71
O'zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga
muvofiq,
O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining Bosh vazirini, uning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlarini,
Vazirlar Mahkamasi a'zolarini, Bosh prokuror va uning o'rinbosarlarini tayinlash va
lavozimlaridan ozod etish, vazirliklar, davlat qo'mitalari va davlat boshqaruvi
organlarini tuzish hamda ularni tugatish to'g'risidagi farmonlarini tasdiqlash;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudining raisi va a'zolari, Oliy sudning raisi va a'zolari, Oliy xo'jalik
sudining raisi va a'zolari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
raisi, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining raisi
lavozimiga tayinlash.
Basharti, lavozimga ko'rsatilgan nomzod Oliy Majlis tomonidan qo'llab-
quvvatlanmasa, mazkur masala yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
boshqa taklifi muhokama qilinadi.
Oliy Majlisning O'zbekiston Respublikasi huquq tizimi sohalari bo'yicha
vakolatiga respublika huquq tizimining barcha sohasidagi qonunlarni qabul qilish hamda
ularga tegishli o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish kiradi.
Oliy Majlisning xalqaro masalalar sohasidagi vakolatlariga xalqaro shartnomalar
va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya qilish (barvaqt to'xtatish);
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qilish,
favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to'xtatish to'g'risidagi
farmonlarini tasdiqlash kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o'z faoliyatini uning tarkibiga saylangan
deputatlar orqali amalga oshiradi.
Oliy Majlis deputati o'z saylovchilarining, shuningdek uni deputatlikka nomzod
etib ko'rsatgan tegishli siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlarining va nomzod qilib
ko'targan tashabbuskor guruhlarning vakili hisoblanadi.
Respublika Oliy Majlisining deputatlari o'z huquqlari va burchlarini ijro etishda
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda 1995-yi1 6-mayda qabul qilingan
«O'zbekiston Respublikasida xalq deputatlarining maqomi to'g'risida»gi qonunga amal
qilgan holda ishlaydilar. Bu qonunda Oliy Majlis deputatining huquqlari, burchlari va
faoliyatining shakllari va kafolatlari to'la ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va qonunchilik palatasi
to'g'risidagi Konstitutsiyaviy qonunlarining 8-moddalarida Senat va Qonunchilik
palatasining birgalikdagi vakolatlarini belgilab bergan. Mazkur qonunlarning 9-
moddalarida Senat va Qonunchilik palatasining vakolatlari belgilab qo'yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: