Prokuratura organlari tizimi
Prokuratura tizimi O'zbekiston Respublikasi miqyosida O'zbekiston Bosh
prokuroriga bo'ysunuvchi prokuratura organlari yig'indisidan iborat bo'lib, bu
qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishining nazoratini ta'minlash bilan bog'liq
umumiy funksiyani amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi prokuratura idoralari tizimini O'zbekiston Respublikasi
Prokuraturasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokuraturasi, viloyatlar, Toshkent shahri,
shaharlar va tumanlar, tumanlararo va boshqa hududiy prokuraturalar tashkil etadi.
O'zbekiston respublikasi prokuratura idoralarining tizimiga, shuningdek,
transport, harbiy, tabiat muhofazasi prokuraturalari va boshqa ixtisoslashtirilgan
prokuraturalar ham kiradi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan viloyatlar
va tumanlar prokuraturalariga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalar, tuman
prokuraturalariga ega bo'lgan shaharlarda esa tuman prokuraturalariga bo'ysunadigan
shahar prokuraturalari tuzilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tuziladigan transport, tabiat
muhofazasi prokuraturalari, boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar viloyatlar,
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
109
tumanlar prokuraturalari, tumanlararo prokuraturalar yoki shahar prokuraturalari
vakolati bilan tashkil etiladi hamda faoliyat ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy Prokuraturasini tashkil
etish va uning ish tartibi «Prokuratura to'g'risida» (yangi tahrirda)gi qonun, boshqa
qonun hujjatlari hamda O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan
tasdiqlanadigan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy Prokuraturasi
to'g'risidagi nizom bilan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan besh yil muddatga tayinlanib,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis oldida hisobdordir.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari
Respublika Prezidenti tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi, keyin Oliy
Majlis tasdig'idan o'tadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori O'zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat hokimiyatining
oliy organi tomonidan besh yil muddatga tayinlanadi va ular oldida hisobdordir. Viloyat
prokurorlari va Toshkent shahri prokurori hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan besh yil muddatga tayinlanadilar,
unga bo'ysunadilar va uning oldida hisobdordirlar.
Shahar, tuman prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar (harbiy qo'shin
prokurori, harbiy garnizonlar, transport prokurorlari va ixtisoslashtirilgan
prokuraturalarning prokurorlari) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan
besh yil muddatga tayinlanadilar, o'zidan yuqori pog'onadagi prokurorlar va O'zbekiston
Respublikasi Bosh prokuroriga bo'ysunadilar hamda ular oldida hisobdordirlar. Quyi
prokurorlarning bevosita O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan
tayinlanishi ularning mahalliy ta'sirlardan mustaqilligining muhim kafolatlaridan biridir.
O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining faoliyatini tashkil etish tartibi
«Prokuratura to'g'risida» (yangi tahrirda)gi qonunda batafsil ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi prokuraturasiga O'zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori boshchilik qiladi. Respublika prokuraturasida Bosh prokuror, uning birinchi
o'rinbosarlari, o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, O'zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy prokurori, prokuratura idoralarining boshqa
rahbar xodimlaridan iborat tartibda hay'at tuziladi. Hay'atning shaxsiy tarkibini
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va
bo'limlar tuzilib, ularda katta prokurorlar va prokurorlar bo'ladi.
Prokuror nazorati - bu O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga
bo'ysunuvchi prokurorlarning O'zbekiston Respublikasi hududida barcha vazirliklar,
davlat qo'mitalari, idoralar, davlat nazorati organlari, hokimlar, kimga bo'ysunishidan,
kimning tasarrufida bo'lishidan va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, boshqaruv
organlari, korxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar
tomonidan qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini ta'minlash, har qanday qonun
buzilishi, uning sabablari va shart-sharoitlariga o'z vaqtida barham berish, buzilgan
huquqlarni tiklash hamda aybdorlarni belgilangan tartibda qonuniy javobgarlikka tortish
yo'li bilan davlat nomidan amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Prokuror va uning o'rinbosarlari qonunlarga rioya etilish ustidan umumiy nazorat
faoliyatida quyidagi huquqiy va boshqa hujjatlarni qabul qilishlari mumkin: mansabdor
shaxslarning qonuniy qarorlari va xatti-harakatlariga nisbatan protest keltirish; qonunni
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
110
ochiqdan-ochiq buzish hollariga chek qo'yish to'g'risida amrnoma berish; qonunning
buzilishiga yo'l qo'ymaslik xususida mansabdor shaxslar va fuqarolarga yozma ravishda
ogohnoma bildirish; davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarga
qonunbuzarlik hollarini, shuningdek qonun buzilishining sabablari va bunga yo'l ochib
bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida taqdimnomalar kiritish; fuqarolar,
jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini
himoya qilish to'g'risida sudlar yoki xo'ja]ik sudlariga ariza bilan murojaat etish.
Prokuratura to'g'risidagi qonunda, bulardan tashqari, prokurorlarning nazoratni
amalga oshirish va qonun buzilishlarga ta'sir ko'rsatish huquqiy vositalari,
jinoyatchilikka qarshi kurash idoralarining qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat
qilish; sudlarda ishlarning ko'rib chiqilishida prokurorning vakolatlari va prokuratura
idoralarining faoliyatini tashkil etishga doir boshqa masalalar aniq belgilab berilgan.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Do'stlaringiz bilan baham: |