Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Taypinlar qo'zg'oloni (1850-1864)



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Taypinlar qo'zg'oloni (1850-1864) 
Afyun urushi va uning oqibatlari xalq ommasining ahvolini yanada 
og’irlashtirdi. Xitoyga afyun kiritish sur'atlari tez o'sdi. Tashqi savdodagi daromad 
Xitoy qo'shinini chetdaqolib ketishiga sabab bo'ldi. Natijada mis tangaga nisbatan 
kumish yuan (pul birligi)ning kursi oshib ketdi. Bu quyi xalq ommasining ayniqsa 
dehqonlarning 
ahvolini 
og’irlashivuga 
olib 
keldi.Ijtimoiy 
ziddiyatlar 
keskinlashibXitoyning janubiy provintsiyalarida xalqning norozilik harakatlari 
kuchaydi, Guandun va Guansi provintsiyalarida dehqonlarning qo'zg'olonlari 
ko'tarildi. Bu provintsiyalar asr o'rtalarida ko'tarilgan qo'zg'olonning o'chog'iga 
aylandi, bu voqealar tarixga «Taypinlar qo'zg'oloni» nomi bilan kirdi.Taypinlar 
qo'zg'oloniga o'qituvchi Xun Syutsyuan (1814-1864) boshchilik qildi. U 
1843 yilda «Samoviy hukumdorga s’iginish jamiyatl» (Bay shan de xo)ni 
tuzdi.Xun Guanchjoudagi xristian missionyerlari orqali xristian diniy ta'iimoti bilan 
yaxshi tanishdi. Xristianlikni yakka xudo haqidagi ijtimoiy tenglik haqidagi 
aqidalarini taypin (ijtimoiy adolat ramzi) prinsplari bilan uygunlashtirib yangi diniy 
ta'limot yaratdi va o'zini bu dinning payg’ambari, deb e'lon qildi. 1850 yilda Xun 
Sinlarga qarshi Guansida qo'zg'olon uyushtirdi. Qo'zg'olonchilarning ijtimoiy 
tarkibi turli xil bo'lib, unda dehqonlar, ishchilar, hunarmandalr, savdogorlar 
qatnashdi. Qo'zg'olonchilar boshlariga qizil peshonabog’ taqib olganliklari uchun 
bu qo'zg'olon «Qizil peshonabog’lilar» qo'zg'oloni, deb ham ataladi.Sin 
hukumatining qo'zg'olonni bostirishga bo'lgan urinishi muvaffaqiyatsiz bo'ldi. 
1851 yil 11 yanvarda qo'zg'olonchilar Sin sulolasining hokimiyatiga qarshi 
«Yalpi farovonlik samoviy davlati» -Taypin tyangoni tuzganligini e'lon qildi. Xun 
Syutsyuanni samoviy hukumdor, deb atay boshladilar. Qo'zg'olonning dastlabki 


122 
bosqichida qo'zg'olonchilarning asosiy maqsadi Xitoyni manjurlar zulmidan 
ozod etish va feodal tuzumini tugatishdan iborat edi.Dastlabki davr-Tszintyan 
qo'zg'olonidan Nankinni olinishigacha va u yerda Taypinlar davlatining 
markaziga asos solinishigacha bo'lgan davr (1850-1853) Taypinlar davlati 
hududini kengaytirish uchun kurash davri-Nankin olingandan to taypinlar lagerini 
bo’linib ketishigacha bo'lgan davr (1853-1856) Taypinlar qo'zg'olonining 
tanazzulga yuz tutishi davri (1856-1860) Taypinlarning manjur-xitoy 
feodallariga va davlatlar agressiyasiga qarshi kurashi va mag’lubiyatga uchrashi 
davri (1860-1864)dan iborat. Taypinlarning eng katta muvaffaqiyatlaridan biri bu 
ularning armiyasi va lagerida nizom o'rnatilganligi va ko'p sonli kuchli armiyani 
tashkil qilinganligi edi. 1851 yil kuzida Guansi provintsiyasining Yunan shahrida 
taypinlar hukumati tuzuldi. 1853 yilda Nankin olinib u taypinlar davlatining 
poytaxtiga aylantrildi. Nankinda hukumat «Samoviy sulolaning yer tizimi»,-degan 
hujjat qabul qildi. Bu taypinlar davlatining o'ziga xos dasturi bo'lib, u barcha 
yerlarni qo'zg'olonchilarga teng taqsimlab berishini harbiy jamoalar tuzishni, 
huquqda ayollar erkaklar bilan tenglashtirishni mulkiy tengsizlikka barham 
berishni ko'zda tutgan edi.Taypin tyangoning davlat tuzimi monarxiyadan iborat 
edi. Tashqi siyosatda taypinlar teng huquqda va o'zaro foydali bo'lgan savdoni 
yuritish, taypin tyango hududida afyun savdosini taqiqlashga harakat 
qildilar.Taypinlar Sin sulolasini taxtdan ag'darish maqsadida 1853 yilda 
Pekinga tomon shimol yurushini boshladi, biroq bu va 1854 yildagi ikkinchi 
yurush ham taypinlar uchun muvaffaqiyatsiz bo'ldi.Taypinlarning harbiy 
muvaffaqiyatsizliklari ularning xalq orasida mavqeini zaiflashtirib yubordi. 
Taypinlar orasidagi ichki kurash ham mazkur harakat uchun halokatli bo’ldi, 1856 
yilda taypinlarning kuchlari bo’linib ketdi. Bunday holatning bosh sabablaridan biri 
bu qo'zg'olon davomida feodallardan tortib olingan boyliklar evaziga iqtisodiy 
jihatdan baqquvvat bo'lib olgan qo'zg'olon daholari qo'zg'olonchilar 
ommasining umumiy manfaatlariga xiyonat qila boshladilar. Asosan dehqonlardan 
iborat bo'lgan armiya tarkibida ham birlik va intizom saqlab qolinmadi. 
Taypinlar hukumati va qo'shiniga rahbarlik qilayotgan tajribali Yan Syutsinga 
1856 yil suiqasd uyushtirilib u va uning bir necha ming kishidan iborat tarafdorlari 
qirib tashlandi. Vaqtinchalik taypinlar hukumati va qo'shiniga boshchilik qilgan Shi 
Dakay 1857 yilda vazifasidan ozod etilgach yo'z mingdan ortiq qo'shin bilan 
Nankindan Janubi-Garbiy Xitoy hududiga ketdi. Dehqonlar urushining tushkunlik 
davri boshlandi. Bu davrda taypinlar davlatining rahbarlari bilan oddiy 
qo'zg'olonchilar o'rtasida tobora ajralish kuchaydi. Qo'zg'olonchi dehqonlar 
ilgargidek umumiy tenglik g’oyasini amalga oshirshga harakat qildilar, ularning 
rahbarlari esa yangi feodallarga aylanib bordilar. Taypinlar lageridagi bo’linishva 
harakat rahbarlarining tez-tez almashuvi, ular o'rtasida hokimiyat uchun o'zaro 
kurash harbiy harakatlarning borishiga salbiy ta'sir o'tkazdi. Shu vaqtdan boshlab 
taypinlar asosan mudofaaga o'tdilar. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish