UNIVERSITETNING 80 YILLIGI OLDIDAN
PEDAGOGIKA
2015, 2-son
3
ikkala fan yo‘nalishlari bo‘yicha alohida tarixchilar, alohida filologlar
tayyorlanardi. Shu yillarda fakultetning tarix bo‘limida professorlar
Y. G‘ulomov, O. Aminov, S. Rajabov, dotsentlar Z. Nuriddinov,
A. Qirg‘izboyev, X. Bekmuhamedov, O. Qayumov, P.S. Kotlyar, M.U. Umarov,
H. Ziyoyev, R. Boyjonov, Sh. O‘lmasboyev, Z. Mirtursunov, E. Yusupov,
Afoqiy, katta o‘qituvchilar M. Boboyeva, M. Toshmuhamedov, A. Sa’diyev,
T. Qurbonov, R. G‘ulomov, N. Xolmatov, Z. Arifxonova va boshqalar saboq
berdi. Biroq, 1957-yilda bir vaqtning o‘zida tarixchi-filologlar tayyorlash
maqsadida 4 yillik o‘qish 5 yilga uzaytirilib, tarixchi talabalarga endi til va
adabiyot fanlaridan ta’lim berila boshlandi. Fakultetda kunduzgi bo‘limdan
tashqari kechki va sirtqi bo‘limlarda ham tarixchi pedagoglar tayyorlash davom
etdi.
1968-yil oktabr oyidan boshlab “Tarix-filologiya” fakultetidan Respublika
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarori bilan tarix alohida fakultet bo‘lib
ajralib chiqdi. To‘rt xil ixtisoslik bo‘yicha (tarixchi-pedagog, tarixchi-
jamiyatshunos, tarixchi-geograf, tarixchi-huquqshunos) mutaxassislar tayyorlash
yo‘lga qo‘yildi.
1968-yilda tarix fakulteti tarkibida “Tarix va jamiyatshunoslik o‘qitish
metodikasi” kafedrasi, 1992-1998-yillarda “Tarix, inson va jamiyat o‘qitish
metodikasi”, 1998-2011-yillarda “Manbashunoslik va tarix o‘qitish metodikasi”
nomi bilan faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2011-yilda tarix va ijtimoiy fanlarni
o‘qitish metodikasi, malakaviy pedagogik amaliyot samaradorligini yanada
oshirish maqsadida kafedra “Tarix va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi”
kafedrasiga aylantirildi va bugungi kunda faoliyatini davom ettirmoqda.
1980-yilga kelib fakultet tarkibida 7 ta kafedra, 1998-yil sentabr oyida
universitetda “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”
kafedrasi tashkil etildi va fakultet tarkibiga kiritildi.
2001-2002-o‘quv yilidan boshlab, Respublika oliy ta’lim muassasalarining
ijtimoiy-gumanitar fan sohasida “Milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat
asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis pedagoglar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 17-
sentabrdagi 9/2-sonli Hay’at va universitet Ilmiy kengashining 2005-yil 25-
oktabrdagi 3/4.3-sonli qaroriga asosan, fakultetda “Milliy g‘oya va ma’naviyat
asoslari” kafedrasi tashkil etildi.
Tarix fakulteti respublika ta’lim muassasalari uchun tarixchi-pedagog
kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Fakultetda turli yillarda tarix,
Do'stlaringiz bilan baham: |