Ma'ruza konstitutsiya doc


O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/99
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#97280
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99
Bog'liq
ozbekiston konstitutsiyasi

O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi 
Boshqaruv har qanday jamiyatning ichki ehtiyojidir. Mehnat jarayoni va umuman 
har  qanday  faoliyat  jarayonini  tashkil  etish  ehtiyoji  boshqaruvni  keltirib  chiqaradi. 
Boshqaruv - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.  
Jamiyat  maxsus  boshqaruv  tizimisiz  mavjud  bo'la  olmaydi.  Jamiyat  hayotidagi 
tartib jamiyat nomidan ish yurituvchi maxsus davlat boshqaruv tizimi va mustaqil shaxs 
hamda  jamoalarning  ijtimoiy  o'z-o'zini  boshqaruvi  tizimi  asosiga  qurilgandir.  Lekin 
davlatgina  jamiyatning  yaxli  boshqaruv  tizimi  bo'lib  xizmat  qila  oladi.  Davlat 
boshqaruvining  o'ziga  xos  tizimi  shundaki,  u  davlat  qonunlarining  hamma  fuqarolar 
uchun  majburiy  bo'lgan  kuchiga,  jamiyatga  va  uning  a'zolariga  taalluqli  bo'lgan 
ommaviy hokimiyatga tayanadi. Davlat boshqaruvining samaradorligi uning hokimiyati 
uyushqoqligi  bilan  kafolatlanadi.  Ijtimoiy  boshqaruv  tizimida  davlat  asosiy  bo'g'inni 
tashkil etadi. Buni davlat tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruvni anglatgani uchun 
«Davlat boshqaruvi» deb atash mumkin. 
 Davlat  boshqaruv  tizimi  -  ijro  hokimiyatini  amalga  oshiruvchi  idoralar  tizimi, 
ya'ni  ijro  etish  va  farmoyish  berish  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  tizimidan 
iborat. 
O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimi quyidagilardan iborat: 
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti – Davlat boshlig'i sifatida; 
-  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  rahbarligidagi  Vazirlar  Mahkamasi  – 
respublika hukumati; 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
65 
- O'zbekiston Respublikasi vazirliklari; 
- O'zbekiston Respublikasi davlat qo'mitalari; O'zbekiston Respublikasi markaziy 
davlat boshqaruvi idoralari va ularning joylardagi mahalliy organlari; 
- viloyat, shahar, tuman hokimliklari hamda ularning bo'lim va boshqarmalari. 
Davlat  boshqaruvi  tizimining  yuqoridagi  tarmoq  va  yo'nalishlari  O'zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  har  bir  sohaga  tegishli  qonun  hujjatlariga  tayanib  ish 
ko'radilar. 
Davlatning  boshqaruv  shaklini  aniqlashda  eng  muhim  belgilardan  biri  davlat 
boshlig'ining  huquqiy  maqomi  qandayligi,  u  davlat  boshiga  qanday  yo'l  bilan  kelishi 
hisoblanadi. Hozirgi dunyodagi mamlakatlar boshqaruv tizimi shakl jihatdan turlichadir. 
Dunyo  davlatchiligi  taraqqiyotida  boshqaruvning  asosan  ikki  shakli  –  respublika  va 
monarxiya shakli keng tarqalgan. 
Respublika  xalq  hokimiyati  demakdir.  Respublika  tushunchasi  huquqiy  qadriyat 
sifatida  –davlat  idoralari  vakolatlarini  aniq  belgilab  berishni,  qonun  chiqaruvchi  va 
ijroiya  organlarning  saylab  qo'yilishini,  ovoz  beruvchilarning  xohish-irodasi  hisobga 
olinishini bildiradi. Bu jihatlar Respublika tushunchasining ajralmas belgilaridir. 
Respublika  o'z  navbatida  Prezidentlik  Respublikasi,  Parlamentar  Respublika  va 
aralash  respublika  shaklida  bo'ladi.  Prezidentlik  Respublikaning  Parlamentar 
respublikadan  farqi  shundaki,  prezident  xalq  tomonidan  saylanadi,  u  davlat  va  ijro 
hokimiyatning  boshlig'i  hisoblanadi,  hukumat  prezident  tomonidan  tuziladi  va  unga 
hisobot beradi. 
Parlamentar  respublikada  esa  parlament,  ya'ni  Oliy  vakillik,  qonun  chiqaruvchi 
idora, prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi. Parlament saylovlarida g'alaba qilgan 
partiya  rahbarlari  hukumatni  tuzadilar.  Hukumat  boshlig'I  bosh  vazir  bo'lib,  real 
hokimiyat uning qo'lida bo'ladi. Parlament hukumat qarorlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi.  
Butun  hukumat  yoki  uning  ayrim  a'zolarini  iste'foga  jo'natadi.  Hukumat 
par1ament  oldida  hisob  beradi.  Davlat  boshqaruvining  parlamentar  respublika  shakli 
hozirgi  davrda  Olmoniya  Federativ  Respublikasi,  Italiya,  Hindiston,  Avstriya,  Polsha, 
Ruminiya, Turkiya kabi mamlakatlarda o'rnatilgan.  
Aralash  respublikada  prezidentlik  va  parlamentar  respublikaning  asosiy 
xususiyatlari  aralashgan  holda  o'z  aksini  topadi.  Bunda  prezident  bevosita  xalq 
tomonidan  ma'lum  muddatga  saylanadi.  U  bevosita  hukumatga  rahbarlik  qilmaydi. 
Hukumatni bosh vazir boshqaradi. Prezident Konstitutsiyaga binoan parlament yoki uni 
quyi  palatasini  tarqatib  yuborish  huquqiga  ega.  Qonun  bilan  belgilangan  muddat 
o'tgandan so'ng,  xalq  tomonidan  saylangan  hokimiyat  organlarining vakolati  tugatiladi 
va ularga qaytadan saylov o'tkaziladi. Aralash respublika shakli hozirgi davrda Fransiya 
va Rossiya Federatsiyasi uchun xosdir . 
Davlat  boshqaruvining  prezidentlik  respublikasi  shakli  -  davlat  boshqaruvining 
samarali shakli bo'lib, davlatni boshqarish san'ati nazariyoti va amaliyotining taraqqiyoti 
natijasida  tarixiy  tajriba  asosida  tanlab  olingan  yo'llardan  biri.  Bu  boshqaruv  shaklida 
davlatni  boshqarishda  Parlamentga  nisbatan  Prezidentning  huquqlari  ustuvorligi 
ta'minlangan bo'ladi. 
Prezidentlik  respublikasi  hozirgi  kunda  eng  ko'p  tarqalgan  davlat  boshqaruv 
shakli hisoblanadi. 1995-yilgi ma'lumotga ko'ra BMTga a'zo 186 davlatdan 140 tasida 
prezident lavozimi mavjud bo'lib, ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir. Bular 
AQSh, Argentina, Braziliya, Meksika, Gonduras, Zambiya, Urugvay va boshqalardir. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
66 
O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakatda davlatni idora etishning 
zamonaviy  hamda  samarali  shakli  -  prezidentlik  shakli  tizimi  qaror  toptirildi.  Ya'ni, 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish