyor va spontan (o‘z-
o‘zidan paydo bo‘lgan) nutqni rivojlantiradi. Bundan tashqari, qo‘shiq til
o‘rganish jarayoniga bayramona ruh, noan’anaviy yondashuvni olib kirib,
o‘quvchilarning emotsional sohasiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Tajribalar shuni
ko‘rsatadiki, chet til bo‘yicha maxsus mashqlarni 5 yoshdan 10 yoshgacha
bo‘lgan bolalarga o‘rgatish ijobiy natija beradi.
Chet tilni o‘rgatishning boshlang‘ich davrida darsda turli raqs
harakatlaridan iborat bo‘lgan jismoniy mashqlardan foydalanish mumkin. Bunda
o‘quvchilar oldiga bu harakatlarning nomini eslab qolish maqsadi qo‘yilishi
kerak. O‘quvchilar o‘zlarini erkin tutishlari, o‘qituvchi bilan birga darsni
qiziqarli o‘tishiga harakat qilishlari kerak, chunki ularning ingliz tilida muloqot
qilishga tayyorligi va o‘z istaklarini bildirishi ushbu tildagi muloqot
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Shu bilan birga, o‘quv materialini yetkazib berish ham bu borada muhim
ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotlarni yana-da sermazmun o‘tkazishga yordam
beradigan zamonaviy pedagogika va axborot texnologiyalari yangi bilimlarni
yaxshi eslab qolish va o‘zlashtirishga yordam beradi. Masalan, “Do you want to
be healthy?” (Sog‘lom bo‘lishni xohlaysizmi?) darsida elektron o‘qituvchilar Dik
va Djeynning tushuntirishlari, shuningdek, bolalarga dastlab eshitish orqali yangi
so‘zlar, suhbat va ashulalarni yod olish imkonini beradigan elektron dasturdan
foydalanish eng samarali usullardan hisoblanadi. Bu borada ko‘rgazmali
vositalar, proektordan ham foydalanish bolalarga ingliz tilida hikoyalar tuzishga
yordam beradi. Zamonaviy texnologiyalar orqali ingliz tilini o‘rgatish
ko‘rgazmalilikni oshiradi. Ko‘rgazmalilik ta’lim jarayonini tashkil etish asosida
yotuvchi muhim qoidalardan biri hisoblanadi. Y.A. Komenskiy uni didaktika-
1
Do'stlaringiz bilan baham: |