Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


XIX asr oxirida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

XIX asr oxirida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli 
XIX asrning oxirida Xitoy qoloq, yarim feodal davlat bo'lib, uni manjur 
sulolasiga mansub imperatorlar boshqarardilar. Yerning asosiy qismi zamindor 
boylar qo'lida edi. Ko'pchilik dehqonlar zamindorlardan yerni ijaraga olar, yer 
haqini pul bilan yoki hosil hisobidan to'lab qutular edilar. Yeri bor dehqonlar 
ham mavjud bo'lsa-da, ular juda kam edi.Dehqonlar shaharga ish qidirib kelardilar, 
lekin har doim ish topilmas edi, chunki Xitoy sanoati juda sekin taraqqiy etayotgan 
edi.XIX asrning so'nggi choragi va XX asrning boshida mamlakatda kapitalistik 
korxonalar: ko'mir shaxtalari, to'qimachilik korxonalari vujudga kelib, rivojlana 
boshladi. Dastlabki temir yo'llar qurildi. Iqtisodiy aloqalar kengaydi. Yirik 
shaharlar barpo etildi. Ishchilar soni ko'paydi. Sanoat paydo bo'lishi bilan milliy 
burjuaziya ham paydo bo'la boshladi. Xitoy burjuaziyasining ko'pchiligi 
kompradorlar, ya'ni chet el kapitali bilan ichki bozor o'rtasida vositachilik qilar edi. 
Ular chet el firmalarining agentlari bo'lib, xorijlikiar bilan birgalikda mamlakatni 
ekspluatatsiya qilar, chetdan keltirilgan tovarlarni sotish va arzon xom ashyo sotib 
olish hisobiga boyib borardilar. 
Xitoyning xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlari va tashqi siyosati 
Pulga muhtoj bo'lgan Sin sulolasi chet davlatlar bilan asoratli 
shartnomalar tuzar va milliy manfaatlarga xilof ravishda ularga «yon» berardi. 
70-yillardayoq ajnabiylar Xitoyning 26 portiga bemalol kiradigan, Xitoy 
portlarida o'zlarini hech kim nazorat qilmaydigan xo'jayinlardek ish 
yuritardilar.Temir 
yo'llar 
qurilishi 
xorijliklar 
tasarrufida 
edi. 
Ko'mir 
shaxtalarining, konlarining katta qismi ham ularning ixtiyorida edi.Xitoy chet el
davlatlarning xom-ashyo bazasiga aylanib qoldi. Hatto chet elliklar katta 
shaharlarda o'z hududlarini tashkil etib, Xitoy ma'murlarini mensimasdan ish 
yuritardilar.Xitoyning Yaponiya bilan 1894-1895 yillardagi urushda mag'lubiyatga 
uchrashi chet ellik monopolistlarning Xitoyni yanada ko'proq talashlari, asoratga 
solishlariga sabab bo'ldi. 1897 yilda nemis bosqinchlari Szyaochjovan ko'rfazini 
bosib oldilar va Shandun viloyatini o'z ta'sir doiralariga kiritdilar. Fransiya 
Guanchjouvan ko'rfazini egalladi va Yunnan viloyatida hukmronlik ta'sirini o'tkaza 
boshladi. Rossiya Port-Arturni, Angliya Veyxay portini bosib oldi. Eng boy 
hudud - Yansizi daryosi havzasi Angliyaning ta'sir doirasiga tushib qoldi. 
Fuszyan viloyatida Yapon bosqinchilari hukmron bo'lib oldilar. Xitoydagi har 
qanday qurilish yoki o'zgarishlar bosqinchilar tomonidan nazorat qilinardi. 
Shunday qilib, Xitoy yarim mustamlakaga aylana boshladi. Bosqinchilar 


125 
tomonidan Xitoy milliy boyliklarining talanishi xalq ommasining qattiq 
noroziligiga sabab bo'ldi. 1897 yil tumanlarda dehqonlarning xo'jayinlariga 
qarshi g'alayonlari boshlandi, bu g'alayonlar 1898-1899 yillarda mamlakatning 
turli viloyatlariga tarqaldi.Feodallarga qarshi g'alayonlar chet el monopolistlariga 
qarshi qaratilgan edi. Dehqonlar harakati, ayniqsa, nemis bosqinchlari tomonidan 
qattiq ekspluatatsiya qilinayotgan Shandun viloyatida juda katta g'alayonga sabab 
bo'ldi. Nemis bosqinchlarining o'zboshimchaligi xalq noroziligini keltirib 
chiqardi. Shandunda yashirin jamiyatlar tuzilib, jangovar otryadlar tashkil 
qilindi. Ular «tinchlik va adolat» shiori ostida kurashib, «ixetuan» (musht) - 
otryadlari boksyorlar qo'zg'oloni» nomini oldilar. Jangovar otryadlar 
bosqinchlarga hujumlar uyushlirar va ularning hayotini tahlikaga solib turardilar. 
Ixetuanchilar chet el bosqinchlariga qarshi ochiq kurashga o'tdilar.XIX asrning 
oxirida Xitoyda ilk sanoat ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo'la boshladi. 
Eski yer mulkchiligi tizimining yemirilishi tezlashdi. 1872 yilda Li Xunchjuan 
yirik paroxod kompaniyasini tashkil qildi. 1878 yilda Kaylan ko'mir boshqarmasi 
tuzildi.1881 yilda Shimoliy Xitoyda birinchi temir yo'l ishga tushirildi. 1895 yilda 
Shanxayda yirik to'qimachilik fabrikasi ishga tushirildi. 1897 yilda 600 ga 
yaqin chet cl firmalari mavjud edi, lekin sanoat korxonalarining o'sishi va 
ko'payishi sust bordi. Xitoy Yaponiya,AQSh, Angliya singari yirik kapitalistik 
davlatlarga qaram, yarim mustamlakaga aylandi.Mamlakat ichida jamiyatning 
kambag'al, qashshoq qatlamlari bilan boyib borayotgan burjuaziya va eski 
an’anaviy zamindorlik hukmronligi uchun kurashayotgan yer egalari o'rtasida 
ziddiyat kuchayib bordi.Yevropaning savdodagi hissasi 1890 yilda 40 
mln.ienga teng bo'ldi. Import eksportdanancha ko'p bo'lib, bu mamlakatning 
qaramligi belgisi edi.Xitoy bilan Angliya o'rtasida 1876 yil tuzilgan konvensiya 
Xitoyni yanada asoratga soldi. Konvensiya Angliyaga Xitoyning 10 dan ortiq 
portiga erkin kirish, qator viloyatlarda o'z foydasiga imtiyozli savdo qilish 
huquqini berdi.1880 yillarda Fransiyaning Vetnamni bosib olishi tufayli 
Fransiya-Xitoy munosabatlari yomonlashdi. 1884 yili Xitoy markaziy 
Vetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi va u yerda fransuz 
protektoratini tan oldi. Lekin Shimoliy Vetnam (Tonkin) viloyati fransuzlarga 
qarshi kurashni davom ettirdi. Xitoy partizanlari yordam berib turdilar. Fransiya 
buni bahona qilib, Xitoyga qarshi urush ochdi. 22 ta Xitoy harbiy kemasi 
cho'ktirildi. Xitoy xalqidagi baland ruh, milliy shakllanish jarayoni Sin 
imperatori sulolasida vahima uyg'otdi. Bundan cho'chigan Xitoy hukumati 
Fransiya bilan shoshilinch bitim tuzdi. G'olibona urushni mag'lub sifatida 
yakunlab, Fransiyaga qator masalalarida «yon berdi».Xitoyning Fransiya bilan 
urushda yengilganidan foydalangan Angliya 1886 yil 1 yanvarda Birmaga qarshi 
urush e'lon qildi. Tez orada Birma Angliya mustamlakasiga aylandi. Yaponiya 
Xitoyga nisbatan bosqinchilik rejalarini amalga oshirishga kirishdi. 1872 yil Ryu-
kyu orolini, 1874 yil Tayvanni bosib olishga harakat qildi. Tayvandagi urushda 
AQSh harbiy kuchlari ishtirok etgani uchun bu orol amerikalik savdo sanoatchilar 
uchun «ochiq» deb e'lon qilindi. 1894-1895 yillarda Yaponiya-Xitoy urushi bo'lib 
o'tdi. Yaponiyaning maqsadi Koreyani Xiloy ta'siridan ajratib olish edi. Xitoy 
Koreyani Yaponlar istilosidan himoya qila olmadi. Aksincha, unga «G'arb 
davlatlarini yordamga chaqirish»ni maslahat berdi. Bu Xitoyning Koreyadagi 
manfaatlariga kuchli zarba bo'ldi. 1893 
yilgi 
koreys 
dehqonlarning 
«Tanxak» (sharq kurashi) yashirin jamiyat yetakchiligidagi qo'zg'olonini 


126 
bostirish bahonasida Xitoy Koreyaga qo'shin yuborgan edi.Yaponiya ham o'z 
qo'shinlarini shu bahona bilan Koreya hududiga kiritdi. 1894 yil iyul oyida 
Yaponiya urush harakatlarini Xitoyning o'ziga qarshi qaratdi. Urush e'lon 
qilmay turibXitoyning bir qancha kemalariga hujum qilib, cho'ktirib yubordi. 1-
avgust kuni urush rasmiyravishda e'lon qilindi. Avgust-noyabr oylari orasida 
Yaponiya Xitoyni Koreyadan «siqibchiqardi». Keyin esa Port-Artur (Lyaodun) 
portini bosib oldi.1894 
yil sentyabrida Xitoy Shimoliy flotidan ajraldi. 1895 yil 
fevraligacha Shandun yarimorolidagi Veyxay portini ham yaponlar oldi. Nihoyat, 
1895 yil 17 aprelda Yaponiyaning Simonoseki shahrida bitim tuzildi. Xitoy 
Tayvan, Lyaodun, Penxu orollarini Yaponiyaga berdi. Shansi, Syuychjou, 
Xanchijou, Chunsin portlarini «ochib» qo'ydi. Yaponiya Xitoyda istagan joyda, 
xohlagan sanoat korxonasi qurish huquqini oldi. Bitimning Lyaodun orolini 
Yaponiyaga berish haqidagi bandiga Rossiya va boshqa davlatlar qarshi bo'lishdi. 
Bu holYaponiyani Rossiya chegaralariga juda yaqinlashtirib qo'ygan edi. Xitoy 
endigina sanoatlashuv yo'liga qadam qo'yganda xorijiy davlatlar tomonidan talon-
taroj qilinishi xalq ahvoliga og'ir ta'sir ko'rsatdi. Xitoyning to'g'ri taraqqiyot 
yo'liga olib chiqish haqida turli ilg'or ijtimoiy g'oyalar shakllandi.Bularning 
hammasi yaxlit ma'noda XIX asr oxirlarida Xitoyda islohotchilik harakati deb 
ataldi.Islohotchilar Xitoyning parchalanib ketish xavfini tushunar edilar. Eng 
xavfli dushmanlar – Yaponiya, Rossiya, Fransiya, Angliya va AQShning 
nayranglarini fosh qilardilar. Harakat g'oyaviy rahbarlaridan Kan Yu-vey, Lyan Si-
Chao, Mey Men-Xualar manjur-sin hukmdorlari nomiga memorandumlar yozib, 
islohotlar qilinishini taklif etishdi. Shu davr ijtimoiy harakatlarida Sun Yat Sening 
o'rni alohida edi. U Xitoyni inqilob yo’liga yetaklagan «rahnamo» edi. Sun Yat 
Senning «Xitoy uyg'onish jamiyati» nomli tashkiloti manjurlarning Sin sulolasini 
ag'darib tashlab, Xitoyda demokratik milliy davlat tuzish uchun kurashar 
edi.Yapon-Xitoy urushidagi mag'lubiyat islohotchilik harakatini yanada 
«jonlantirdi». 1897 yili Kan Yu-veyning beshinchi murojaatiga javoban nihoyat 
imperator islohot haqida farmon berdi. Imperator farmoni bilan «100 kunlik 
islohotlar» davri boshlandi. Isiohotlar Xitoyni kuchli zamonaviy davlatga 
aylantirishga qaratilgan edi. Kan Yu-vey safdoshlari hukumatga kiritildi. Sanoat, 
transport, kon, xom- ashyo, qishloq xo'jaligi tarmoqlarini davlat qo'lida to'plashga 
harakat qilindi. Ammo bular eskilik tarafdori bo'lgan yuqori tabaqa zarbasiga 
uchradi.1898 yil 21 sentyabrda islohotchilar dushman harbiy qismi boshliq to'da 
davlat to'ntarishi qilib, barcha islohotlarni bekor qildi. Imperator Tuan Suy 
qamab qo'yilib, idorasiz «qo'g'irchoq» podshohga aylantirildi. Islohotchilarning 
keng demokratik o'zgarishlar yo'liga chiqmaganliklari ularning mag'lubiyatiga 
sabab bo'ldi. Kan Yu-vey boshliq bu islohotchilar aslida imperator 
hokimiyatini saqlab, uning ishtirokida davlatni qayta tuzmoqchi edilar. Bu yo'l 
tub o'zgarishlarga olib borishi qiyin edi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish