9-mavzu. Xotira. (2 soat)
Reja :
1 Xotira haqida tushuncha. Xotiraning nerv-fiziologik asosi.
2 Xotira nazariyalari.
3 Xotira turlari, faoliyatga ko„ra xotira turlari, maqsadiga ko„ra xotira turlari, muddatiga ko„ra xotira turlari.
4Xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash, unutish.
5 Xotirani o„rganish metodlari. Xotiraning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa. Amaliy tavsiyalar.
Tayanch so'zlar: Xotira, assotsiatsiyalar, izdoshtik, kontrastlik, o'xshashlik, tasavvurlar, xotira tasavvuri, xayoliy tasavvur, xotira turlari, uqib olish, kombinatsiya usuli, mexanik, unutish.
1. Xotira - bu tajribamizga aloqador har qanday ma'lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog'liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga aloqador malumotlarning ongmizdagi aksidir.
Tevarak-atrofdagi biz idrok qilgan narsa va hodisalar ongimizda izsiz yo'qolib ketmaydi, balki miya po’stlog’ida obrazlar tarzida saqlanib qoladi. Keyinchalik narsa va hodisalarning o'zi ko'z oldimizda bo’lmagan paytda ham biz bu obrazlarni ongimizda qayta tiklay olamiz.
Odatda biz biror bir malumotni o'qiydigan bo’lsak, uni hech bir o'zgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajablanarlisi shundaki, borgan sari ma'lumot ma'lum o'zgarishlarga yuz tutib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq bo'lib saqlanadi. Ba'zi bir ma'lumotlar xohlasak ham xotiradan o'chmaydi, boshqasini esa juda qattiq xoxlasak ham kerak paytda yodimizga tushira olmaymiz. Ma'lum bo'lishicha inson miyasi har qanday malumotni saqlab qoladi. Agar shu ma'lumot biror sabab bilan odamga kerak bo'lmasa, yoki o'zgarmasa, u ongdan tabiiy tarzda yo'qoladi. lekin har doim ham bizning professional faoliyatimiz manfaatlariga mos ma'lumotlarni esla saqlash juda zarur va shuning uchun ham ko'pchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shug'ullanadi. Inson xotirasining yaxshi bolishi, ya'ni his-kechinmalarimiz ko'rgan-kechirganlarimizning mazmuni to'laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog'liq:
Esda saqlab qolish bilan bog'liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
Shahsning o'zi shug'ullanayotgan ishga nechog'liq qiziqish bildirayotganligiva shuishga moyilligiga;
Shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qanday ligiga;
Shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga
Irodaviy kuchi va intilishlariga.
O'tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo'lsa, shuni esda olib qolish esda saqlash va keyinchalik esga tushirish yoki unutish xotira deb ataladi
Tashqi va ichki qo'zg'atuvchilar ta'sir ko'rsatishi tufayli miyaga keluvchi qo'zg'alishlar miyada "izlar"qoldiradi, bu izlar-uzoq yillar (ba'zan butun hayot) davomida saqlanib qoladi. Yarim sharlar po’stlog’ida qo'zg'alishlar uchun go'yo yo'l ochiladi, buning natijasida nerv bog'lanishlari keyinchalik oson va tez vujudga keladi. Agar qo'zg'alishlar takrorlanib tursa nerv bog'lanishlari saqlanadi va jonlanadi, aksincha qo'zg'alishlar takrorlanmasa nerv bog'lanishlari so'nadi. Nerv bog'lanishlari so'nsa ilgari esda qoldirgan ma'lumotlar unutiladi. Vaqtincha nerv bog'lanishlarining vujudga kelishi va; saqlanishi xotiraning fiziologik asosini tashkil etadi.
Xotiraning mohiyati narsa va hodisalar o'rtasida aloqa o'rnatishdan iborat ekanlugini qadim zamonlardayoq greklar tushunib yetgan edilar. Bunday aloqalar assotsiatsiyalar deb atab kelinadi. Assotsiatsiyalar uch xil bo'ladi.
Izdoshlik - (yoki ketma-ketlik) assotsiatsiyasi; masalan: biror hodisa esga keltirilgan paytda, shu davrda yuz bergan boshqa faktlar ham xotirada gavdalanadi;
Kontrastlik - shovqin-suronli shaharga kelib qolsam tinch qishloq hayotini eslayman.
O’xshashlik- tanishimni portretini ko'rsam, uni o'zini ham eslayman.
2. Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qayta gavdalanishiga tasavvur deb ataladi. Tasavvurlar tufayli ayni paytda ko'z o'ngimizda bo'lmagan lekin ilgari idrok qilgan narsalarni aks ettira olamiz.
Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari asosida amalga oshiriladi. Odatda mazmun jixatdan ikki xil tasavvur ya'ni xotira tasavvuri va xayoliy tasavvur farqlanadi. Xotira tasavvuri ilgari idrok qilingan, ya'ni ilgari o'z shaxsiy tajribamizda bo’lib o'tgan, lekin hozir ko'z o'ngimizda bo'lmagan narsalarning obrazlarini ongimizda gavdalantirishdan iboratdir. Masalan, birinchi marta maktabga borganimizdagi taassurotlarni ongimizda qayta tiklashimiz xotira tasavvuri bo'ladi. Xayoliy tasavvur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo’lib, ongimizdagi bilimlarimiz, tajribamiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha turmush tajribamizda uchratmagan narsalarning obrazlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish jarayoni bilan bog'liq bo’lgan tasavvurdir. Masalan: matndagi obrazlarning tasvirlanishiga qarab, ular obrazlarining ko'z oldimizda paydo bo'lishi xayoliy tasavvurga misol bo'la oladi.
Tasavvurlar narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish orqali hosil bo'lishdan tashqari so'zlar orqali, ya'ni so'z bilan biron narsani tasvirlab berish orqali ham hosil bo'lishi mumkin. Tasavvur obrazlarining to'la va ravshan bo'lishi birinchi navbatda idrokning chuqur va to'laligiga bog'liqdir. Unchalik e'tibor bermay palapartish idrok qilgan narsalardan hosil bo’lgan obrazlar juda xira bo'ladi. Binobarin, bunday obrazlar tasavvurda qayta tiklanganda undan ham xira va noaniq bo'ladi.
Bundan tashqari tasavvur obrazlarining sifati odamning ayni chog'dagi ahvoliga, his-tuyg'ulari va diqqatiga bog'liq bo'ladi. Chunonchi, tobi qochib kayfiyati buzilib (ko'ngli biron narsaga g'ash bo’lib), diqqati chalglb turgan paytida odam idrok qilgan narsalarini yaxshi va osonlik bilan tasavvur eta olmaydi. Idrok qilish jarayonida qaysi sezgi a'zosining ustunlik qilishiga qarab tasavvurlar quyidagi turlarga bo'linadi: ko'rish tasavvuri, eshitish, hid bilish tasavvurlari, ta'm bilish tasavvuri, harakat tasavvuri va shu kabilar. Odamlarning kasbiga qarab tasavvurlarning ayrimlari nisbatan kuchli rivojlanadi. Masalan: rassomlarda ko'rish tasavvuri, kompozitor va sozandalarda eshitish tasavvuri, raqqosalarda harakat tasavvuri nisbatan ustun turadi. Tasavvurlar yakka va umumiy tasavvurlariga bo'linadi. Yakka tasavvur deb birorta yakka narsa yoki hodisaning obrazini tasavvur qilishga aytiladi. Masalan: tanish bo’lgan odamlar (o'rtogl, sinfdoshi xaqidagi) va shaxsiy narsalari xaqidagi (avtoruchkasi, portfeli kabi) tasavvurlar. Umumiy tasavvur deb bir jins, bir tur, bir guruhni tashkil qilgan narsalarning obrazlarini tasavvur etishga aytiladi. Masalan: umuman odamni, umuman daraxtni yoki umuman o'simlikni tasavvur qilish. Odamda dastavval yakka tasavvurlar undan keyin esa umumiy tasavvurlar yuzaga keladi. Chunki umumiy tasavvurlar bir qancha bir-biriga o'xshash narsani qayta-qayta idrok qilish natijasida hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |