Ma'ruza konstitutsiya doc


Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis va davlat hokimiyati



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/99
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#97280
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99
Bog'liq
ozbekiston konstitutsiyasi

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis va davlat hokimiyati 
boshqa organlari bilan munosabati 
«O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  to'g'risida»gi  qonunda  Vazirlar 
Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va davlat hokimiyatining boshqa 
organlari  bilan  munosabati  to'liq  ko'rsatib  berilgan.  Masalan,  ushbu  qonunning  4-
moddasida yangi saylangan Oliy Majlis oldida Vazirlar Mahkamasining o'z vakolatlarini 
zimmasidan  soqit  qilishi  ko'rsatilgan,  qonunning  6-moddasida  ko'rsatilishicha,  yangi 
tuzilgan Vazirlar Mahkamasi o'z vakolati davridagi faoliyatining dasturini ko'rib chiqish 
uchun Oliy Majlisga taqdim etadi. 
Vazirlar  Mahkamasi ushbu dastur asosida  O'zbekiston  Respublikasi  iqtisodiy  va 
ijtimoiy  rivojlanishining  asosiy  yo'nalishlarini  belgilaydi,  davlat  byudjetini  ishlab 
chiqadi, unga o'zgartishlar kiritishni taklif etadi hamda Oliy Majlisga tasdiqlash uchun 
taqdim etadi. 
Vazirlar Mahkamasi o'z ishi to'g'risida Oliy Majlis oldida hisob berib turadi. Oliy 
Majlis  esa,  o'z  navbatida,  hukumat  a'zosining  o'zi  rahbarlik  qilayotgan  davlat  yoki 
xo'jalik  boshqaruvi  organining  faoliyati  yuzasidan  hisobotini  eshitishi  hamda  zarur 
bo'lganda, uni iste'foga chiqarish to'g'risida Prezidentga taklif kiritishi mumkin. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
90 
Qonun bo'yicha, Vazirlar Mahkamasining a'zolari Oliy Majlis, uning qo'mitalari 
va komissiyalarining yig'ilishida qatnashish va axborot berish huquqiga egadirlar. 
Hukumatning qonun chiqaruvchi organ bilan yana bir munosabati Oliy Majlisning 
deputatlari Vazirlar Mahkamasi yoki uning ayrim a'zolari faoliyatiga taalluqli masalani 
ko'rish, Bosh vazir ana shu masala yuzasidan zarur tushuntirish va izohlarni olish hamda 
berish huquqiga egaligida namoyon bo'ladi. 
Bundan  tashqari,  Vazirlar  Mahkamasi  Oliy  Majlis  qo'mitalari  va 
komissiyalarining  hukumat  faoliyatiga  doir  tavsiyalari  va  takliflarini  ko'rib  chiqadi  va 
ular  yuzasidan  chora-tadbirlar  ko'radi.  Shu  bilan  birga,  Vazirlar  Mahkamasi  tavsiyalar 
va  takliflarni  ko'rib  chiqish  natijalari  hamda  ko'rilgan  chora-tadbirlar  to'g'risida  Oliy 
Majlisning  tegishli  qo'mitalari  va  komissiyalariga  ular  bilan  kelishilgan  muddatlarda 
axborot beradi. 
Vazirlar  Mahkamasi  to'g'risidagi  qonunda  ushbu  organning  Oliy  Majlis 
deputatlari,  qo'mitalari  va  komissiyalarining  so'rovlariga  javob  berishiga  doir 
masalalarga  ham  o'rin  berilgan.  Qonunning  7-moddasida  ko'rsatilishicha,  Oliy  Majlis 
sessiyalarida  deputatlar,  deputatlar  guruhi,  Oliy  Majlis  qo'mitalari  va  komissiyalari 
Vazirlar Mahkamasiga yoki hukumat a'zosiga hukumat  yoki unga bo'ysunuvchi davlat 
va  xo'jalik  boshqaruvi  organlarining  faoliyatiga  doir  so'rov  bilan  murojaat  qilishga 
haqlidirlar.  Bunda  hukumat  a'zolari  Oliy  Majlis  sessiyalarida  uch  kundan  kech 
bo'lmagan muddatda og'zaki yoki yozma javob berishlari shart. 
O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  Qoraqalpog'iston  Respublikasi 
Vazirlar  Kengashi  bilan  o'zaro  hamkorlik  qiladi,  uning  O'zbekiston  Respublikasi 
qonunlari,  Oliy  Majlisning  boshqa  qarorlari,  Respublika  Prezidentining  farmonlari 
hamda  xo'jalik  va  ijtimoiy-madaniy  qurilish  masalalari  bo'yicha  boshqa  aktlarning 
qanday  bajarayotganligi  haqidagi  axborotlarini  eshitadi;  Vazirlar  Mahkamasi  o'z 
vakolatiga  kiruvchi  masalalar  bo'yicha  Qoraqalpog'iston  Vazirlar  Kengashining 
takliflarini  ko'rib  chiqadi;  Vazirlar  Kengashining  O'zbekiston  qonunlariga  va  huquqiy 
normalariga zid bo'lgan qarorlari va farmoyishlarining ijro etilishini to'xtatib qo'yadi. 
O'zbekiston  bilan  Qoraqalpog'iston  Respublikalari  o'rtasidagi  iqtisodiy,  madaniy 
va  boshqa  sohadagi  munosabatlarga  doimiy  va  keng  tus  berilishi  Vazirlar  Mahkamasi 
huzurida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining doimiy vakolatxonasini 
tuzishga olib keldi. 
Respublika  Vazirlar  Mahkamasi  o'z  vakolatlari  yuzasidan  mahalliy  ijro  etuvchi 
hokimiyat  organlari  bilan  ma'lum  munosabatlarda  bo'ladi.  Bunday  munosabatlarning 
turlari va hajmi «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi qonunning 
9-moddasida to'liq ko'rsatilgan.  

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish