133
aholisining 2/3 qismi yashar edi.
Shuningdek, Boburiylar davlati janubida
musulmon sulolalarining hukumronligida bo'lgan Bidjopur va Golkonda
sultonliklari bilan shimoliy-sharq va sharqdan Nepal knyazliklari, Tibet va Assam
bilan chegaradosh edi.Boburiylar davlatida yashovchi bengallar, maratxlar,
gujaratlar, panjobilarda asta-sekin bo'lsa ham o’nik-madaniy
jamoalar
shakillanayotgan edi. Biroq hindlardagi kastachitik tizimi va mamlakat
aholisining 1/10 qismini musulmonlardan iborat ekanligi umumdavlat miqiyosida
aholining diniy va siyosiy hamjihatligiga to’sqinlik qilmoqda edi.Boburiylar
davlati harbiy-feodal davlat bo'lib, uning hukumdori «podshoh» deb
yuritilgan. Mamlakatning soliq, ma'muriy, harbiy va sud hokimiyati
podshoh qo'lida jamlangan. Podshoh xazina ishlari bo’yicha-devon,
harbiyboshliq qilishi va oliy sudga rahbarlik qiluvchi-qoziga tayangan holda
davlatni boshqargan. Sud ishlari islom shariati asosida yuritilgan.Podshoh
Avrangzeb (1658-1707) hukumronligi davrida davlat 19-ta viloyat-sublarga
bo'linib, ularni podsho tomonidan tayinlanadigan noyiblar-subadorlar boshqargan.
Har bir viloyatlardagi ma'muriy, harbiy va sud hokimiyati subadorlarga tegishli
bo'lgan. Ular ixtiyoridagi ma'lum miqdorda harbiy qo’shin bo'lib, bu qo'shin
yordamida subadorlar viloyataholisini podshohga tobelikda saqlagan.
Viloyat
devonlariga yer solig'i va boshqa to'lovlarni yigishda yordam bergan. Mazkur
viloyatlarda sud hukmlarining ijrosini ta'minlagan, okruglarning (viloyat
okruglariga, okruglar esa volostlarga bo'lingan) boshqaruvchilari bo'lgan-
laksillar, volostlarning boshqaruvchilari bo'lgan-parkanalari tayinlangan va ularni
nazorat qilgan. Deyarli barcha oliy lavozimlar musulmonlar qo'lida bo'lib, ularni
ijtimoiy va etnik kelib chiqishi turli xil bo'lgan. Hukmdorlar, harbiy boshliqlar
va bir qism oddiy harbiy askarlar turkiylardan, qo'shin askarlarining
ko'pchiligi afgonlardan iborat bo'lib ma'muriyatda shia mazhabiga e'tiqod
etuvchi eroniylar va ruhoniylar orasida esa arablar ko'pchilikni
tashqil
qilgan.Podshoh mamlakatdagi barcha yerlarning oliy feodal mulkdori bo'lgan. Shu
sababli ishlov beriladigan hamma yerlardan davlat foydasiga soliq va majburiyatlar
yig'ilgan. Yerlarning katta qismi jag'ir, zamindor, in'om va vaqf kabi feodal yer
mulklaridan iborat bo'lgan. Jag'irlarning egalari-jag’irdorlar deb atalgan, ular
feodallarning hukumron qatlamini tashkil qilganlar. Bular harbiy boshliqlar bo'lib,
davlat oldidagi xizmatlari uchun unvon va mansabining katta va kichikligiga qarab
ma'lum bir hududdagi yer soliqlarini o'zlashtirish huquqiga ega bo'lganlar.
Avrangzeb hukmronligi vaqtida mamlakatda jag'irdorlarni soni 4 ming kishiga
etgan. Jag'irdorlar daromadining bir qismini
harbiy unvonga mos ravishda
ma'lum maqsadda qo'shinni ta'minlashga sarflangan. Jag’irdorlik naslidan nasliga
meros o'tgan. Jag’irdorlarning aksariyat qismi musurmonlardan iborat bo'lgan
jag’irdorlardan farqli ravishda zamindorlar yollanma harbiy harajatlarni
ta'minlash majburiyatidan xoli bo'lganlar. Ular ma'lum bir hududdagi
dehqonlardan podsho xazinasiga yer soliqlarini yig’ish bilan shug’ullanib
yig’ilgan soliqning 10%ni xizmat uchun o'zlashtirganlar. Zamindorlar o'zlariga
tegishli yer mulkni meros qoldirish huquqiga ega bo'lganlar. Ba'zan
zamindorlarga yer solig’idan ozod etilgan yer mulklari ham berilgan. Zamindorlar
asosan hind feodal aslzodalaridan iborat bo'lgan.Xizmatlari uchun yoki iltifoti
ramzi sifatida ayrim kishilarga in'om qilingan yer in'om mulklari deb atalgan.
Ko'pincha podsholar musulmon ruhoniylarga ana shunday yer -mulklarini
in'om etganlar, bu feodal mulklardan olinadigan yer solig'i to'liq ravishda
134
in'omdor ixtiyorida qoldirilgan in'om yerlari ham nasldan-naslga meros
o'tgan.Vaqf yerlari bu musulmon dini masalalariga tegishli yer mulklari bo'lib
ulardan olinadigan daromad masjid va madrasa va hokazolar ta'minotiga
ishlatilgan.Hindistonning so'ngi o'rta asr va mustamlaka davriga agrar
tizimning ijtimoiy-iqtisodiy asosini qishloq jamoasi tashkil qilar edi. Yerga jamoa
bo'lib egalik qilish jamoa ichida dehqonchilik bilan hunarmandchilik uyg’unlashivi
jamoa doirasida mehnatni o'zaro taqsimlashini dehqonchilik va hunarmandchilik
kabi ishlab chiqarsh sohalarini bir biridan mustaqilligi va ularni tovar almashuvidagi
o'zaro munosabati, asosan, natural soliqlarni olishi turli ko'rinishlagi kasta
jamoalarini
mavjudligi, jamoa nazorati ostidagi xizmat ko’rsatish va
hunarmandchilik tizimini biqiqligi bu hind qishlog'i jamoasini asosiy belgilari
edi.Hind qishloq jamoalarining ijtimoiy tarkibi bir xil emas edi. Ularning har birida
turli huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan eng kamida 3 xil toifadagi aholii
mavjud bo'lgan ularning orqasida oila toifani jamoa yerlari va boshqa mulklarga
egalik qilgan oilalar guruhi tashkil qilgan. Teng huquqli jamoachi oilalarni har biri
meros uchun ishlov beriladigan yer uchastkalariga ega bo'lgan jamoaga solingan
davlatning yer va boshqa feodal soliqlari jamoachi dehqonlar tomonidan umumiy
kafillik asosida to'langan jamoa panchaya deb nomlangan. Qishloq kengashi
boshqargan panchayatga jamoaning yer solig'ini to’lovchi
dehqonlar kirgan va
unga ishlovchi oqsoqoli «patel» rahbarlik qilgan. Jamoa ma'muriyatining boshqa bir
vakillik va boshliq mirzasi-«patvapi» edi. U jamoa yerlari bilan bog'liq bo'lgan
hisob-kitob ishlarini yuritgan. Oqsoqol (patel) va mirzo (kotib) (patvariy)
mansablari avloddan avlodga meros o'tgan.Hind qishloq jamoasining tarkibiy
qismlaridan birini jamoachi hunarmandlar va xizmatkorlar tashkil etgan. Ular
temirchi, duradgor, etikdo'z, cho'pon va x.k kabi kasbiy kastalarga kirganlar ular
xizmatlar evaziga belgilangan miqdorida hosilning bir qismigaba'zan esa hatto
yer mulklariga ega bo'lganlar unda yer uchastkasiga egalik qilish va
hunarmandchilikning mazkur turi bilan shug'ullanish huquqi ham meros
o'tgan.Qishloq jamoasi davrasida jamoa yerlarini vaqtincha merosiy ijaraga olib
mehnat qiluvchi ijtimoiy qatlam ham mavjud edi. Mazkur qatlam vakillarining eng
quyi kastalarga tegishli ekanligi jamoada ularning yarim qul holatini ta'minlagan.
Jamoalar yetishtirayotgan hosilning teng yarimi yer solig'i sifatida davlat
xazinasiga to'lanlar. Bundan tashqari jamoa davlat
foydasiga turli xil mehnat
majburiyatlarini ham o'tagan.
Do'stlaringiz bilan baham: