Ma'ruza konstitutsiya doc


  O’zbekiston Respublikasining Sudlar to’g’risida”gi qonuni. Xalq so’zi. 2001



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/99
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#97280
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Bog'liq
ozbekiston konstitutsiyasi

2.  O’zbekiston Respublikasining Sudlar to’g’risida”gi qonuni. Xalq so’zi. 2001 
yil 13 fevral. 
3.  O’zbekiston Respublikasi “Prokrutura to’g’risida”gi qonun. 1992 yil 9-
dekabr. O’zbekiston yangi Qonunlari 7-soni T. “Adolat”  1993 yil. 
4.  I.A. Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. T. “O’zbekiston”. 1998 
yil.  
5.  “O’zbekiston Respublikasini Vazirlar mahkamasi to’g’risida”gi qonun 1993 
yil 6 may. O’zbekistonning yangi qonunlari 6-son. T. “Adolat” 1994 yil.  
 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari 
tizimida tutgan o'rni 
Parlamentning davlat organlari tizimidagi o'rni va mavqei juda muhim. Parlament 
so'zi  fransuzcha  «parlef»  so'zidan  olinib,  gapirmoq,  so'zlamoq  ma'nosini  anglatadi. 
Nimaga  davlatning  oliy  organi  «so'zlovchi»  organ  deb  atalganini  surishtirsak,  biz 
parlamentning  ahamiyatini  tushunib  olamiz.  Qadimgi  Rim,  Gretsiya  davlatlarida  xalq 
vakillik  organlari  mavjud  bo'lgani  bilan  parlamentning  vatani  Angliya  sanaladi.  1215-
yili  qirol  hokimiyatining  zo'ravonligidan  charchagan  aslzodalar  qirol  hokimiyatiga 
qarshi chiqishdi va «Erkinliklar Buyuk partiyasini» e'lon qilishdi. Unga ko'ra davlatning 
asosiy  masalalari  hududiy  birliklardan  yuborilgan  aslzodalar  vakillik  organi  bilan 
bamaslahat qabul qilinishi nazarda tutilgan.  
Shu  davrgacha  qirol  o'z  bilganicha  insonlar  hayotiga,  molmulkiga  hukmronlik 
qilib kelgan edi.  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
69 
Parlamentning  paydo  bo'lishi  tarixiy  zarurat  edi.  Chunki  odil  qirol  bo'lganida 
ham, u oddiy fuqaro manfaatini amalga oshirish uchun barcha hudud xalq vakillaridan 
mavjud  muammolarni  bilishi  kerak  bo'lardi.  Parlament  oddiy  kishilar  manfaatlarini 
ko'zlab  davlat  hokimiyatini  amalga  oshirish  mexanizmini  shakllantirib  keldi.  Aynan 
parlamentning paydo bo'lishi jamiyatni evolyutsion rivojlanishiga xizmat qildi.  
Chunki  parlament  fuqarolar,  ularning  turli  guruhlari  o'rtasidagi  ziddiyatlarni 
mavjud ijtimoiy holatdan kelib chiqqan holda barcha uchun qulayroq yechimini topib, 
jamiyatda murosa va tinchlikni ta'minlagan. 
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  ham  parlamentarizm  madaniyatining 
barcha 
yutuqlarini 
o'zida 
mujassamlashtirgandir. 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi  bo'yicha  davlat  hokimiyatining  tashkil  etilishi  va  faoliyati 
vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshiradi.  
Qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyati  davlatning  uch  asosiy 
tayanchidir.  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  ana  shu  uchta  hokimiyat 
idorasining  uyg'un  faoliyatini  ta'minlash  vositalari,  ularni  davlat  siyosatining  umumiy 
yo'nalishlari  bo'yicha  murosaga  keltirish  va  bu  idoralarning  o'zaro  bir-birlarini  tiyib 
turish mexanizmini vujudga keltiruvchi qoidalar mustahkamlangan. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga muvofiq O'zbekiston 
Respublikasining  Oliy  Majlisi  Respublikada  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni  amalga 
oshiruvchi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. 
1992-yilgi  Konstitutsiya  qabul  qilgunga  qadar,  Respublika  Oliy    Kengashi  oliy 
hokimiyat organi hisoblanar edi.  
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi avvalgi Oliy Kengashdan ko'pgina jihatlari 
bilan ajralib turadi. Respublika Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning l-sessiyasida 
so'zlagan nutqida bu farqlarni ko'rsatib o'tib, shunday degan edi: «Oliy Majlis sobiq Oliy 
Kengashdan butun mazmun mohiyati bilan farq qiladi. Uning shakllanishidan tortib, o'z 
faoliyatini tashkil etish tartiblari va ish usullarigacha buni yaqqol isbotlaydi»
1

Respublika Oliy Majlisining avvalgi Respublika Oliy Kengashidan birinchi farqi 
shundaki, Oliy Majlis birinchi marta ko'ppartiyaviylik asosida shakllandi. 
Har  bir  partiyaning deputatlari  Oliy  Majlisda partiya  fraksiyalarini tashkil  etadi. 
Shu  partiya  fraksiyalari  orqali  siyosiy  partiyalar  Oliy  Majlisning  qonun  chiqarish 
faoliyatida  faol  qatnashib,  shu  tariqa  davlat  boshqaruviga  munosib  hissa  qo'shadigan 
bo'ldilar.  
Respublika  Oliy  Majlisining  Oliy  Kengashdan  ikkinchi  farqi  shundaki,  Oliy 
majlis deputatlarini shakllantirish avvalgi Oliy Kengashni sinfiy asosida soni va o'rnini 
avvaldan  ko'rsatib,  shakllanishidan  butunlay  farq  qilib,  hozirda  mavjud  partiya 
vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylanadi. 
Respublika  Oliy  Majlisining  avvalgi  Oliy  Kengashdan  uchinchi  farqi  shundaki, 
Oliy Majlis tarkibidagi deputatlarning ma'lum bir qismi Oliy Majlis tuzilmalari va uning 
qo'mitalarida doimiy ishlash uchun qoldiriladi. 
Respublika  Oliy  Majlisining  yana  bir  farqli  jihati  shundaki,  Oliy  Majlis 
O'zbekistonni mustaqil tashqi siyosat olib borishi tufayli bir qator nufuzli tashkilotlarga 
a'zo  bo'ldi.  Shu  jurnladan:  Parlamentlararo  Ittifoq  (1992-yil),  Yevropa  xavfsizlik  va 
hamkorlik  tashkilotlarining  Parlament  Assambleyasi.  Oliy  Majlis  O'zbekistonning 
jahondagi  barcha  Parlamentlar  bilan  aloqalarini  yanada  mustahkamlash  maqsadida  o'z 
qoshida maxsus parlamentlararo aloqalar qo'mitasini tashkil qildi. Bundan tashqari Oliy 
Majlis  avvalgi  Oliy  Kengashdan  boshqa  xislatlar  bilan,  ya'ni  deputatlar  soni  va 
deputatlikka saylanish yoshi bilan ham farqlanadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
70 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali organdir. Oliy Majlisga saylov 
umumiy,  teng,  to'g'ridan-to'g'ri  saylov  huquqi  asosida  yashirin  ovoz  berish  yo'li  bilan 
o'tkaziladi. 
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  vakolat  muddati  tugagach,  u  yangi 
chaqiriq  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  ish  boshlaguniga  qadar  o'z  faoliyatini 
davom ettirib turadi. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish