ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO TALIM YONALISHI
401-K GURUH TALABASI
SALAYDINOVA SEVARANING
STEREOKIMYO FANIDAN SUT KISLOTASI VA LIMON KISLOTASINING IZOMERIYASI MAVZUSI ASOSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
KURS ISHI RAHBARI: D. XOJIMATOVA
ANDIJON - 2019
MUNDARIJA :
KIRISH ________________________________________________ 3
I. ASOSIY QISM: _______________________________________ 5
I.1. Oksikislotalar. Nomenklatura va izomeriyasi______________ 5
I.2. Oksikislotalarning olinishi va kimyoviy xossalari __________ 6
I.3. Sut kislotasining optik izomeriyasi _____________________ 16
I.4. Limon kislotasi tuzilishi va xususiyatlari ________________ 18
II. XULOSA ___________________________________________ 21
III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR _________________ 22
KIRISH.
Fanlarning integrallashuvi tez suratlar bilan davom etayotgan hozirgi paytda organik kimyoning boshqa fanlar bilan yaqinlashishi sodir bolmoqda. Organik kimyoga kvant-kimyoviy tasavvurlar kirib kelib, uning fizikalashuvi va matematiklashuvi boshlandi. Organik molekulalarda sodir boladigan almashinish, birikish, qayta gruppalanish reaksiyalarining qay yonalishda sodir bolish ehtimolligini, molekulalarning reaksiyaga kirishish qobiliyatini oldindan bilish uchun qilinadigan kvant-kimyoviy hisoblashlarni matematik apparatsiz amalga oshirib bolmaydi. Bu hisoblashlar EHM keng miqyosda foydalanishni taqazo etadi. 1920 y. da fizik Aston birinchi bolib, mass-spektrometrik usulni qolladi. Uning yordamida barcha elementlarning aniq massasini tekshirib korildi. Izotoplar aralashmasi analiz qilinmoqda. Organik moddalarning molekulyar massalarini aniqlash metodi kashf etildi. Yangi organik moddalarning tuzilishini aniqlashda bugungi kunda IK-, UF-, YaMR-spektroskopiya, rentgenostruktur analiz kabi fizik usullardan keng foydalanilmoqda. Undan tashqari, organik moddalarning yonish, hosil bolish issiqliklarini olchash, ulardagi boglarning barqarorligi va tabiati hamda reaksiyalarning muayyan yonalishda borish sharoitlari haqida hulosa chiqarish imkonlari vujudga keldi. Bu energetik xarakteristikalarni olchashda ham organik kimyo fizika metodlaridan foydalanadi.
Organik kimyoning biologiya bilan hamkorligidan biologik kimyo va bioorganik kimyo vujudga keldi.
Organik kimyo fanining yutuqlari sanoatga tadbiq etilib, xalq xojaligining turli tarmoqlarida keng kolamda foydalanilmoqda. Kimyo sanoati plastmassalar, organik shisha va turli sintetik polimerlar sintez qilishda, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, elektr, radio, toqimachilik sanoati tarmoqlarining rivojlanishiga katta xissa qoshmoqda. Organik moddalarning asosiy manbalari hisoblangan toshkomir, neft, tabiiy gazlar, ormon va qishloq xojalik mahsulotlarini qayta ishlash yoli bilan yoqilgilar, boyoqlar, portlovchi moddalar, dori-darmonlar, suniy ipak tolalari, ogitlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Sintetik polimer materiallar pishiqligi jihatidan metall va boshqa qurilish materiallaridan afzal va arzon. Qishloq xojaligini intensivlashtirish, hosildorlikni oshirish, har-xil zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan turli-tuman organik birikmalar: insektitsid, fungitsid, gerbitsid va defoliantlar katta rol oynamoqda.
Stereokimyo-molekulalarning geometrik asoslari haqidagi talimot bolib, atom va molekulalarning fazoviy holatlarini hamda uni kimyoviy reaksiyalar davomida ozgarishini organadi. Butlerovning kimyoviy tuzilish haqidagi talimoti molekulalarning fazoviy konfiguratsiyalarini tushunishga yol ochdi. Bir xil struktura formulasiga ega, lekin funksional gruppalari fazoviy holatlari turlicha bolgan birikmalar-stereoizomerlar deb ataladi. Stereoizomeriyaning ikki asosiy tipi mavjud: geometrik (sis-, trans-) va optik.
Organik birikmalarda uglerod atomi sp3-gibridlangan holda bo‘lganda C atomi valentliklari tetraedr burchaklariga yo‘nalgan bo‘ladi. Тurli o‘rinbosarlar tasirida molekulaning fazoviy modeli tuzilishida normal tetraedr burchalari hosil bo‘ladi. Тurli o‘rinbosarlar ta’sirida molekulaning fazoviy modeli tuzilishida normal tetraedr burchagi 10928 dan farq qiluvchi valent burchaklari hosil bolishini etiborga olish zarur. Organik birikmalardagi bog uzunligi ham ozining xarakterli ahamiyatiga ega. Bir turdagi bog turli birikmalarda turli qiymatga ega bolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |