PEDAGOGIKA
2015, 2-son
92
o‘quv yilidan 2-sinfda chet tilni o‘qitish bo‘yicha ingliz, nemis va fransuz
tillaridan trenerlar tayyorlash kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyruqlari
asosida joriy yilning 28-mart kuni A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini
qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida trenerlar uchun
maxsus kurs boshlandi. Trening oldi yalpi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov mazkur kursning maqsad va vazifalari,
kutilayotgan natijalar to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumot berdi
1
.
Sharq pedagogikasida ham, G‘arb pedagogikasida ham mutaxassislar va
ota-onalar tomonidan quyi sinf bolalari u yoki bu narsani o‘rganishlari hayotiy
va didaktik o‘yinlarga moyilliklari yakdil ravishda e’tirof etilgan
2
. Chet tillarni,
xususan ingliz tilini ham, bolalar yoshi, hayotiy tajribasi, bilimlariga mos
ravishda turli o‘yinlar orqali o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda
Yevropadagi kabi “yevropacha ko‘p tillilik” tushunchasi ostida kamida ikkita
zamonaviy xorijiy tilni egallash maqsad qilinsa, unda navbatdagi chet tilni
o‘rganish uchun birinchi chet tilning ahamiyatiga yana-da ko‘proq e’tibor
berilishi lozim. Bu, ayniqsa, bolalar bog‘chalari, tayyorlov maktablari yoki
boshlang‘ich maktablarda birinchi chet tilni o‘qitish uchun muhim sanaladi,
chunki birinchi chet til navbatdagi xorijiy tilni o‘rganishga yo‘l ochib berishi
lozim. Xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida birinchi chet til sifatida ko‘pincha
“foydalilik mezoni” bo‘yicha eng muhim bo‘lgan til ustuvor hisoblanadi.
Bugungi kunda ingliz tilini bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Nutqni egallashda tilning egiluvchanligi, ya’ni moslasha olishi bola uchun
ma’lum sharoitda chet tilni egallashga imkon beradi. Yoshi ulg‘aygan sari o‘z
tiliga moslasha boshlaydi. Shuning uchun katta yoshdagi bolalarga ikkinchi chet
tilni o‘rgatish odatda qator qiyinchiliklar bilan kechadi. Shu o‘rinda savol
tug‘iladi, chet tilni necha yoshdan o‘rgangan ma’qul? Chet tilni o‘rgatish
bo‘yicha turli usul va shakllar mavjud bo‘lsa-da, 1-sinflarda bu jarayon qiyinroq
kechishi mumkin. Ularning tez charchashi, diqqatining ixtiyorsizligi, eslab qolish
darajasi hali yetarli darajada rivojlanmagani yoshi va ruhiyatiga xosdir
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning yoshi va dunyoqarashiga
mos ravishda chet tillar o‘yin tarzida, og‘zaki nutq shaklida, multimedia
texnologiyalari va interfaol usullardan foydalanilgan holda o‘rgatilishi mumkin.
Masalan, ingliz tilidagi videodastur, multfilm, rang-barang rasm, qo‘shiq va
she’rlar bolalarda tilni o‘rganish uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Rasmlarni
tanlashda tasvirlangan jismlarning soni alohida ahamiyat kasb etadi, chunki
1
Абдулла Авлоний номидаги халқ таълими ходимларини қайта тайёрлаш ва малакасини
ошириш марказий институти// http://www.avloniy.uz/?q=uz/node/84
2
Do'stlaringiz bilan baham: |