O. T. Alayiya, sh. Q, Q o d ir o V a. N. Q q d ir o V, sh. H. H a m r o q u lo V e. H. H a lilo y



Download 12,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/242
Sana27.03.2023
Hajmi12,47 Mb.
#922030
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   242
Bog'liq
9df1158b73cf75933e31ab985e68c3b5 NORMAL FIZIOLOGIYA

Turli sharoitlarda nafas olish. Jism oniy ish vaqtida nafas.
Jismoniy 
ish bajarayotganda organizmning kislorodga b o lg a n ehtiyoji va karbonat 
angidrid ishlab chiqarishi o ‘rta hisobda 15-20 baravar ortadi. Bir vaqtning 
o ‘zida o ‘pka ventilyatsiyasi to ‘qimalarga kerakli b o ‘lgan 0 2 ni yetkazib 
beradi va C 0 2 dan halos qiladi.
Har bir insonda tashqi nafas ko'rsatkichi o ‘ziga xos b o ‘lib, nafas 
olish soni minutda 16-25 tagacha yetadi, nafas hajmi esa 0,50-2,51 gacha 
b o ‘lishi m um kin. Jism oniy ish b a jarg an d a o ‘pka v en tily atsiy asi, 
bajarayotgan ishga va 0 2 iste ’m ol qilishga proporsional ravishda 
o ‘zgaradi. Chiniqmagan, muntazam jism oniy ish bilan shug‘ullanmagan 
odamlarda kuchli ish bajarganda o ‘pkaning minutlik hajmi minutiga 8 0 1/ 
min danortmaydi. Chiniqqan odamlarda esa minutiga 120-1501va undan 
yuqori b o lish i mumkin.
Jismoniy ish vaqtida kislorod iste’mol qilish minutiga 100 
ml
ortganda 
qonning minutlik hajmi taxminan 800-1000 
ml
ko‘payishi hisoblab topilgan. 
Ish vaqtida eritrotsitlaming qon depolaridan chiqishi va terlash tufayli 
qondagi suvning kamayishi, buning natijasida esa qonning quyuqlashishi 
va gem oglobin qonsentratsiyasining k o ‘tarilishi, binobarin, qonning 
kislorod sig‘imi ortishi uning kislorod tashishini oshiradi.
Ish vaqtida organizm da kislorodning u tilizatsiya koeffitsiyenti 
ancha ortadi. K atta doiradan o ‘tuvchi qonning har bir litridan organizm 
hujayralari tinch holatda 60-80 
ml,
ish vaqtida esa 120 
m l
gacha 
kislorodni utilizatsiya qiladi (11 qonning kislorod sig‘imi taxm inan 200 
m l
0 2 ga teng). Ishlayotgan m u sk u llard a kislorod taran g lig in in g
kam ayishi qondagi karbonat angidrid tarangligining ortishi va vodorod 
io n la ri q o n se n tra tsiy a sin in g k o ‘p a y ish i v a o k sig e m o g lo b in n in g
k o ‘proq dissotsiatsiyalanishiga yordam beradi. Jism oniy ish vaqtida 
to ‘qim alarga kislorodning k o ‘proq o ‘tishi ana shunga b o g ‘liq. M ashq 
qilib yurgan odam da kislorod utilizatsiyasi ayniqsa k o ‘proq ortadi. 
A .K rot buni yana shu bilan izohladi: m ashq kilgan odam ishlagan 
vaqtda m ashq qilm agan odam dagiga nisbatan k o ‘proq kapillyarlar 
ochiladi.
328


Jadal jism o n iy ish b ajarilayotganda o ‘pka v entilyatsiyasini va 
qonning minutlik hajmini oshiradigan sabablardan biri shuki, to‘qimalarda 
sut kislotasi-to‘planadi va qonga o ‘tib turadi. Ayni vaqtda qondagi sut 
kislotasi m uskullar tinch turgandagi 5-22 
mg
% o ‘rniga 50-100 va hatto 
200 
m g %
ga yetishi mumkin. Sut kislotasi karbonat kislotani natriy va 
kaliy ionlari bilan bog‘lanishdan mahrum qiladi, shuning natijasida 
qondagi karbonat angidrid tarangligi oshib, nafas markazi bevosita va 
refleks yo‘li bilan qo‘zg‘aladi.
Z o‘r berib ishlayotgan hujayralarga kislorod yetishm ay qoladi va 
sut kislotasining bir qismi parchalanishning oxirgi mahsulotlari b o ‘lgan 
karbonat angidrid hamda suvgacha oksidlana olmaydi, shuning uchun 
ish bajarayotganda muskullarda sut kislotasi y ig ‘ilib qoladi. Buni A.Xill 
k islo ro d q a rz d o rlik h o lati deb atagan. M u sk u lla r ju d a k o ‘p ish 
bajarayotganda, m asalan, sp o rtch ilar g ‘oyat o g ‘ir m usobaqalarda 
qatnashganda kislorod qarzdorlik holati paydo b o ia d i.
M uskullar ishlayotganda hosil b o ig a n sut kislotasining oksidlanishi 
va undan glyukoza resintezlanishi ish tamom b o lg an d a n so'ng tiklanish 
davrida tugallanadi. Organizmda to ‘plangan sut kislotasining ortiqcha 
miqdori y o ‘qolishi uchun yetarlicha intensiv nafas olish shu tiklanish 
davrida saqlanib turadi. M uskullar ishlayotganda organizm da sut 
kislotasining to ‘planishi nafas olish va qon aylanishining kuchayishiga 
birdan-bir sabab emas. M.Y.Marshakning tekshirishlariga qaraganda, 
ergometrik velosipedda ishlayotgan odam oyoqlarini jg u t bilan b o g la b
qo‘yib, ishlayotgan m uskuldan sut kislotasi va boshqa m ahsulotlar 
qonga o ‘ta olm aydigan qilib q o ‘yilganda ham , m uskul ishi nafasni 
kuchaytiradi. Bunda nafas refleks y o i i bilan kuchayadi.
Ishlayotgan muskuldagi proprioreseptorlarning ta ’sirlanishi nafas va 
qon aylanishini kuchaytiradigan signal b o iib qoladi.
M uskullar ishlaganda nafas olishning har qanday kuchayishida shu 
reflektor kom ponent qatnashadi.
M uskullar bilan bajariladigan bir ish k o ‘p m arta takrorlanganda, 
muskul proprioreseptorlarining ta ’sirlanishi tufayli nafas olish shartsiz 
refleks y o i i bilan o ‘zgarishidan tashqari, shartli refleks y o i i bilan ham 
kuchayadi va tezlashadi. N afas olishning b o ‘nday m oslashinuvchi 
o ‘zgarishlari odatdagi ishni bajarishdan oldingi signallar ta ’sirida paydo 
b o ia d i va ishning bajarilishini osonlashtiradigan o‘zgarishlarni, y a ’ni 
to ‘qim alarning kislorod bilan ta ’minlanishini kuchaytiruvchi va sut 
kislotasining to ‘planishiga to ‘sqinlik qiluvchi ta ’sirotlar y ig in d isin i 
vujudga keltiradi.
329


Shunday qilib, muskullar ishlayotganda, birinchidan, organizmda ro‘y 
beruvchi kimyoviy o ‘zgarishlar - karbonat angidrid va almashinuvda 
oksidlanib ulgurmagan mahsulotlar to ‘planadi, ikkinchidan, reflektor 
ta ’sirlar o ‘pka ventilyatsiyasini oshiradi.

Download 12,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish