Ma'ruza konstitutsiya doc


Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalarining faoliyati



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/99
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#97280
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   99
Bog'liq
ozbekiston konstitutsiyasi

 
Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalarining faoliyati 
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  samarali  faoliyat  ko’rsatishida, uning 
vakolatlarini  amalga  oshirishda  Oliy  Majlisning  muhim  organlari  hisoblangan  qo'mita 
va komissiyalar alohida o'rin tutadi. 
Oliy Majlis qo'mitalari va komissiyalarining vakolatlari, ularni tuzish va faoliyat 
ko'rsatish  tartibi  «O'zbekiston  Respublikasining  Oliy  Majlisi  to'g'risida»gi 
konstitutsiyaviy  qonun,  «O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  reglamenti», 
«O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  qo'mitalari  va  komissiyalari  to'g'risida»gi 
nizom bilan belgilangan. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasiga muvofiq, Oliy Majlis 
qonun  loyihalari  tayyorlash  ishlarini  olib  borish,  Oliy  Majlis  muhokamasiga 
kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, qonunlarning va 
Oliy  Majlis  qarorlarining  ijrosini  nazorat  kilib  turish  maqsadida  deputatlar  orasidan 
qo'mitalar va komissiyalarni saylaydi hamda ularning raislarini tasdiqlaydi. 
Qo'mita  va  komissiyalarni  tuzish  chog'ida  deputatlarning  kasbiy  va  boshqa  xil 
qiziqishlari, ularning ishlab chiqarishga oid hayotiy tajribalari, erkin bildirilgan xohish-
istaklari  inobatga  olinadi.  Qo'mita  va  komissiyalar  tarkibida  fraksiyalar  va  bloklardan 
vakil deputatlar bo'lishi ta'minlanadi. Qo'mita va komissiyalar Oliy Majlisning vakolat 
muddatiga teng muddatga tuziladi. 
Qo'mita  va  komissiyalar  ro'yxati  va  ular  a'zolarining  miqdori  O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi. Qo'mita yoki komissiya tarkibiga Oliy 
Majlis Raisi va uning o'rinbosarlari saylanishlari mumkin emas. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
81 
Oliy  Majlis  deputati  Oliy  Majlisning  faqat  bitta  qo'mitasi  yoki  komissiyaga 
saylanishi  mumkin,  qo'mita  yoki  komissiya  tarkibiga  saylanmagan  deputat  ularning 
ishida maslahat ovozi bilan jshtirok etishga haqlidir. 
Qo'mitalar  va  komissiyalarning  barcha  a'zolari  teng  huquqlardan  foydalanadilar. 
Oliy  Majlis  qo'mitalari  va  komissiyalari  Oliy  Majlis  oldida  mas'ul  bo'lib,  unga  hisob 
beradilar. 
Zarur  hollarda  Oliy  Majlis  istalgan  vaqtda  yangi  qo'mitalar  va  komissiyalar 
tuzishi, ilgari tuzilganlarni tugatishi yoki qaytadan tashkil etishi mumkin. 
«O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  to'g'risida»gi  qonunning  23-moddasida 
ushbu qo'mita va komissiyalarning vakolatlari ko'rsatilgan. Bu qo'mita va komissiyalar: 
1) Oliy Majlis, uning Raisi, Oliy Majlis Kengashi top shirig'iga binoan yoki o'z 
tashabbuslari  bilan  tasarruflaridagi  masalalar  bo'yicha  qonunlarning  va  Oliy  Majlis 
boshqa qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadilar; 
2)  qonun  hujjatlarini  takomillashtirish  bilan  bog'liq  masalalarni  tayyorlaydilar, 
Oliy Majlis sessiyasi kun tartibiga doir takliflarni kiritadilar; 
3)  qo'mita  yoki  komissiya  ishida  ishtirok  etish  uchun  davlat  organlari,  jamoat 
birlashmalari vakillarini, mutaxassislar va olimlarni taklif etadilar; 
4)  o'zlari  ishlab  chiqqan  qonun  loyihalarini  ham,  qonun  chiqarish  tashabbusi 
tariqasida  tushgan  qonun  loyihalarini  ham  ilmiy  ekspertizaga  yuboradilar  va  ularning 
fikrlarini so'raydilar; 
5)  o'rganib  chiqish  uchun  o'zlariga  berilgan  qonun  loyihalari  yuzasidan  o'z 
xulosalari, takliflari va mulohazalarini yuboradilar; 
6) Oliy Majlis yig'ilishlarida o'z tasarruflaridagi masalalar bo'yicha ma'ruzalar va 
qo'shimcha ma'ruzalar bilan so'zga chiqadilar; 
7)  yuborilgan  respublika  byudjeti  loyihalarini,  uning  ijrosi  to'g'risidagi 
hisobotlarni, shuningdek, davlat strategiya dasturlari loyihalarini qarab chiqadilar; 
8)  o'z  tasarruflaridagi  masalalar  yuzasidan  respublika  hukumatiga  takliflar 
kiritadilar; 
9)  o'z  tasarruflaridagi  masalalar  bo'yicha  davlat  organlari  va  jamoat 
birlashmalaridan,  mansabdor  shaxslardan  hujjatlar,  yozma  xulosalar,  hisobotlar  va 
boshqa ma'lumotlarn talab qiladilar; 
10)  qonunlarning  va  respublika  Oliy  Majlisi  boshqa  qarorlarining  ijro  etilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradilar;  
11)  vazirliklar,  davlat  qo'mitalari  va  idoralar  rahbarlarining,  Qoraqalpog'iston 
Respublika Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining qonunlarni, Oliy Majlisning boshqa hujjatlarini 
va qo'mitalar, komissiyalar tavsiyalarini bajarish yuzasidan axborotlarini eshitadilar. 
Konstitutsiya  va  boshqa  huquqiy  hujjatlar  Oliy  Majlis  qo'mita  va 
komissiyalarining  zimmasiga  bir  qator  vakolatlarni  yuklasa-da,  ular  qonun  chiqarish 
hokimiyatini  amalga  oshiruvchi  Oliy  Majlis  singari  mustaqil  davlat  organi 
hisoblanmaydilar va shu bois normativ hujjatlar qabul qilmaydilar.  
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  va  uning  Kengashining  topshiriqlarini 
bajarish uchun deputatlar orasidan muvaqqat komissiyalar tuzilishi mumkin. 
Muvaqqat  komissiyalarning  vazifasi  va  ularning  faoliyat  tartibi  O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ularni tuzish chog'ida belgilab qo'yiladi. Muvaqqat 
komissiyalar o'z zimmalariga yuklangan vazifalarni bajarib bo'lganlaridan keyin yoxud 
Oliy  Majlis  yoki  uning  Kengashi  qaroriga  binoan,  faoliyatlarini  muddatidan  ilgari 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
82 
to'xtatadilar.  Oliy  Majlis  qo'mitalari  va  komissiyalari  ishni  o'z  rejalariga,  Oliy  Majlis, 
uning Raisi hamda Kengashi topshiriqlariga va tavsiyalariga muvofiq tashkil etadilar . 
Qo'mita  va  komissiyalar  masalalarni  jamoa  bo'lib  erkin  muhokama  qilish, 
oshkoralik hamda keng tashabbuskorlik asosida hal etadilar . 
Oliy Majlisning Raisi qo'mita va komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. 
Oliy Majlis qo'mita va komissiyalarining majlislari ochiq o'tkaziladi. Majlislarga davlat 
hamda  jamoat  idoralari  va  tashkilotlarining,  ilmiy  muassasalarning  vakillari, 
mutaxassislari  va  olimlar  taklif  etilishlari  mumkin.  Ular  majlislarda  maslahat  ovozi 
huquqi bilan qatnashadilar. 
Ko'rib  chiqiladigan  masalalar  yuzasidan  komissiya  va  qo'mitalar  tavsiya  tarzida 
qarorlar qabul qiladilar va xulosa1ar chiqaradilar. 
Oliy  Majlisning  qo'mita  va  komissiyalarida  barcha  masalalar  ular  a'zolarining 
ko'pchilik  ovozi  bilan  hal  etiladi.  Komissiya  yoki  qo'mitaning  qarorlari,  xulosalar  va 
majlis  bayonlarini  komissiya  yoki  qo'mita  raisi  imzolaydi.  Ishlab  chiqilgan  tavsiyalar 
tegishli  idoralar  va  tashkilotlarga  yuboriladi  va  zarur  hollarda  Oliy  Majlis  Raisi  va 
Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziriga ma'lum qilinadi. 
Davlat  organlari  va  jamoat  birlashmalari  qo'mitalar  va  komissiyalarning 
qarorlarini olgach, ko'rib chiqishlar, natijalar va ko'rilgan choralar haqida, agar qarorda 
o'zgacha qoida belgilanmagan bo'lsa, uzog'i bilan bir oy muddat ichida xabar qilishlari 
shart. 
Oliy  Majlis  qo'mitalari  va  komissiyalari  o'z  faoliyatlarini  oshkoralik  asosida 
amalga oshiradilar, faoliyatlari haqida jamoatchilikni xabardor qiladilar . 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
83 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish