PEDAGOGIKA
2015, 2-son
2
TARIX FAKULTETI ODIMLARI
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tashkil
etilganiga 80 yil to‘ldi. Bu yillar davomida universitetda ta’limni tashkil etish va
rivojlantirish, ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash bilan birga fan sohalarida ham
beqiyos ishlar amalga oshirildi. Universitetning minglab bo‘lajak ta’lim
fidoyilari ta’limni rivojlantirish bilan bir qatorda fan
sohalarining taraqqiyotiga
ham samarali hissa qo‘shdi.
Tarix fakulteti Nizomiy nomidagi TDPU bilan tengdosh bo‘lib, dastlab
fakultetda 23 talaba tahsil olgan va uning qoshida bitta kafedra – “Tarix”
kafedrasi faoliyat ko‘rsatgan. Kafedrani professor V.I. Krasovsev boshqargan.
O‘sha davrning yirik olimlaridan – professorlar V.N. Kun, A.P. Maksimovich,
A.P. Fetuni va boshqalar talabalarga tarix fanining turli yo‘nalishlari bo‘yicha
dars bergan.
Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan fakultetlar orasida tarix fakulteti oliy
ta’lim muassasasi bilan tengdosh fakultetlardan biri hisoblanadi.
Tarix
fakultetining professor-o‘qituvchilari turli yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent
davlat pedagogika universitetining o‘quv, ta’lim-tarbiya
jarayonida faoliyat
ko‘rsatib, oliy ta’lim dargohida respublika ta’lim muassasalari uchun malakali
pedagog kadrlar tayyorlash ishiga katta hissa qo‘shgan.
Keyingi yillarda fakultet tarkibida “Umumiy tarix” (1939-1967) kafedrasi,
1967-yildan boshlab “Qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi” (1967-1985) hamda
“Yangi va eng yangi tarix” (1967-1985) kafedralari, 1985-yildan boshlab mazkur
kafedralar asosida “Qadimgi dunyo, o‘rta asrlar va o‘lkashunoslik” (1985-1995),
“Jahon xalqlari yangi tarixi” (1985-1995), “Jahon xalqlari eng yangi tarixi”
(1985-1995) kafedralari tashkil etildi.
Shuningdek, fakultet tarkibida “Tarix
o‘qitish metodikasi”, “O‘zbekiston tarixi” kafedralari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa,
1995-yilda “Horijiy mamlakatlar tarixi” kafedrasi, 1998-yilda “Vatan tarixi”
kafedrasi
tashkil etildi, bu kafedralar 2011-yildan boshlab “Tarix” kafedrasiga
birlashtirildi.
1951-yilda tashkil etilgan “Siyosiy iqtisod” kafedrasi 1991-yildan boshlab
“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasiga aylantirildi.
1952-yildan “Falsafa” kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi. 1952-yildan
boshlab tarixchi pedagoglar tayyorlash to‘rt yillik o‘qish tizimiga o‘tkazildi. Shu
yildan boshlab fakultet “Tarix-filologiya” deb nom oldi. Ammo fakultetning har
Do'stlaringiz bilan baham: