Mavzu: O’zbekistonda chop etilgan tabiiy mavzudagi xarita va
atlaslarni o’qish, o’rganish, tahlil qilish va baholash
Reja:
1.Tabiiy mavzudagi atlasning tavsifi
2.Atlas tarkibidagi mavzuli xaritani o’qish, o’rganish va baholash
3.Xarita bo’yicha masofadan zondlash dasturlari asosida joy holatini ma’lum bir obyekt bilan solishtirish va mustaqil fikr bildirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar
Biz O’zbekistonda chop etilgan obzor umumgeografik atlaslarni o’qish, o’rganish va tahlil qilish bo’yicha SSSR 7-sinf atlisidan tabiiy, topografik, geologik, siyosiy-ma’muriy va iqlim kartasidan shuningdek 7-sinf atlisidan Surxandaryo tabiiy-geografik rayoni kartasidan foydalanamiz.
Obzor kartalar deb – 1:1 000 000 dan mayda bo’lgan bo’lgan umumgeografik kartalarga aytiladi.
SSSR 7-sinf atlasi “Картография” ГУГК 1981-yilda chop etilgan.
7-sinflar uchun mo’jallangan O’rta Osiyo va O’zbekistonnning tabiiy geografiyasi esa 2018-yilda “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish korxonasida chop etilgan/
Atlasning mas’ul muharriri – R.X.Galiulina, L.D.Kurvayeva
Ilmiy maslahatchilar-geografiya fanlari nomzodlari V.A.Popov, P.N.G’ulomov, M.T.Mirakmalov
Texnik muharrirlari – N.A.Turayeva
13.08.2013 kunlari chop etish uchun imzolangan.
Qog’oz hajmi 70x90 kartografik qog’oz.
Chop etish 8 konv. 10.88
Pechdagi matn, 3– konv. bosma varaq 3,5
Tiraj 38– sonli buyruq.
Karta mundarijasida tabiiy, topografik, geologik, siyosiy-ma’muriy va iqlim kartalari tasvirlanganligi ko’rsatilgan.
7-sinflar uchun mo’ljallangan O’rta Osiyo va O’zbekistonning tabiiy geografiyasi tasvirlangan. Biz ushbu atlasning 40-betida joylashgan Surxandaryo tabiiy geografik rayonini o’rganib chiqamiz.
Karta masshtabi 1:1 000 000 ya’ni 1sm da 10 km ga to’g’ri keladi.
Karta komponovkasi maqsadga muvofiq ishlab chiqilgan. Karta legendasi shimoliy-g’arbiy burchakda joylashgan. Karta legendasida gipsometrik shkalalar balandliklari metrlarda tasvirlangan. Shuningdek sharqiy-janubiy va janubiy-g’arbiy burchagida qirqma kartalar joylashgan. Kartaning paralellari va meridianlari 1˚ dan o’tkazilgan.
Kartografik tasvir asoslariga relyef, girografik obyektlar, o’simlik grunt qoplami, ma’muriy-hududiy chegaralar va unduruvchi sanoat tarmoqlari tasvirlangan.
Relyef gipsometrik shkalalar orqali tasvirlangan.
Gidrografik obyektlar esa chiziqli va maydonli shartli belgilar orqali tasvirlangan. Kanallar chiziqli shartli belgilarda suc omborlar esa maydonli shartli belgilarda tasvirlangan. Ma’muriy-hududiy chegaralar ham chiziqli shartli belgilar orqali tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |