98
yo'qligida esa uning o'rinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab yiliga kamida ikki
marta chaqiriladi. Shuningdek, sessiya tegishli Kengash deputatlari kamida uchdan ikki
qismining tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar o'z faoliyati yuzasidan va vakolati
doirasida tegishli qarorlar va farmoyishlar chiqarishi to'g'risida aytib o'tilgan edi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonunda mahalliy vakillik organlari va
hokimlarining aktlari Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, respublika
Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga zid
bo'lmasligi kerakligi ta'kidlangan.
Viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari va hokimlar faoliyatining qonuniy
bo'lishi turli vositalar orqali nazorat qilinadi.
Ma'lumki, Mahalliy Kengashlarning Konstitutsiyaga, qonunlarga, respublika
Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlariga zid keladigan qarorlari
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi. Quyi pog'onadagi
Kengashlarning qarorlari yuqori pog'onadagi Kengashlar tomonidan bekor qilinishi
mumkin.
Hokimlarning Konstitutsiya va qonunlarga, Prezident farmonlari, farmoyishlari va
qarorlariga, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga zid keladigan, shuningdek, hokimlarning
respublika manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O'zbekiston Prezidenti tomonidan yoki
Vazirlar Mahkamasi tomonidan to'xtatib qo'yiladi yoki bekor qilinadi.
Hokimlarning qarorlarini xalq deputatlari Kengashlari ham, quyi hokimlarning
qarorlarini yuqori turuvchi hokimlar ham bekor qila oladi. Bularning hammasi Mahalliy
Kengashlar va hokimlarning faoliyatida qonuniylik prinsipining amalga oshirilishini
kafolatlaydi.
Ularning o'z faoliyatlarini qonuniylik asosida olib borishlarining yana bir kafolati
hokimlar chiqargan hujjatlar (qaror va farmoyishlar) yuzasidan sudga shikoyat qilish
mumkinligidir. Ushbu qonunning 28-moddasida ko'rsatilishicha, fuqarolar, jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hokimlar chiqargan huquqiy
hujjatlar yuzasidan sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Shikoyat bo'yicha sud qabul qilgan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun, shu
jumladan, hokimlar uchun ham majburiydir.
Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlashda prokuratura
organlarining o'rni katta. O'zbekiston Respublikasi «Prokuratura to'g'risida»gi
qonunning 1-moddasida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi
prokurorlar barcha davlat idoralari kabi hokimlarning qonunlarni aniq va bir xilda ijro
etishini nazorat qilishi belgilab qo'yilgan. Prokuratura to'g'risidagi qonunning 22-
moddasiga binoan, prokuror hokimlarning qarorlariga nisbatan protest bildirish
huquqiga ega. Shuning uchun ham hokimning O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlariga, Prezident va hukumatning hujjatlariga zid bo'lgan va
prokuror protest bildirgan qarorlarini shu hokimning o'zi yoki yuqori turuvchi hokim
yoinki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, zaruratga qarab esa, O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti qayta ko'rib chiqadi. Prokurorning protestini ko'rib chiqish
natijasi darhol prokurorga ma 'lum qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: