176
54-dars
Topshiriq.
Quyidagi savollarga og‘zaki javob bering.
1. Quyidagi Orol dengizining rasmlarini ko‘rib, nimani tushundingiz?
2. “Insonning tabiatga ta’siri” deganda nega ko‘pchilik tabiatga zarar keltirishni
tushunadi? Buning sababi nimada?
3. Bir jumlani ko‘pchilik har xil tushunadi. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
4. Quyidagi she’riy parcha yordamida rasmlarga sarlavha topib, o‘z munosabatingizni
qisqa jumlada ifodalang:
Xasta holing, xasta o‘yga botursan,
Bemajol, bemador, behol yotursan.
Doding bilan dunyoni uyg‘otursan,
Ketib qolma, Orolim! (Muhammad Yusuf)
Tilmiz tarixida qo‘llanib, hozirda uning o‘rnini boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlar
egallagan birliklarimiz ham bor. Quyida ana shunday
“Unutilgan so‘zlar”
dan namunlar
keltiramiz:
im
– parol //
o‘ron
– parol
archi
– sumka
utug
– dazmol, utyuk
ulatu
– dastro‘mol
N.Jo‘raqo‘ziyevning “Im bilsa, er o‘lmas”
maqolasi asosida tayyorlandi.
TI
L SANDIG
‘I
UNUTILGAN SO‘ZLAR
177
Topshiriq.
Matnni diqqat bilan o‘qing.
1994- yilda braziliyalik fotojurnalist Sebastyan Salgado Ruandadagi qatliom
dahshatlarini suratga olib, uyiga qaytdi. U Braziliyaning o‘zi tug‘ilgan Minas-Jyerays
hududidagi cheksiz o‘rmonda
xotirjamlikda yashab, o‘ziga kelmoqchi bo‘ldi.
Ammo u bu yerda ko‘rganidan dahshatga tushdi: bir necha yil ichida yam-yashil va
jonivorlarga boy bo‘lgan o‘rmon qurigan, shovullagan daryo tashlandiq yerga aylangan,
yovvoyi tabiat ham izsiz yo‘qolgan edi. Bir paytlar quyuq o‘rmon bo‘lgan yerning atigi 0,5 %
hududidagina daraxtlar qolgandi.
Shunda uning turmush o‘rtog‘i Leliya o‘rmonni avvalgi holiga qaytarish uchun
harakat
qilishlari kerakligini aytdi. Sebastyan bu taklifni qo‘llab-quvvatladi va oila ilgarigi o‘rmon
hududiga daraxt ekishga qaror qildi.
Salgadolar dastlabki
nihollarni 1998- yilda ekishdi,
ammo bunday ulkan hajmdagi
ish uchun
ikki kishi kamlik
qilardi. Maydoni 1 754 akr
bo‘lgan o‘rmonni tiklash uchun
ular 24 kishini yollashdi.
Shu bilan birga Sebastyan
bu loyihani moliyalashtiradigan
va qo‘llab-quvvatlaydigan
hamkorlarni ham izladi. O‘z
missiyasiga boshqalarning
e’tiborini tortish uchun oila
“Instituto Terra” ekologik
tashkilotini tuzdi.
2019- yilga kelib 293 turdagi
4 mln tupdan ortiq daraxt o‘tqazildi va 1 502 akr tropik o‘rmon tiklandi. Tashlandiq hudud
yana ko‘rkam holiga qaytdi.
178
O‘rmon tufayli butun ekotizim qayta tiklandi. Bu yerga jonivorlar qaytdi. Tropik
mikroiqlim tiklanganligi bois yog‘inlar miqdori
ham oshib, qurigan irmoqlar to‘lib oqa
boshladi.
(Kun.uz)
Do'stlaringiz bilan baham: