174
MATNNI QISQARTIRISH NAMUNASI
MATN.
Katta xomashyo konlarini faol o‘zlashtirish jarayonida yaqin atrofdagi
tuproqlarning ifloslanish radiusi 40 kilometrgacha bo‘lishi mumkin. Tuproq qayta
ishlanadigan moddalarning zararli ekanligiga qarab turli xil kimyoviy o‘zgarishlarga
duchor bo‘ladi. Qachonki yerga ko‘p miqdorda
zaharli moddalar tushsa, daraxtlar,
butalar va hatto o‘tlar unib chiqmaydi. Binobarin, hayvonlar uchun ozuqa yo‘q, ular
nobud bo‘ladi yoki yashash uchun yangi joy izlab ketishadi. Ushbu muammolarning
yechimi sifatida atmosferaga zararli moddalar chiqindilarini chiqarishni kamaytirish,
shuningdek, zarar ko‘rgan hududlarni tiklash va tozalash bo‘yicha choralarni ko‘rish
kerak.
QISQARTIRISH.
Katta xomashyo konlarini faol o‘zlashtirishda
(jarayonida)
yaqin
atrofdagi tuproqlarning ifloslanish radiusi 40
km
gacha bo‘ladi.
(bo‘lishi mumkin)
Tuproq
qayta ishlanadigan moddalarning zararliligiga
(ekanligiga)
qarab turli
(xil)
kimyoviy
o‘zgarishlarga uchraydi.
(duchor bo‘ladi)
(Qachonki)
Yerga ko‘p
(miqdorda)
zaharli
moddalar tushganda nabotot olami
(daraxtlar, butalar va hatto o‘tlar unib chiqmaydi)
nobud bo‘ladi. Ozuqa yo‘qligidan hayvonlar qirilib ketadi yoki yashashga boshqa joy
qidirishadi.
(Binobarin, hayvonlar uchun ozuqa yo‘q, ular nobud bo‘ladi yoki yashash
uchun yangi joy izlab ketishadi.)
Ushbu muammolarning yechimi atmosferaga
zararli
(moddalar)
chiqindilarini chiqarishni kamaytirish, shuningdek, zarar ko‘rgan hududlarni
tiklash va tozalash bo‘yicha choralarni ko‘rish kerak.
Berilgan matn
Matnning
qisqartma shakl
Yirik xomashyo konlarini faol
o‘zlashtirish jarayonida yaqin atrofdagi
tuproqning ifloslanish radiusi 40
kilometrgacha bo‘lishi mumkin. Tuproq
qayta ishlanadigan moddalarning
zararli ekanligiga qarab
turli xil kimyoviy
o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Qachonki
yerga ko‘p miqdorda zaharli moddalar
tushsa, daraxtlar, butalar, o‘tlar o‘sishdan
to‘xtaydi, quriydi va hatto qayta unib
chiqmaydi. Binobarin, hayvonlar uchun ham
ozuqa yo‘qoldimi, demak, ular nobud bo‘ladi
yoki yashash uchun yangi makon izlab
ketishadi. Ushbu
muammolarning yechimi
sifatida atmosferaga xavfli chiqindilar
chiqarishni kamaytirish, shuningdek, zarar
ko‘rgan hududlarni tozalash va qayta tiklash
bo‘yicha tezkor va muhim choralarni ko‘rish
kerak.
Yirik xomashyo konlarini faol
o‘zlashtirishda yaqin atrofdagi tuproqning
ifloslanish radiusi 40 kmgacha bo‘ladi.
Tuproq qayta ishlanadigan moddalarning
zararliligiga ko‘ra turli kimyoviy
o‘zgarishlarga uchraydi. Yerga ko‘p
miqdorda zaharli moddalar tushishidan
nabotot olami quriydi. Hayvonlar ham
ozuqa yo‘qligidan nobud bo‘ladi yoki
yashashga boshqa joy izlaydi. Atmosferaga
xavfli chiqindilar chiqarishni kamaytirish,
zarar ko‘rgan hududlarni
tozalash va qayta
tiklash tezkor va muhim yechimlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: