Ma'ruza konstitutsiya doc


Oliy Majlisining qonun chiqaruvchilik faoliyati



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/99
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#97280
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99
Bog'liq
ozbekiston konstitutsiyasi

Oliy Majlisining qonun chiqaruvchilik faoliyati. 
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  qonun  chiqaruvchilik  faoliyati  to'rt 
bosqichda  bo'ladi.  Ushbu  bosqichlar  konstitutsiyaviy  huquq  nazariyasida  qonun 
chiqarish jarayoni deb ataladi va qonun loyihasini taklif qilish, muhokama qilish, qabul 
qilish, hamda qonunni imzolash va e'lon qilishdan iborat bo'ladi. 
Qonun  chiqarish  jarayonining  birinchi  bosqichi.  O'zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining 82-moddasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik 
tashabbusi  huquqiga  ega  organlarning  ro'yxati  keltiriladi.  Qonunchilik  tashabbusi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
75 
huquqiga  O'zbekiston  Respublikasining  Prezidenti,  shuningdek,  o'z  davlat 
hokimiyatining  oliy  organi  orqali  Qoraqalpog'iston  Respublikasi,  O'zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  deputatlari,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi,  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy  sudi,  Oliy  sudi,  Oliy  xo'jalik 
sudi, Bosh prokurori egadirlar. 
Oliy  Majlisga  qonunchilik  taklifi  bilan  murojaat  etish  huquqi  xech  kim  uchun 
cheklanmagan. Shunday taklif kiritilgan taqdirda esa, qonun loyihalari qonun chiqarish 
tashabbusi  huquqiga  ega  bo'lgan  yuqorida  ko'rsatilgan  idoralar  va  shaxslar  orqali 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilishi mumkin. 
Qonun  chiqarish  jarayonining  ikkinchi  bosqichida  Oliy  Majlis  taqdim  etgan 
loyihalarni  qonun  chiqarish  jarayonining  barcha  qoidalariga  to'la  rioya  etgan  holda 
ko'rib  chiqishi  shart.  Shuni  ham  nazarda  tutish  kerakki,  Oliy  Maj1is  shu  qonun 
loyihasini ma'qullash yoki inkor etish huquqiga ega. 
Qonun  loyihasi  yoki  qonun  chiqarish  to'g'risidagi  taklif  dastlabki  tarzda  ko'rib 
chiqish  va  ishlab  chiqish  uchun  Oliy  Majlis  Raisi  tomonidan  Oliy  Majlisning  tegishli 
qo'mitalari va ayni bir vaqtda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik va 
sud-huquq  masalalari  qo'mitasiga  yuboriladi.  Bunda  xulosa  tayyorlash  uchun  bosh 
qo'mita yoki komissiya belgilab qo'yiladi. 
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  kiritilgan  qonun  loyihalarini  ko'rib 
chiqish  bir  necha  o'qishda  amalga  oshirilishi,  shuningdek,  joylardagi  deputatlar 
guruhlari tomonidan dastlabki tarzda muhokama qilinishi murnkin. 
Qonun  loyihasining  birinchi  o'qilishida  Oliy  Majlis  qonun  loyihasi 
tashabbuskorining  ma'ruzasini  va  bosh  qo'mita  yoki  komissiyaning  qo'shimcha 
ma'ruzasini  tinglaydi,  qonun  loyihasining  asosiy  qoidalarini  muhokama  qiladi  hamda 
tuzatishlar  shaklida  taklif  va  mulohazalar  bildiradi,  zarur  hollarda  qonun  loyihasini 
muhokama etish uchun matbuotda e'lon qilish haqidagi takliflarni ko'rib chiqadi. 
Muhokama yakunlari bo'yicha Oliy Majlis qonun loyihasining asosiy qoidalarini 
ma' qullaydi yoki rad etadi. 
Qonun  loyihasi  ma'qullangan  taqdirda,  Oliy  Majlis uni ikkinchi o'qishga taqdim 
etish muddatini belgilaydi. 
Birinchi o'qishda ko'rib chiqilgan qonun loyihasiga doir to'xtam, agar Oliy Majlis 
deputatlari umumiy sonining ko'pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo'lsa, qabul qilingan 
hisoblanadi. Bunday to'xtam Oliy Majlisning qarori bilan rasmiylashtiriladi. 
Qonun  loyihasiga  va  uning  ayrim  moddalariga  tuzatishlarni  deputatlar  yozma 
ravishda  Oliy  Majlis  Kengashi,  bosh  qo'mita,  komissiya  yoki  qonun  loyihasini 
maromiga  yetkazish  topshirilgan  qo'mitaga  qonun  loyihasining  ikkinchi  o'qishdagi 
muhokamasi  boshlanishidan  kamida  uch  kun  oldin  topshiradilar.  Qonun  loyihasini 
maromiga yetkazish topshirilgan qo'mita loyihaga kiritilgan tuzatishlarni qarab chiqadi 
va uni ikkinchi o'qishdagi muhokamaga tayyorlaydi. 
Maromiga  yetkazilgan  qonun  loyihasi,  Oliy  Majlis  Kengashining  qaroriga 
muvofiq, ikkinchi o'qishda muhokamaga kiritiladi.  
Qonun  loyihasi  yuzasidan  ikkinchi  o'qish  chog'ida,  loyiha  moddama  modda, 
bo'limlar  bo'yicha  yoki  butunlay  muhokama  qilinadi.  Birinchi  yoki  ikkinchi  o'qish 
natijasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonun loyihasini qabul qiladi yoki rad 
etadi yoxud maromiga yetkazish uchun qaytaradi. 
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  qaroriga  muvofiq,  eng  muhim 
qonunlarning loyihalari umumxalq ovoziga (referendumga) qo'yilishi mumkin. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
76 
Qonun  chiqarish  jarayonining  uchinchi  bosqichi.  Ma'lumki,  Oliy  Majlis 
vakolatlari  amalga  oshirilishining  huquqiy  shakli  u  qabul  qiladigan  qonun  hujjatlari 
hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining qonunlari Oliy Majlis qabul qiladigan asosiy 
hujjatlardir. 
O'zbekiston  Respublikasi  qonuni  o'ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  U  faqat  Oliy  Majlis 
sessiyasida qabul qilinadi va butun O'zbekiston xalqining erkini ifoda etadi. O'zbekiston 
Respublikasining  qonuni  o'zida  huquqiy  qoidalarni  mujassam  etadi  va  shuning  uchun 
huquqiy normativ hujjat hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi hududida amalda bo'lgan 
qonunlarning  bajarilishi  barcha  davlat  organlari,  jamoat  birlashmalari  va  fuqarolar 
uchun  majburiydir.  Davlat  organlarining  huquqiy  normativ  aktlari  qonunga  muvofiq 
bo'lishi shart. O'zbekiston Respublikasining qonunlari barcha davlat organlari, o'zini-o'zi 
boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolar faoliyatining huquqiy asosidir. U 
davlat  organlari  chiqaradigan  barcha  huquqiy  hujjatlardan  ustun  turadi.  Ma'lumki, 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
83-moddasi 
va 
«O'zbekiston 
Respublikasining Oliy Majlisi to'g'risida»gi konstitutsiyaviy qonunning 9-moddasiga va 
2000-yil  14-dekabrda  qabul  qilingan  «Normativ  huquqiy  hujjatlar  to'g'risida»gi 
Qonunga  muvofiq,  Oliy  Majlis  O'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasini, 
konstitutsiyaviy  qonunlarini,  qarorlar  va  boshqa  hujjatlarni  qabul  qiladi.  Oliy  Majlis 
hamda  uning  Kengashi,  shular  bilan  bir  qatorda  murojaatnomalar,  deklaratsiyalar  va 
bayonotlar qabul qilishi mumkin. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish