Vazirlar Mahkamasi chiqaradigan hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari u qabul qiladigan
hujjatlar, qarorlar va farmoyishlar orqali amalga oshiriladi. Bu huquqiy hujjatlar
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Respublika Prezidentining
farmonlari va «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi qonun
asosida qabul qilinadi. Ushbu qonunning 20-moddasiga ko'ra: «O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O'zbekistonning
butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
93
shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar
chiqaradi».