Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Hindiston xalqining milliy-ozodlik kurashi va sipohiylar qo'zg'oloni



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Hindiston xalqining milliy-ozodlik kurashi va sipohiylar qo'zg'oloni
Inglizlar bosib olgan hududlarda dastlabki davrlardayoq hind xalqining 
mustamlakachilarga qarshi kurashi boshlandi. Biroq u XIX asrda uzluksiz tus oldi. 
1816-yil Shimoliy Hindiston xalqning kuchli norozilik chiqishi bo'idi. Bareyli 
aholisi mahalliy politsiya ta'minoti uchun inglizlar joriy etgan soliqni to’lashdan 
bosh tortdilar.XIX-asrning 20-yillarida Shimoliy Hindistonning musulmonlardan 
iborat aholisi orasida vahhobiylar harakati paydo bo'idi. Bu harakatga Muhammad 
Ismoil va Said Ahmad Barelvilar rahnamolik qildilar. Ular nafaqat sof islomga 
qaytishni balki, musulmon dehqonlari hunarmand va savdogarlarini g'ayridin 
inglizlar tomonidan asoratga solinishtga qarshi targibot ishlarini olib borish, 
xalqni muqaddas urush-jihodga chorlaganlar.XIX-asrning 30-50-yillarida Bombey, 
Madras va Bengaliya viloyatlari aholisining ozodlik va antifeodal qo'zg'olonlari 
davom etdi. Bu qo'zg'olonlarni eng yirik 1855-1857 yillardagi Santal 
qabilalarining qo'zg'oloni edi. Soliqlarni to'lay olmagan santallarning yerlari 
inglizlar tomonidan tortib olinib bengaliyalik zodagonlar va sudxo'rlarga 
xususiy mulk sifatida sotilgan. Inglizlarning soliq talonchiligi va politsiyaning 
zo'ravonligi oqibatida mazkur qo'zg'olon boshlangan. Birok o’q-yoy va nayza 
bilan qurollangan qo'zg'olonchilar Bombeydan chaqirilgan inglizlarning yaxshi 
qurollangan muntazam qo'shini tomonidan shafqatsiz ravishda tor-mor 
etilgan.1839-1842 yillardagi anglo-afgon urushi munosabati bilan ingliz 
qo'shinlari Sind amirligi hududiga kiritildi. Biroq urush tugagandan keyin ham 
ingliz qo’shinlari Sind hududiga qolaverdi. Sind amirining ingliz qo’shinlarini 
Sinddan olib ketish haqidagi talabi 1843 yil Sind va "Ost-Hindiston" kompaniyasi 
o'rtasidagi urushga sabab bo'ldi. Inglizlarning harbiy ustunligi amirni 
mag'lubiyatiga va Sindni kompaniya mulkfariga qo'shib olinishiga olib keldi,endi 
inglizlar Panjobdagi Sikx feodal davlatini bosib olishga kirishdilar. 1845-1846-
yillardagi birinchi va 1848-1849 yillardagi ikkinchi anglo-sikx urushlarida sikx 
qo’shinlarining mag'lubiyati oqibatida Panjob ham inglizlarga bo'ysindiriladi. 1849 
yilda Panjobni va 1856 yilda Aud knyazligini "Ost-Hindiston" kompaniyasi 
mulklariga qo'shib olinishi bilan amalda butun Hindiston hududi inglizlarga tobe 
ettirildi.Ingliz mustamlakachililarining yuz yillik talonchiligi oqibati Hindistonda 
1857 - 1859 yillardagi xalq qo'zg’oloni ko’tarildi. Ingliz manbalarining guvohlik 
berishicha mazkur qo'zg'alon arafasida o’tgan besh yil davomida ingizlar ikki 
mingdan ziyod in'om va jog’irlarini tortib oldilar. Aud, Nagpur, Jxansi va boshqa 
bir qator yirik hind kinyazlarini bosib oldilar. Natijada nafaqat dehqonlar va 
hunarmandlar, balki soliqni to’lay olmaslik oqibatida yer mulklaridan mahrum 
qilingan zamindorlar, maosh to’lanadigan politsiya va sinohiylar harbiy qo’shini 


138 
tashkil qilinishi oqibatida xizmatlari uchun berilgan yer mulklaridan ayrilgan 
jag’irdorlar ham ingliz mutsamlakachilik tuzumidan aziyat chekmoqda edilar. 
Xullas, Hindistonda inglizlarning talonchilik va zo’ravonliklari xalq qo’zg'alonini 
keltirib chiqardi. Qo’zg'olon 1857 yilda 140 ming kishidan iborat bo'lgan 
Bengaliya sipohiylar qo’shinida boshlandi. Bengaliya armiyasi asosan 
musilmonlar, braxmanlar va rejputlar kabi hukumron tabaqa vakillaridan iborat 
bo'lib, ular qo’zg'olon arafasida o'zlarining iqtisodiy va ijtimoiy hukumronlik 
maqomini yo’qotgan va inglizlarning soliq talonchiligiga duchor bo'lgan edilar. 
Qo’zg'olonning 
muhim 
markazlaridan 
bo'lgan 
Kanpurda 
ingliz 
mustamlakachiligi o’rnatilgandan to 1840 yilgacha merosiy yer mulklari 35% 
ga kamaydi, savdo-sudxo’rlik kastasi bo'lgan - baniya vakillarining yer mulklari 
esa 43%ga ko'paydi.Bundan tashqari Bengal sipohiylari noroziligining bir qator 
boshqa sabablari ham mavjud edi. Masalan, Bengaliya provinosiyasidan o'zga 
hududlarda xizmat uchun sipohiylarning maoshiga qo'shib berilgan "bitta" deb 
nomlanuvchi qo’shimcha maoshni bekor qilinishi, armiyaga yollanuvchilar uchun 
Hindistondan tashqarida va hatto dengizda xizmat qilish majburiyatini joriy 
qilinishi, sipohiylarni ingliz ofitsyerlari tomonidan tahqirlanishi va boshqa shular 
jumlasidandir.Ingliz qo’mondonligi sipohiylar armiyasini o’t otar miltiqlar bilan 
qurollantira boshladi. Sipohiylar orasida miltiq patronlari o’ralgan
qog’ozlarni cho’chqa va sigir yog'lariga botirganligi to’g'risida mish-mish 
tarqaldi. Sipohiylar patronlarni miltiqqa joylash uchun qog'ozlarni tish bilan 
yirtar va gunohga botgan sanalar edilar. Bengaliya sipohiylarining chiqishlariga 
ayni voqelik bahona bo'ldi.Qo’zg'olon 1857 yil 10 mayda Dehli yaqinidagi Mirut 
harbiy garnizon joylashgan shaharchada boshlandi. Sipohiylar shahar kambag'allari 
va shahar atrofidagi qishloqlarning dehqonlari yordamida ingliz amaldorlari va 
ofitserlarini qirib tashlab, hibsdagilarni ozod qildilar. Qo'zg’olonchilar Dehliga yo'l 
olib, 11 may kuni Dehlini egallashga muaffaq bo'ldilar.Sipohiylar Boburiylar 
davlatining hukmdori, ingliz ma'muriyatining nafaqaxo’ri Bahodirshoxdan 
inglizlarga qarshi xalqni umumiy kurashga chaqirishni va bu kurashga rahbarlik 
qilishni talab qildilar. Bir oy davomida Dehlidan Patnagacha bo'lgan hududlar 
deyarli qo'zg'olonchilar qo’liga o'tdi. Panjobdagi Bengal armiyasi qurolsizlantirildi, 
ayrim qo’zg'olon ko’targan polklar esa aholi tomonidan qo’llab-
quvvatlandi.Madras va Bombeydagi sipohiylar armiyasi Bengal sipohiylaridan farqli 
holda ingliz ma'muriyatiga sodiq qoldilar. Buning bosh sababi mazkur hudud 
sipohiylarning quyi kastalardan chiqqanligi edi. Chunki harbiy xizmat uchun 
beriladigan maosh ularning ochlikdan o'lmasliklarining yakkayu-yagona 
kafolati va yashash manbai edi. Madras va Bombey sipohiylarini qo'zg'alon 
ko'tarmaganligi o

z navbatida Dekan aholisini umumxalq kurashigajalb 
qilmadi.Shunday qilib, mazkur qo’zg'olonda feodal aslzodalar ham ishtirok 
etdilar. Ular qo'zg'alonda o'zlarining siyosiy hokimiyatini tiklash vositasini 
ko'rib, inglizlardan ozod qilingan hududlarda o'zlarini hokimiyatini 
o’rnatdilar yoki o’rnatishga harakat qildilar. Shu tariqa Dehli, Kanpur va 
Audda milliy ozodlik kurashining mustaqil markazlari shakllandi.Dehlida
Bahodirshoh hokimyati tiklangach, tabib Hakim Axsanul vazirligidahukumat
tuzildi, shahzoda Mirza Mo'g'ul bosh qo’mondon qilib tayinlandi. 
Bengal armiyasining tajribali ofitserlari Baxtixon raisligida ma'muriy palata 
(parlament) tuzildi.Kanpur qo'zg'oloniga Maratx knyazligining merosxo'ri 
bo'lgan Pana Sohib boshchilik qildi. Kanpur qo'zg'olonchilari armiyasiga esa 


139 
braxman oilasidan chiqqan ajoyib sarkarda Tantiya Topi qo'rnondonlik 
qildi.Aud milliy-ozodlik urushiga Ahmad shoh nomi bilan mashhur bo'lgan 
Mavlaviy Axmadulla qo’mondonlik qildi. Uning harbiyotryadi Poxlkxanga 
hujum qilgan ingliz qo'shiniga qarshi muvaffaqiyatli ravishda partisan urushini 
olib bordi. Ingliz qo’shinlarining bosh qo'mondoni bo'lgan Kolen Kempbell 
uning boshi uchun 50 ming rupiya mukofot e'lon qildi. Aud feodallaridan biri 
mukofotni olish maqsadida 1858 yil 5 iyunda Ahmad shohga xiyonat qilib uni 
o’ldirdi.1857 yil iyun oyida Jxansi knyazligida ham sipohiylar qo'zg'oloni 
ko’tarilib, knyazlik inglizlardan ozod qilindi. Malika Lakshmi Bay o'zini 
Jxansi hukmdori deb e'lon qildi. Qo'zg'olonni bostirish maqsadida yuborilgan 
ingliz qo'shinlariga Lakishmi Bay markaziyHindiston hududlarida partisan
urushlarini olib bordi. Tantiya Topi ham bir hind zamindorining 
xiyonati oqibatida 1859 yilning aprelida ushlab olindi va o'ldirildi.1857-1859 
yillarda ingliz mustamlakachiligiga qarshi Hindistonda ko'tarilgan sipohiylar 
qo'zg'oloni shafqatsizlarcha bostirildi. Biroq ingliz mustamlakachilari hind 
xalqiga ayrim yon berishlarga majbur bo'ldi. 1858 yilda "Ost-Hindiston" 
savdo kompaniyasi tugatildi, soliq asorati yumshatildi, ayrim soliqlar 
qisqartirildi. Sipohiylar qo'zg'oloni mag'lubiyatga uchrashiga qaramasdan 
Hindiston xalqining ingliz muslamlakachilik zulmidan ozod bo'lishidagi muhim 
voqelik sifatida ahamiyatlidir. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish