Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Birinchi afyun urushi (1840-1842 yy.)



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Birinchi afyun urushi (1840-1842 yy.)
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Sin imperiyasining ichki inqirozi 
mamlakatga Angliya ta'sirini kuchayishi bilan yanada chuqurlashdi.
Angliyaning "Ost-Indiya" kompaniyasi Xitoy janubidagi savdoga o'z 
monopoliyalarini o'rnatib Xitoy hukumatini mavjud chegaralarni inkor qilishga 
harakat qildi. Angliya Xitoy bozorlarml ochib qo'yilishiga yerishish uchun kurashni 
davom ettirdi. Xitoy hukumati bilan kelishmagan holda Angliya – Xitoy savdosini 
kuzatish maqsadida ingliz hukumatining vakili lord Nepper Xitoyga keladi. Sin 
hukumati Nepperdan mamlakatdan chiqib ketishni talab qiladi. Shunda Nepper 
harbiyig'vogarlik uyushtirib ikkita harbiy kemani qo'lga oladi.Xitoy bilan Angliya 
urushining keskinlashuvida afyun (Opyum) savdosi katta rol o'ynaydi. 1773 yil 
Hindistondagi Britaniya hukumati Xitoyda Afyun savdosiga ham o'z monopoliyasini 
o'rnatdi. Shundan boshlab Hindiston Xitoyni talash uchun Angliya qo'lidagi asosiy 
vosita bo'lib qoldi.XIX asrning 20-yillarida Xitoyga afyun kiritish jadal ravishda 
o'sib bordi. 1816 -1819 yilllarda yiliga 4420 qutiafyun kiritilgan bo'tsa, 1835-1819 
yillarda esa yiliga 35445 quti afyun kiritilgan. 1795-1838 yillar mobaynida 
Angliyaning Xitoydagi afyun savdosi 70 barobarga ko'paydi. Mazkur vaqt 
davomida Xitoyga 450 ming quti yoki 27 million kg afyun keltirilgan. Afyun 
savdosi bilan amerikalik savdogorlar ham shug’ullanishgan. Amerikaliklar 
Xitoyga afyunni Turkiyadan keltirganlar. Xitoy hukumati 1800 yilda 
rasmiyravishda afyun savdosini taqiqlanganligiga qaramasdan ingliz va 
amerikalik mahalliy amaldorlar orqali kontrabanda yo'li bilan afyun savdosini olib 
borganlar.Xitoy xalqining ilg’or vakillari afyun savdosiga va uning iste’mol 
qilinishiga qarshi kurashdilar. Shunday kishilardan biri Lin Szsyuy edi. 1838-
yil dekabrda u Xitoy hukumatining Guanchjouda provintsiya (afyun savdosining 
eng yirik markazlaridan biri)dagi vakili lavozimiga tayinlandi. Provinsiyaning 


121 
markazi bo'lgan Guanchjouda Lin Szyuy afyun savdosiga qarshi qa'tiy chora ko'rishi 
asosida ingliz va amerikalik savdogarlardan 20 ming qutidan ziyodroq afyunni 
konfiskatsiya qilishga yerishdi. Angliya hukumati ushbu holatdan Xitoyga qarshi 
urushda bahona sifatida foydalandi. 1834-yil dengizda Xitoyda harbiy 
to'qnashuvlar bo'lib o'tdi. 1840 yil Angliya e'lon qilmasdan Xitoyga urush boshladi 
bu urush «Birinchi afyun urushi» yoki birinchi «anglo-xitoy» urushi deb nom 
oldi.Inglizlar juda shafqatsiz ravishda urush olib bordilar. Lin Szsyuy 
lavozimidan chetlatilib, uning o'rniga Xitoyning taslim bo'lishi tarafdori bo'lgan Si 
Shan tayinlandi. U Angliyaning talablarini qabul qilishga tayyor ekanligini 
ma'lum qildi, biroq Bog’dixon kelishuv bitimini tasdiqlamadi. Bundan norozi 
bo'lgan ingliz hukumati Xitoyga yangidan qo'shinjo’natib, urushni davom 
ettirdi.Urushda Xitoy taslim bo'ldi. Urush 1842 yil avgustida Nankinda imzolangan 
sulh shartnomasi bilan o'zining nihoyasiga etdi. Nankin shartnomasi Yangi zamon 
tarixi davomida Xitoyning chet davlatlar bilan imzolagan dastlabki noteng 
shartnomasi edi, unga ko'ra Xitoyning Guanchjou, Siyamen, Futjou, Nininbo va 
Shanxaydan iborat beshta porti inglizlar uchun ochib qo'yildi. Gonkong (Syangan) 
oroli Angliya ixtiyoriga o'tdi. Shunigdek, Xitoy 21mln. dollar miqdorida tovon 
to'lash majburiyatini oldi, bojxona mustaqilligidan mahrum bo'ldi, mamlakatga 
kiritilayotgan ingliz savdo mahsulotlariga 5% miqdorida boj to'lovi 
belgilandi.1843-yilda Angliya Xitoy bilan «5 portda savdo qilish bo'yicha 
qo’shimcha bitim» deb nomlanuvchi hujjat imzolab inglizlarni Xitoy sudlariga 
tortmasligi maskur portlarda ingliz aholi punktlariga asos qilish kabi huquqlarni 
qo'lga kiritdi. 1844-yilda AQSh va Fransiyaham Xitoy bilan shunday 
shartnomalarni imzolashga erishdilar. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish