Ma'ruza konstitutsiya doc


Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari tuzilish tartibi va vakolatlari



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/99
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#97280
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99
Bog'liq
ozbekiston konstitutsiyasi

Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari tuzilish tartibi va vakolatlari 
O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  105-moddasida  va  O'zbekiston 
Respublikasining  1999-yil  14-aprelida  qabul  qilingan  «Fuqarolarning  o'zini-o'zi 
boshqarish  organlari  to'g'risida»gi  qonunning  yangi  tahririda  shahar,  qishloq  va 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
99 
ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda 
tuziladigan  fuqarolarning  o'zini-o'zi  boshqarish  organlari  tuzilishi  va  ularning  huquqiy 
holati belgilab berilgan. 
«Fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  to'g'risida»gi  qonunning  1-moddasiga 
asosan,  fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarishi  -  fuqarolarning  O'zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi  va  qonunlari  bilan  kafolatlangan,  ularning  o'z  manfaatlaridan, 
rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma'naviy qadriyatlaridan, 
mahalliy  urf-odatlar  va  an'analardan  kelib  chiqqan  holda  mahalliy  ahamiyatga  molik 
masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir. O'zini o'zi boshqarishga bo'lgan 
huquqning ikki muhim tomoni mavjuddir. Birinchidan, o'zini o'zi boshqarish huquqining 
ta'minlanishi  bu  insonlarning  siyosiy  huquqlarining  amalga  oshishi,  xalq 
hokimiyatchiligining  ta'minlanishi  bo'lsa,  ikkinchi  tomondan,  ijtimoiy  boshqaruvni 
takomillashtirishdir. O'zini o'zi boshqarish institutining o'zi ham aynan mana shu ikkita 
omilni ta'minlash maqsadida paydo bo'ldi. O'zbekistonda shahar, qishloq va ovullarda, 
shuningdek,  ularning  tarkibidagi  mahallalarda  hamda  shaharlardagi  mahallalarda 
fuqarolar yig'ini o'zini o'zi boshqarish organlari hisoblanadi. Bu organlar o'z majlislarida 
rais (oqsoqol)ni va uning maslahatchilarini ikki yarim yil muddatga saylaydilar. 
O'zini  o'zi  boshqarish  organlarining  asosiy  maqsadi  jamiyat  va  davlat  ishlarini 
boshqarishda  fuqarolarga  ko'maklashish,  o'z  hududlaridagi  ijtimoiy  va  xo'jalik 
vazifalarini  hal  etish,  ommaviy-madaniy  tadbirlarni  o'tkazish,  davlat  hokimiyati  va 
boshqaruv organlariga O'zbekiston qonunlarini, respublika Prezidentining farmonlarini, 
O'zbekiston  hukumatining,  xalq  deputatlari  Kengashlari  va  hokimlarning  qarorlarini 
bajarishda yordamlashish uchun fuqarolarni birlashtirishdir. 
O'zbekiston  Respublikasining  «Fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari 
to'g'risida»gi  qonuniga  ko'ra,  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  ikki  bosqichda  tuziladi. 
Birinchisi, Konstitutsiyaga asosan quyi ma'muriy-hududiy birliklardagi qishloq, shahar 
va ovullarda; ikkinchisi, tuman va shahardagi mahallalarda tuziladi. 
O'zbekiston  Respublikasida  hayotga  tatbiq  etilgan  o'zini  o'zi  boshqarish  tizimi, 
birinchidan,  O'zbekistonning  bozor  munosabatlariga  o'tish  talablarini  hisobga  olib 
amalga oshirilgan bo'lsa, ikkinchidan, u shu sohada dunyoda qabul qilingan tizimlarga 
ham mos keladi. 
O'zbekiston  sharoitida  mahalla  o'z  tarixiy  ildizlariga  ega.  U  O'rta  Osiyoda 
shaharlar doirasidagi hududiy-ma'muriy birlik bo'lgan va bizga o'tmishdan meros bo'lib 
qolgan.  Mahalla  cheklangan  hududda  istiqomat  qiluvchi  odamlar  birlashmasi  bo'lib, 
unda  odamlar  faqat  qo'shnichilik  rishtalari  bilan  emas,  balki  yuzlab  yillar  davomida 
yaratilgan  ichki  tartib-qoida,  ma'naviy-axloqiy  normalar,  urf-odatlar  va  an'analar  bilan 
bog'langanlar. 
«Fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  to'g'risida»gi  qonunga  asosan 
o'zini o'zi boshqarish organlari hududiy prinsip bo'yicha tuziladi. 
Fuqarolar  yig'inlari  ishida  o'n  sakkiz  yoshga  yetgan va  mazkur  hududda  doimiy 
yashovchi fuqarolar qatnashadi. 
Fuqarolar  yig'inining  raisi  (oqsoqol)  tegishli  hokim  bilan  kelishilgan  holda 
saylanadi. 
Fuqarolar yig'inlarida qatnashish huquqiga ega bo'lgan barcha aholining yarmidan 
ko'prog'i kelgan taqdirda, yig'inlar vakolatli hisoblanadi, vakillar yig'ilishlari esa ularga 
delegatlarning kamida uchdan ikki qismi kelgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. 
Yig'ilishni  rais  yoki  uning  maslahatchilaridan  biri  boshqaradi.  Barcha  masalalar 
bo'yicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali va oddiy ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
100 
Yig'in  bayonnomasi  va  qarorlarini  rais,  uning  yo'qligida  esa,  maslahatchilaridan  biri 
imzolab, tegishli tuman, shahar hokimiga yuboradi.  
Rais  va  uning  maslahatchilarini  fuqarolar  yig'ini  tegishli  tuman,  shahar  hokimi 
bilan kelishgan holda saylaydi. 
Maslahatchilarning  miqdorini  yig'in  belgilaydi.  Yig'inga  maslahatchilarning 
nomzodlarini  rais  tavsiya  etadi.  Rais  va  maslahatchilar  ularga  yig'inda  ishtirok  etgan 
fuqarolarning yarmidan ko'prog'i ovoz bersa, saylangan hisoblanadilar. 
O'zini  o'zi  boshqarish  organlari  o'z  mulklariga  va  moliyaviy  manbalariga  ega. 
Ular  o'zlari  qurgan,  sotib  olgan  yoki  qonunda  belgilangan  tartibda  o'zlariga  berilgan 
jamoat  ob'ektlariga,  ijtimoiy-maishiy  va  boshqa  ob'ektlarga,  shuningdek,  sotib  olingan 
transport  vositalari,  xo'jalik  anjomlari  hamda  boshqa  mol-mulkka  ega  bo'lib,  ulardan 
foydalanadilar. 
O'zini  o'zi  boshqarish  organlarining  moliyaviy  resurslari  Xalq  deputatlari 
Kengashlari  tomonidan  ajratiladigan  byudjet  mablag'laridan,  fuqarolar  va  mehnat 
jamoalarining ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, xayriya jamg'armalari ajratgan mablag'lardan 
tashkil  topadi.  O'zini-o'zi  boshqarish  organlarining  faoliyatini  tashkil  etish  tartibi  bu 
organlar to'g'risidagi qonunda belgilangan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
101 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish