78
doirasida ish olib boradi. Fraksiya, blok rahbari fraksiyani, blokni ro'yxatga olish
to'g'risidagi iltimos bayon etilgan ariza bilan Oliy Majlisga murojaat etadi. Arizalarni
Oliy Majlis sessiyasida qarab chiqish vaqtida fraksiyalarning, bloklarning rahbarlari
tuzilgan fraksiyaning, blokning maqsad va vazifalari to'g'risida axborot berishi, boshqa
ma'lumotlarni aytishi mumkin.
Oliy Majlis rasmiy fraksiyalarni, bloklarni ro'yxatga olish masalasi yuzasidan
qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis blok va fraksiyalarining faoliyati to'g'risidagi masala mantiqan
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy Majlis va unga saylov to'g'risidagi
qonunlardan kelib chiqadi. Bu hujjatlarga muvofiq, O'zbekistonda ijtimoiy hayot,
siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi fsosida rivojlanadi; siyosiy
partiyalar xalqimiz turli tabaqa va guruhlarining irodasini ifodalab, deputatlikka
saylangan o'z vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda va uning faoliyatini amalga
oshirishda ishtirok etadi. Chunki partiya xalqning, ijtimoiy qatlamning bir qismi bo'lsa,
blok va fraksiyalar Oliy Majlis hamda siyosiy partiyaning muayyan bo'lagidir. Shuning
uchun ham O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 1996-yil 26-dekabrda «Siyosiy
partiyalar to'g'risida» alohida qonun qabul qilib, unda siyosiy partiyalarning O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari faoliyatiga alohida modda ajratdi.
Qonunning 13-moddasiga muvofiq, siyosiy partiyalarning O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan ko'rsatilgan
deputatlarning ta'sis yig'ilishlarida va o'z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan
o'tkazish uchun tuziladi.
Siyosiy partiyaning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyasi quyidagi
huquqlarga ega: sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish; sessiya kun tartibidagi har
bir masala bo'yicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so'z berilishi; tegishli
ravishda respublika hukumatiga, vazirlarga, boshqa davlat organlarining rahbarlariga
so'rovlar bilan murojaat etish; Oliy Majlis rahbarligiga, qo'mita va komissiyalar
raisligiga nomzodlar bo'yicha takliflar kiritish; sessiyada muhokama qilinayotgan
masala bo'yicha fraksiya fikrini deputatlar orqali bildirish; nazarda tutilgan boshqa
vazifalarni amalga oshirish.
Siyosiy partiya fraksiyasining va blokning rahbarlari Oliy Majlis Kengashining
tarkibiga kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II chaqiriq I sessiyasida 2000-yil 22-
yanvarda Oliy Majlisning deputatlar bloklari va partiya fraksiyalari ro'yxatga olindi.
Partiya fraksiyalari bir-biridan farq qiladigan o'z faoliyat dasturlariga ega bo'lib, Oliy
Majlisning qonun chiqarish faoliyatida siyosiy murosalar asosida ish olib borib, eng
muhim vazifalarni bajarishga ko'maklashmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: