Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

Mustaqil bajaraman


181
55-dars
Topshiriq. 
Quyidagi matnni diqqat bilan o‘qing. 
Qizil kitob! U qanday kitob?! Bu xavf va umid kitobidir, qayg‘u-alam kitobidir. Chunki bu 
kitobda yo‘qolib borayotgan yoki yo‘qolish xavfida bo‘lgan noyob o‘simlik va hayvon turlari 
qayd etiladi, ular sonining kamayishi sabablari yoritiladi, ularni saqlab qolish uchun tavsi-
yalar beriladi. Shuning uchun “Qizil kitob” insonlarni harakatga, mas’uliyatga chaqiruvchi 
eslatmadir. 
[1]
1948-yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi 
kamyob va yo‘qolib ketish xavfida bo‘lgan o‘sim
-
lik va hayvon turlarining ro‘yxatini tuzish g‘oyasini 
amalga oshirishga kirishdi. 1966-yildan boshlab 
boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bi-
lan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va 
alohida mintaqalar florasiga bag‘ishlangan nashr
-
lar chop etila boshlandi. Unga kiritiladigan o‘simlik 
va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqa-
ro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga 
ajratiladi: 
1) yo‘qolgan yoki yo‘qolish arafasida turgan 
(jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar; 
2) yo‘qolib borayotgan (kun sayin kamayib bo-
rayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar; 
3) kamyob, bevosita yo‘qolish xavfi bo‘lma
-
sa-da, kichik maydonlarda kamdan kam uchray-
digan (muhofazaga muhtoj) turlar;
4) muayyan vaqt davomida soni va tarqalgan 
maydonlar tabiiy sabablarga ko‘ra yoki inson taʼ
-
sirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar. 
1- va 2- tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3- va 4- tomida esa suvda va quruqlikda 
yashovchi hayvonlar, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so‘z yuritiladi.
 [2]
“Qizil kitob” tabiatni sevuvchilar, mutaxassislar diqqatini o‘ziga tortib, barcha mintaqa-
da mashhur bo‘ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo‘lib, uning har bir varag‘i har xil 
rangda. Har qaysi rangning o‘z ma’nosi bor. Masalan, qizil rangda yozilgan hayvon va o‘sim-
lik turlari jiddiy muhofazaga muhtoj ekanini bildiradi. 
[3]
Sayyoramizda hayvon va o‘simlik turlari yo‘qolib ketishining ikki sababi bor bo‘lib, birin-
chi sababi iqlim va tabiiy sharoitning o‘zgarishi bo‘lsa, (tabiiy sabab), ikkinchisi antropogen 
(inson) harakatlar natijasidir. 
[4]
Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o‘simliklar dunyosi, ayniqsa, o‘rmonlarning ahamiyati 
beqiyos. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ini o‘rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy 
yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq aksar o‘rmonlarg holatini yaxshi deb 
bo‘lmaydi. Chunki har yili 3 mlrd m3 hajmda o‘rmonlar kesilmoqda. Bu esa floraning kamay
-
ib ketishiga olib kelmoqda. “Qizil kitob” yaratilishiga ham aslida shu holat turtki bo‘ldi. 

Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish