Ma'ruza konstitutsiya doc


Prokuratura organlari faoliyati prinsiplari



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/99
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#97280
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Bog'liq
ozbekiston konstitutsiyasi

Prokuratura organlari faoliyati prinsiplari 
O'zbekiston  Respublikasi  prokuratura  organlari  faoliyatini  amalga  oshirishning 
o'ziga  xos  prinsiplari  mavjud.  Quyi  pog'onadagi  prokurorlar  yuqori  pog'onadagi 
prokurorlarga  bo'ysunish  tartibida  O'zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori 
boshchiligidagi  yagona  markazlashgan  tizimni  tashkil  etadilar.  Ushbu  tamoyil  barcha 
darajadagi  prokurorlar  oldida  turgan  maqsad  va  vazifalarning  birligini  hamda 
qonunlarning  ijro  etilishi  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish  shakli  va  uslublarining 
umumiyligini,  qonun  buzilishi  holatlariga  nisbatan  prokurorning  ta'sir  ko'rsatish 
vositalari,  shuningdek  qonunbuzarliklarning  oldini  olish  choralarini  ko'rishning 
yagonaligini anglatadi. 
Prokuraturaning  yagona  va  markazlashtirilganligi  prokuratura  tizimining  barcha 
boshqaruv  organlari,  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  jamoat  birlashmalari, 
mansabdor  shaxslar  va  fuqarolarning  qonunlarni  aniq  va  bir  xilda  ijro  etishlarining 
nazoratini  amalga  oshirishda  ifodalanadi.  Ushbu  prinsip  O'zbekiston  Respublikasining 
hududida yagona qonunchilikning o'rnatilishini ta'minlaydi. 
Prokuratura  organlari  nazoratni  va  o'z  vakolatlarini  davlat  hokimiyati  hamda 
mahalliy  boshqaruv  idoralaridan,  mansabdor  shaxslardan,  jamoat  birlashmalaridan 
mustaqil  ravishda,  O'zbekiston  Respublikasi  hududida  amal  qilib  turgan  qonunlarga, 
xalqaro va davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) qat'iy rioya etib va faqat O'zbekiston 
Respublikasi  Bosh  prokuroriga  bo'ysungan  holda  amalga  oshiradilar,  Prokuratura 
faoliyati  faqat  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Oliy  Majlis  nazoratida  bo'ladi. 
Prokuraturaning  qonunlar  ijro  etilishini  nazorat  qilish,  jinoiy  ishlarni  tergov  qilish, 
shikoyatlar,  arizalar  va  xabarlarni  tekshirish,  kadrlarni  tanlash  va  joy-joyiga  qo'yish 
borasidagi  faoliyatiga  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvining  boshqa  organlari,  jamoat 
tashkilotlari, 
shuningdek, 
mansabdor 
shaxslarning 
aralashishi 
taqiqlanadi. 
Prokuraturaning  mustaqilligi,  prokuratura  organlarining  tashkiliy  tuzilishi,  ulardagi 
bo'ysunish va hisob berish tartibi amalga oshirilishi bilan ta'minlanadi. Har bir prokuror 
o'z  faoliyatida  mustaqil  bo'lib,  o'z  vazifasini  bajarishda  qonunlarga  va  ularga  muvofiq 
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan chiqarilgan buyruqlar, qo'llanmalar 
va  ko'rsatmalarga  amal  qiladi.  Prokurorlar  o'z  vakolatlari  davrlarida  siyosiy  maqsadni 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
108 
ko'zlagan  siyosiy  partiyalar  va  boshqa  jamoat  birlashmalariga  a'zolikni  to'xtatib 
turadilar. 
Prokuratura  organlari  qonuniylik  hamda  jinoyatchilikning  ahvoli,  asosiy 
yo'nalishlari  to'g'risida,  boshqaruv  idoralari  tomonidan  qonunlarga  rioya  etilishini 
ta'minlash, davlat va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish 
borasidagi  vazifalar  qanday  bajarilayotganligidan,  tegishliligiga  qarab,  O'zbekiston 
Respublikasi  Prezidentini,  Oliy  Majlisni,  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  davlat 
hokimiyatining  oliy  idoralarini,  O'zbekiston  hukumatini,  xalq  deputatlarining  mahalliy 
Kengashlarini,  hokimlarni  xabardor  etadilar.  Qonuniylik  tamoyili  deganda  nafaqat 
prokuratura  idoralarining  boshqa  davlat  idoralari,  korxona,  muassasa  va  tashkilotlar 
tomonidan qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishini, balki barcha prokurorlar va ular 
itoatidagi  xodimlarning  o'z  faoliyatida  qonun  talablariga  qat'iy  amal  qilishlarini  ham 
tushunmoq lozim. 
Prokuratura  organlari  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  muhofaza  qilish 
to'g'risidagi,  shuningdek,  davlat  siri  hamda  qonun  bilan  muhofaza  qilinadigan  boshqa 
sirni saqlash haqidagi qonun talablariga zid kelmaydigan darajada ish ko'radilar. 
Prokurorning  qonunda  ko'rsatilgan  vakolatlarini  bajarish  yuzasidan  qo'ygan 
talablarini bajarish barcha idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. 
Prokuror  talablarini  to'la  bajarishning  majburiyligi  va  Prokurorning  o'z  vazifalarini 
moneliksiz amalga oshirishi qonun bilan kafolatlangan. 
Prokuratura  organlari  qonuniylikni  ta'minlash  va  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 
borasidagi  faoliyatida  jamoatchilik  bilan  hamkorlikda  harakat  qiladi.  Prokuratura 
organlari o'z faoliyatida oshkoralikni ta'minlash maqsadida: 
-  qonuniylik  va  jinoyatchilikning  ahvoli  to'g'risida  jamoatchilikni  muntazam 
xabardor qilib boradilar; 
- ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazib turadilar; 
-  deputatlarning  hamda  ommaviy  axborot  vositalarining  murojaatlariga  qonunda 
belgilangan tartibda axborot taqdim etadilar. 
Jamoatchilik  va  ommaviy  axborot  vositalari  vakillari  prokuratura  organlari 
hay'atlari hamda muvofiqlashtiruvchi kengashlari majlislariga taklif etilishlari mumkin. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish