134
in'omdor ixtiyorida qoldirilgan in'om yerlari ham nasldan-naslga meros
o'tgan.Vaqf yerlari bu musulmon dini masalalariga tegishli yer mulklari bo'lib
ulardan olinadigan daromad masjid va madrasa va hokazolar ta'minotiga
ishlatilgan.Hindistonning so'ngi o'rta asr va mustamlaka davriga agrar
tizimning ijtimoiy-iqtisodiy asosini qishloq jamoasi tashkil qilar edi. Yerga jamoa
bo'lib egalik qilish jamoa ichida dehqonchilik bilan hunarmandchilik uyg’unlashivi
jamoa doirasida mehnatni o'zaro taqsimlashini dehqonchilik va hunarmandchilik
kabi ishlab chiqarsh sohalarini bir biridan mustaqilligi va ularni tovar almashuvidagi
o'zaro munosabati, asosan, natural soliqlarni olishi turli ko'rinishlagi kasta
jamoalarini mavjudligi, jamoa nazorati ostidagi xizmat ko’rsatish va
hunarmandchilik tizimini biqiqligi bu hind qishlog'i jamoasini asosiy belgilari
edi.Hind qishloq jamoalarining ijtimoiy tarkibi bir xil emas edi. Ularning har birida
turli huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan eng kamida 3 xil toifadagi aholii
mavjud bo'lgan ularning orqasida oila toifani jamoa yerlari va boshqa mulklarga
egalik qilgan oilalar guruhi tashkil qilgan. Teng huquqli jamoachi oilalarni har biri
meros uchun ishlov beriladigan yer uchastkalariga ega bo'lgan jamoaga solingan
davlatning yer va boshqa feodal soliqlari jamoachi dehqonlar tomonidan umumiy
kafillik asosida to'langan jamoa panchaya deb nomlangan. Qishloq kengashi
boshqargan panchayatga jamoaning yer solig'ini to’lovchi dehqonlar kirgan va
unga ishlovchi oqsoqoli «patel» rahbarlik qilgan. Jamoa ma'muriyatining boshqa bir
vakillik va boshliq mirzasi-«patvapi» edi. U jamoa yerlari bilan bog'liq bo'lgan
hisob-kitob ishlarini yuritgan. Oqsoqol (patel) va mirzo (kotib) (patvariy)
mansablari avloddan avlodga meros o'tgan.Hind qishloq jamoasining tarkibiy
qismlaridan birini jamoachi hunarmandlar va xizmatkorlar tashkil etgan. Ular
temirchi, duradgor, etikdo'z, cho'pon va x.k kabi kasbiy kastalarga kirganlar ular
xizmatlar evaziga belgilangan miqdorida hosilning bir qismigaba'zan esa hatto
yer mulklariga ega bo'lganlar unda yer uchastkasiga egalik qilish va
hunarmandchilikning mazkur turi bilan shug'ullanish huquqi ham meros
o'tgan.Qishloq jamoasi davrasida jamoa yerlarini vaqtincha merosiy ijaraga olib
mehnat qiluvchi ijtimoiy qatlam ham mavjud edi. Mazkur qatlam vakillarining eng
quyi kastalarga tegishli ekanligi jamoada ularning yarim qul holatini ta'minlagan.
Jamoalar yetishtirayotgan hosilning teng yarimi yer solig'i sifatida davlat
xazinasiga to'lanlar. Bundan tashqari jamoa davlat foydasiga turli xil mehnat
majburiyatlarini ham o'tagan.
Do'stlaringiz bilan baham: