O'zbekistonda davlat boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shakli o'rnatilgan.
Prezidentlik Respublikasi shakli xalqning ma'naviy qadriyatlari, xohish-istaklari
va ruhiga mos keladi. Kuchli Prezident1ik Respublika boshqaruvi - kuchli ijroiya, idora
qiluvchi hokimiyatdir. Ya'ni Respublika Parlamenti va xalqi oldida O'zbekiston
kelajagini, fuqarolarning siyosiy erkinligini ta’minlashga qaratilgan kuchli ijroiya
hokimiyatidir.
Prezidentlik Respublikasida eng muhimi – hokimiyat bo'linishini adolatli tarzda
amalga oshirish imkoni bor. Ya'ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati bir-
biridan mustaqil holda ish olib boradi. Prezidentlik Respublikasida ijro hokimiyati
Prezident qo'lida bo'ladi.
O'zbekiston nima uchun davlat boshqaruvining aynan shu usulini tanladi? Buning
sabablari bor. Birinchidan - sharqda demokratiyaga keng imkoniyat yaratilishi bilan
birga kuchli hokimiyat mavjud bo'lgan. Davlat boshlig'i talabchan, qat'iyatli, tinchlik,
adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Ikkinchidan - boshqaruvning parlamentar respublika
usulida prezident parlament yig'ilishida uning a'zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik
Respublikasida esa, u umumxalq saylovi yo'li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi
bilan saylanadi. Bunda prezident o'z vakolatini parlamentning sanoqli a'zolaridangina
emas, bevosita keng xalq ommasidan oladi. Qolaversa, buning siyosiy, huquqiy,
ma'naviy va demokratik mazmuni ham bor. Demak, jamiyatni boshqarishda davlat
boshliqlarini saylash tartibi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Prezidentning xalq
tomonidan saylanishi, o'z vakolatini xalqdan olishi boshqaruvning samarali amalga
oshirilishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun boshqaruvning Prezidentlik Respublika
shakli davlat boshqaruvining eng maqbul shaklidir.
Prezidentlik Respublika boshqaruvi Prezidentga qat'iy, dadil va jasurlik bilan
faoliyat ko'rsatishi uchun imkon yaratadi.
Prezident davlat va ijroiya hokimiyatining boshlig'i sifatida chinakam xalq
yo'lboshchisi, tadbirkor va tashkilotchilik sifatlariga ega bo'lishi zarur.
Respublika Prezidenti Islom Karimov faoliyatida ana shunday sifatlar yaqqol
ko'zga tashlanib turadi. Prezidentning demokratik qarashlari, qadriyatlarga tayanishi,
rivojlanishni oldindan seza bilishi, yuz berayotgan jarayonlarga ilmiy asosda
yondoshishi, yechimlarni izlashda ommaga tayanishi, asoslangan rejalarni hayotga
tadbiq etishi, siyosatda tadbirkorlik va oqillik kabi fazilatlarini keltirish o'rinlidir.
Boshqaruvning Prezidentlik Respublikasi shakli mamlakatda demokratik siyosiy
tuzumni kafolatlaydigan demokratik tashkiliy davlat hokimiyatini ifoda etadi. Shu
nuqtai nazardan qaraganda «Respublika» tushunchasi «demokratiya» tushunchasi bilan
uzviy bog'liqdir.
O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish
usul va vositasi demokratik asosga qurilgan. Bilasizki, davlat siyosiy rejimining
demokratik, totalitar, avtoritar turlari mavjud. O'zbekistonda hokimiyatni amalga
oshirishda demokratik yo'l maqbul topilgan. Kuchli va ta'sirchan demokratik davlat
hokimiyati bilan totalitarizm, avtoritarizm, diktatura o'rtasida hech qanday mushtaraklik
yo'q. Faqat demokratiya ustuvor bo'lgan davlatgina xalqni baxt-saodatga eltib boradi.
Demokratiya bu Konstitutsiya va qonunlar doirasida erkinlik demakdir.
Konstitutsiyamizda demokratik respublikaning barcha belgilari bor. Jumladan: xalq
hokimiyatning yagona manbaidir, davlat boshlig'i saylanadi va almashib turadi, vakillik
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
67
organlari muhim o'rin tutadi, fuqaroning huquq va erkinliklariga asoslangan huquqiy
maqomi mavjudligini aytishimiz mumkin.
Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi uchta mezon bor.
Birinchisi -xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, ikkinchisi -
hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, uchinchisi -oddiy
fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir.
Xalqni hokimiyatning yagona manbai sifatida tan olish boshqaruvning respublika
shakliga ega bo'lgan demokratik davlatlarga xos xususiyatdir. Xalq hokimiyatchiligi
hokimiyatning davlat tuzilmalari (ijro etuvchi va vakillik organlari) va fuqarolarning
o'zini o'zi boshqarish organlari orqali amalga oshiriladi. Xalq hokimiyatchiligining
bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) demokratiya va bavosita, ya'ni vakillik shakli mavjud.
Bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) demokratiya shakliga: referendum (umumxalq ovoz
berishi), saylovlar, qonun loyihalarini muhokama qilish, yig'ilishlar, mitinglar va
namoyishlar, hokimiyat tuzilmalariga yakka tartibda va jamoa bo’lib murojaat qilish
kabilar kiradi. Vakillik shakliga esa, butun davlat, vakillik jdoralari, siyosiy partiyalar,
jamoat birlashmalari, ommaviy ijtimoiy harakatlar kiradi. Demokratiyaning asosiy
vazifasi - jamiyatdagi kuchlarni murosa asosida birlashtirib, ularni umumrizo qarorga,
ya'ni konsensusga olib kelish va mamlakatning taraqqiyoti uchun xizmatga safarbar
qilishdan iboratdir. Bugungi kunda O'zbekiston demokratiya tamoyillariga amal qilgan
holda rivojlanmoqda.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
68
Do'stlaringiz bilan baham: |