PEDAGOGIKA
2015, 2-son
93
birdan ortiq jism yoki faoliyat tasviri bolaning chalg‘ishiga sabab bo‘ladi.
Natijada, bog‘cha yoshidagi bolalar
chet tilda bemalol sanashni, o‘zini
tanishtirish, hafta kunlari va yil fasllari kabi boshlang‘ich bilimga ega bo‘ladi.
Ma’lumki, ota-onalar farzandlarini erta yoshidan turli qo‘shimcha mashg‘ulotlar
va to‘garaklar bilan band qiladi. Ko‘pincha, ular barcha sohalarda keng tarqalgan
va ommabop ingliz tilini ma’qul ko‘radilar. Bundan tashqari bu til bolalar
orasida ham juda mashhur.
Inglizcha tez aytishlar, she’rlar, ertak va multfilm
qahramonlari, jozibali ohangdagi tovushlar bolalarni befarq qoldirmaydi.
Demak, ingliz tili asosiy chet til sifatida dunyo bo‘ylab e’tirof etilmoqda.
Deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar maktabgacha ta’lim
muassasalarida
o‘rgatib kelinmoqda. Chet til bilan shug‘ullana boshlagan maktabgacha yoshdagi
bola ilk daqiqalardanoq o‘zga tilda gapirishga katta ishtiyoqni his qiladi. Til
o‘rganishga motivatsiyani saqlab qolish maqsadida maktabgacha ta’lim
muassasasida chet tilni kundalik hayotga tatbiq qilish lozim. Til maktabgacha
yoshdagi bolalarning rang-barang hayotiga tabiiy ravishda bog‘lansa,
ular buni
o‘yinda, atrofdagilar bilan muloqotda qo‘llay boshlaydilar.
Boshlang‘ich sinflarda chet tilni o‘rgatishda
o‘yin usulidan foydalanish
samarali bo‘lib, bunda o‘quvchining kommunikativ ko‘nikmalari rivojlanadi.
O‘yin alohida tashkil etilgan mashg‘ulot bo‘lib, bunda bolaning emotsional his-
tuyg‘ular va aqliy imkoniyatlarining
safarbar etilishini, biror-bir qaror qabul
qilish, qanday yo‘l tutish,
fikr bildirish, qanday qilib yutuqqa erishish kabi
vazifalarni amalga oshirishni talab etadi. Bu vazifalarni amalga oshirish bolaning
fikrlash qobiliyatini jadallashtiradi.
Agar bola chet tilda gapirsa, bu ta’limiy
imkoniyatlarni yanada kengaytiradi. Bolalar o‘zlari o‘ylamagan tarzda chet tilni
o‘rgana boshlaydi. O‘yin bolalar uchun juda qiziqarli mashg‘ulot bo‘lib, bunda
a’lochi o‘quvchi ham, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchi ham teng ishtirok etadi.
Bundan tashqari, chet tilni sust o‘zlashtirgan o‘quvchi o‘yinda birinchi bo‘lishi
mumkin, hamma bilan tengligini his qilish, quvonch va zavq muhiti, vazifalarni
bajarishdagi osonlik – bularning hammasi nutqda notanish tilda so‘zlashishdagi
tortinchoqlikni yengishga yordam beradi hamda ta’lim natijalariga ijobiy ta’sir
o‘tkazadi. O‘yin mashqlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
uchun dars
samaradorligini oshiradi, darslik majmualaridagi materiallarning o‘quvchilar
tomonidan tez va oson o‘zlashtirilishiga
yordam beradi, chunki o‘yinlar 6-8
yoshli bolalar uchun yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Shu bilan birga, chet tilga
oid material oson o‘zlashtirilib, bolada “men boshqalar qatorida chet tilda gapira
olaman”, degan qoniqish hissi paydo bo‘ladi. O‘yinlar orqali o‘quvchilarning
lug‘at boyligi oshiriladi, ijodiy tashabbuskorlik hamda ko‘nikma
va malakalar
paydo bo‘la boshlaydi. Psixologik o‘yin mashqlari va treninglar o‘quvchilardagi