102
O'zbekiston Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarda hamda inson huquqlari to'g'risidagi
xalqaro hujjatlarda e'lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklariga, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan
manfaatlariga rioya etilishini kafolatlashga qaratilgan.
Sudning faoliyati ijtimoiy adolatni, tinchlik va totuvlikni ta'minlashga, huquqiy
tartib va qonuniylikni barcha choralar bilan mustahkamlashga qaratilgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi va O'zbekiston
Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan «Sudlar to'g'risida»gi (yangi
tahrirdagi) qonunining 1-moddasida ko'rsatilganidek, O'zbekiston Respublikasining sud
tizimi «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy
sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha Oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha
viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman
(shahar) sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jalik sudi, viloyat va
Toshkent shahar xo'jalik sudlaridan» iboratdir.
Yangi tahrirdagi «Sudlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunida
sudlarning tashkil topishi, ularni saylash va tayinlash tartibi ko'rsatilgan. Bu qonunning
63-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va
Oliy xo'jalik sudi sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga binoan
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan saylanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi sudyalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i
Kengesi Raisining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan
taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan
saylanadilar yoki tayinlanadilar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo'jalik sudi sudyalarining soni
respublika Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis tomonidan belgilanadi.
Viloyat sudlari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari
sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va
lavozimiga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan,
xo'jalik sudlari sudyalari esa O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi raisining
taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Harbiy sudlar sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyalarining
taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: