Ma'ruza konstitutsiya doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/99
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#97280
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Bog'liq
ozbekiston konstitutsiyasi

O'zbekiston xalqi. 
O'zbekiston  xalqini  millatidan  qat'i  nazar  O'zbekiston  Respublikasi  fuqarolari 
tashkil  etadi.  Bu  konstitutsiyaning  8-moddasida  qayd  etilgan.  O'zbekiston  aholisi  26 
million kishidan ortiq. O'zbek millati aholining taxminan 78 foizini tashkil etadi. Ayni 
vaqtda  O'zbekiston  hududida  o'z  madaniyatiga  va  an'analariga  ega  bo'lgan  millat 
vakillari  yashaydi.  O'zbekiston  hududida  130  millat  va  elat  vakillari  istiqomat  qiladi. 
Millat  vakillarining  tarkibiga  agar  e'tibor  bersak:  ruslar,  tojiklar,  qozoqlar,  qirg'izlar, 
turkmanlar, ozarboyjonlar, uyg'urlar, tatarlar, dunganlar, gruzinlar, moldavanlar, arman, 
yahudiy va boshqa milliy guruhlar yashab mehnat qilishadi. 
Respublikada  istiqomat  qiluvchi  barcha  millatlarning  milliy  madaniyatlari,  urf-
odatlari,  an'analari  va  tillariga  o'zaro  hurmatda  bo'lish  konstitutsiyaviy  talablardan 
biridir.  Konstitutsiyaning  4-moddasida  bu  masala  o'z  aksini  topgan:  «O'zbekiston 
Respublikasi  o'z  hududida  istiqomat  qiluvchi  barcha  millat  va  elatlarning  tillari,  urf-
odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit 
yaratadi».  Konstitutsiya  O'zbekiston  fuqarosi  deb  hisoblangan  barcha  shaxslarni, 
ularning  millati,  tili,  urf-odatlari  va  milliy  an'analaridan  qat'i  nazar,  hurmat  qilinishini 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
64 
huquqiy  jihatdan  kafolatlaydi.  Shu  bois  har  bir  insonning  o'zini  erkin  va  teng  huquqli 
deb his qilish imkonini beradigan munosabatlar o'rnatilmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining joriy yillarida Respublikada 100 ta 
milliy-madaniy  Markaz  ta'sis  etildi  va  ular  millatlararo  hamjihatlikni  ta'minlashda 
muhim rol o'ynamoqda. Ularning tashkil topishi bilan millat vakillarida o'z urf-odatlari, 
an'analari va tilini qayta tiklash uchun imkoniyatlar yaratildi. Milliy-madaniy Markazlar 
tomonidan  amalga  oshirilayotgan  tadbirlar  millatlar  o'rtasida  aloqalarning  yanada 
mustahkamlanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Dinga  e'tiqod  erkinligi  ham 
huquqiy  jihatdan  ta'minlangan.  Bugungi  kunda  mamlakatimizda  ko'p  millatlilik 
sharoitida 15 ta diniy konfessiya birlashmalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 
O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  XVII  bobida  Qoraqalpog'iston 
Respublikasining  maqomi  va  uning  suvereniteti  muhofaza  etilishi  mustahkamlab 
qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi o'rtasidagi o'zaro 
munosabatlarning  huquqiy  asoslari  Konstitutsiyaning  70-  75-moddalarida  keng 
yoritilgan.  Suveren  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  O'zbekiston  Respublikasi  tarkibiga 
kiradi.  Bunday  holat  O'zbekistonning  va  Qoraqalpog'istonning  umumiy  mushtarak 
manfaatlariga  monand  keladi.  Qoraqalpog'iston  suvereniteti  O'zbekiston  Respublikasi 
tomonidan  muhofaza  qilinadi.  O'zbekiston  Respublikasi  qonunlari  Qoraqalpog'iston 
Respublikasi hududida ham majburiydir. O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston 
Respublikasi  o'rtasidagi  o'zaro  munosabatlar  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi 
doirasida tuzilgan shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solinadi. 
Qoraqalpog'iston Respublikasining konstitutsiyaviy belgilari: o'z konstitutsiyasiga 
egaligi,  respublika  parlamenti  mavjudligi,  respublika  maqomining  O'zbekiston 
Respublikasi  va  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  tomonidan  belgilanishi 
tashkil  etadi.  1993-yilda  Qoraqalpog'iston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  qabul 
qilindi.  Bu  esa  o'zbeklar  bilan  qoraqalpoqlarning  abadiy  birligi  va  qon-qardoshligini 
to'la tasdiqlaydi. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish