1-mavzu: Kirish: Tibbiy bilim asoslari fanining ahamiyati va vazifalari



Download 67,5 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi67,5 Kb.
#625491
Bog'liq
1-mavzu Kirish Tibbiy bilim asoslari fanining ahamiyati va vaz


1-mavzu: Kirish: Tibbiy bilim asoslari fanining ahamiyati va vazifalari

Reja:


1. O`zbekiston Respublikasi Hukumatining inson sog`lig`i, ona va bola, yoshlar sog`lig`ini muhofaza qilish borasida g`amxo`rligi.
2. Tibbiy bilim asoslari fanining ahamiyati
3. Tibbiy bilim asoslari fanining vazifalari

O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlaboq xalq sog’lig’i, ona-bola, yoshlar sog’lig’i masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deyilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida 1993 yilda “Sog’lom avlod uchun” nodavlat xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Sog’lom avlod uchun birinchi va ikkinchi darajali Orden ta’sis etildi. Bu mustaqil O’zbekistonning birinchi Ordeni hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3-dekabrdagi 589-sonli Qarori bilan “Yosh avlodni sog’lomlashtirish muammolarini majmuali hal etishning kengaytirilgan dasturi” tasdiqlandi. Mazkur dasturda aholi sog’lig’ini mustahkamlashda jamiyatimizning har bir a’zosi sog’lom turmush tarziga rioya qilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish to’g’risida” 1998 yil 10-noyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida respublikada 1999-2006 yillarda sog’liqni saqlash tizimini tashkil etishning prinsipial yangicha yondashuvlari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi. Jumladan,
- Respublika poytaxtida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi tashkil etildi. Barcha viloyatlarda ushbu markazning filiallari, tuman va shahar markaziy shifoxonalari huzurida mazkur markazning bo’limlari tashkil etildi. Tez yordam xizmati mazkur markaz tarkibiga kiritildi;
- Respublika poytaxtida va viloyat markazlarida ixtisoslashtirilgan jarrohlik, kardiologiya, ko’z mikroxirurgiyasi, urologiya tibbiyot markazlari barpo etildi;
- Qishloq joylarda sog’liqni saqlashning birinchi bo’g’ini hisoblangan kam samarali feldsher-akusherlik punktlari va ambulatoriyalar o’rniga zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlangan 3100 dan ko’proq qishloq vrachlik punktlari tashkil etildi. Ular oliy malakali umumiy amaliyot shifokorlari bilan ta’minlandi.
Mamlakatimiz aholisining ko’p qismini ayollar va bolalar tashkil qiladi. Respublikamiz taraqqiyoti yo’lida davlat, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy ishlarni amalga oshirishda sog’lom barkamol avlodni shakllantirish jamiyatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu masala O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil, 15-fevraldagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog’lom avlod” hamda 2001 yil 5-fevralda tasdiqlangan “Ona va bola” Davlat dasturlarida o’z ifodasini topdi. Shunga binoan, mazkur Davlat dasturlarida yoshlar, ona va bola sog’lig’ini muhofaza qilishning eng dolzarb masalalariga e’tibor qaratilgan:
- birinchidan, balog’at yoshiga yetgan qizlarni oilaviy hayotga tibbiy, jismoniy, psixologik jihatdan tayyorlashni yo’lga qo’yish;
- ikkinchidan, oila qurish faqat ikki yosh o’rtasidagi masala bo’lmay, balki butun jamiyat hayotiga aloqador masala ekanligini ota-onalarga, jamoatchilikka keng targ’ib qilish. Zero, sog’lom farzand sog’lom oiladagina dunyoga keladi. Shu bois, yoshlar orasida sog’lom oila tushunchasini keng targ’ib etish, bo’lajak kelin-kuyov bir-birlariga biologik va ruhiy jihatdan mos bo’lishlari muhim ahamiyatga ega ekanligini ularga o’smirlik davridan boshlab tibbiyot fanining ilmiy ma’lumotlari asosida tushuntirish, ya’ni irsiy kasalliklarni oldini olishda yaqin qarindoshlik nikohlarini maqbul emasligi, chaqaloqda gemolitik kasallikni oldini olishda kelin-kuyov qonining rezus faktori mos bo’lishini muhimligi;
- uchinchidan, ayolning homiladorlik davrida hamda chaqaloq tug’ilishi jarayonida ona-bola sog’lig’ini uzluksiz muhofaza qilish;
- to’rtinchidan, bir yoshgacha bo’lgan davr bola hayotida eng xavfli bo’lgani bois, bu davrda bolani parvarish qilish qoidalarini bo’lajak onalarga avvaldan o’rgatish;
- beshinchidan, bir yoshdan - besh-olti yoshgacha bo’lgan davrda bola sog’lig’ini asrash va mustahkamlash, tarbiyasini to’g’ri tashkil etishning muhimligini o’smirlik yoshidagi yigit-qizlarga chuqur tushuntirish kabi dolzarb masalalar “Sog’lom avlod”, “Ona va bola” Davlat dasturlari doirasida muvaffaqiyat bilan hal etilmoqda.
Respublikamizning barcha viloyatlari markazida respublika akusher-ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti filiali tashkil etildi va joylarda xotin-qizlarga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko’rsatish yo’lga qo’yildi.
Vazirlar Mahkamasining “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog’lig’ini mustahkamlash, sog’lom avlod tug’ilishini va uni tarbiyalashning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2002 yil 5-iyul 242-sonli Qarori asosida Toshkent shahrida va viloyat markazlarida “Ona va bola skrining” markazi tashkil etildi. Markaz zimmasiga bo’lajak onalar salomatligini muntazam nazorat qilish, sog’lom bolalar tug’ilishiga xizmat qilish mas’uliyati yuklatildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11-avgustdagi qarori asosida onalar va bolalarda kamqonlik kasalligini oldini olishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan “Unni fortifikatsiyalash, ya’ni temir, rux, foliy kislota, vitaminlar bilan boyitish” Davlat dasturi amalga oshirilmoqda. G’urur bilan e’tirof etish lozimki, O’zbekiston jahonning 191 ta mamlakati orasida “Unni fortifikatsiya” qilayotgan 48 ta davlatlar qatoriga kiradi.
Hukumatimiz tomonidan “Yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish to’g’risida” 2007 yil 3 mayda qabul qilingan Qonunga binoan, mamlakatimizda osh tuzi yodlashtirilgan holda iste’molga chiqarilmoqda. Buning natijasida yod tanqisligi tufayli ko’plab odamlarda, ayniqsa ayollar va bolalarda qalqonsimon bez faoliyatini buzilishi bilan bog’liq bo’lgan bo’qoq, gipotireoz kasalliklarini oldini olish yo’lga qo’yildi.
Yurtimiz mustaqilligi yillarida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng-ko`lamli islohotlar, jumladan, sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish natijasida, 1991-2006 yillarda O’zbekistonda aholining o`rtacha umr ko`rishi 67 yoshdan 72,5 yoshgacha, jumladan erkaklarning o`rtacha umr ko`rishi 66 yoshdan 72 yoshgacha, ayollarning o`rtacha umr ko`rishi 70 yoshdan 74,5 yoshgacha uzaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari to`g`risida” 2007 yil 19-sentabrdagi Farmonida quyidagi muhim vazifalar belgilangan:
- aholini virusli va boshqa yuqumli kasalliklardan himoya qilish, OIV/OITS kasalligining oldini olish tizimi samaradorligi va ishonchliligi, avvalo zararlanish manbalarini profilaktika qilish va tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar hisobiga oshirish;
- ayollar va bolalar sog`lig`ini saqlash, bo`lg`usi onalar sog`lig`i holati ustidan nazorat qilish tizimining ish sifatini tubdan oshirish, skrining-markazlari, pediatriya va tug`ruq muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash;
- har bir viloyat markazida pullik asosda xizmat ko`rsatadigan tibbiy-diagnostika markazini rivojlantirish;
- quyidagi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini tashkil etish;
- terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi;
- dermatologiya va venerologiya markazi;
- ftiziatriya-pulmonologiya markazi;
- endokrinologiya markazi;
- akusherlik-ginekologiya markazi;
- pediatriya markazi.
Quyidagilar sog`liqni saqlash tizimining muhim faoliyat yo`nalishlari deb belgilandi:
1.Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida:
- kasalliklar, eng avvalo, yuqumli va virusli kasalliklarning oldini olish bo`yicha profilaktika ishlarini o`tkazish;
- aholiga sifatli birlamchi ambulatoriya-poliklinika yordamini ko`rsatish;
- birlamchi shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish sifatini yanada yaxshilash;
- statsionar (shifoxona) larda bemorlarga tashhis qo`yish va davolash sifatini yanada yuksaltirish;
2.Viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazlarida:
- bemorlarni tekshiruvdan o`tkazish, yuqori malakali tibbiy maslahat yordami ko`rsatish;
- kasalliklarning asosiy yo`nalishlari (xirurgiya, kardiologiya, ginekologiya, pediatriya va boshqa mutaxassisliklar) bo`yicha statsionarlarda (shifoxonalarda) davolashni yuqori darajada tashkil etish.
3.Sog`liqni saqlashning hududiy organlarida:
- tibbiy xizmatlar ko`rsatishda diagnostika va davolashning yagona standartlarini joriy etish. Shuningdek, tibbiyot muassasalarini yagona standartlarga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- samarali sanitariya-epidemiologiya nazoratini ta`minlash, yuqumli va o`ta yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo`yicha amaliy choralar ko`rish;
- oilada tibbiy madaniyatni oshirish, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish bo`yicha aholi o`rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-iyun PK № 892-sonli Qarori bilan “2008-2012 yillarda nogiron bolalar tug’ilishini oldini olish uchun, tug’ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash” Davlat dasturi tasdiqlandi. Dastur doirasida onalar va bolalar sog’lig’ini har tomonlama mustahkamlash, sog’lom avlod tug’ilishi va tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, homilador ayollar va chaqaloqlar kasalliklarini barvaqt aniqlash va davolash tizimini yanada rivojlantirish, bolalar nogironligini oldini olish borasida g’oyat muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat “Ona va bola skrining” markazida tug’ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash bo’yicha quyidagi tekshiruvlar o’tkazilmoqda:
1. Prenatal skrining usuli yordamida homiladorlikning 14-20-nchi haftaligida ayol qonini tekshirish orqali homilada irsiy va tug’ma kasalliklar bor-yo’qligi aniqlanib, zarur choralar ko’rilmoqda.
2. Neotal skrining usuli yordamida yangi tug’ilgan chaqaloqlarning tovonidan qon olib, ularda irsiy kasallik hisoblangan fenilketonuriya va tug’ma kasallik hisoblangan gipotireoz bor-yo’qligi tekshirilib, kasallik aniqlangan chaqaloqlar sog’lomlashtirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 26-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” gi PK 1023-sonli Qarori asosida mamlakatimizda keng-ko`lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, barcha ta`lim muassasalari, korxona, tashkilot, mahallalarda OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish mavzusida jamoatchilik o`rtasida, tushuntirish-targ`ibot ishlari olib borilayapti.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1-iyuldagi “2009-2013 yillarda aholini reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog`lom bola tug`ilishi, jismoniy va ma`naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to`g`risida” gi PK 1144-sonli Qarorida quyidagi dolzarb vazifalar belgilangan:
- aholini reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash;
- sog`lom bola tug`ilishi va uni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- jismoniy va ma`naviy barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish;
- sog`lom va ahil oila qurish, sog`lom turmush tarzining muhimligini yoshlarga atroflicha tushuntirish;
- tug`ruqqa yordam ko`rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilishni yanada takomillashtirish kabilar.
Tibbiy bilim asoslari, onalik va bolalikni muhofaza qilish fanining ahamiyati va vazifalari.
Fanning ahamiyati. Mamlakatimizning barcha gumanitar yo‘nalishdagi Oliy o`quv yurtlarida “Tibbiy bilim asoslari, onalik va bolalikni muhofaza qilish” fani o‘qitilmoqda. Ushbu fanning o‘quv dasturini to‘liq o‘zlashtirgan talabalarga qo‘shimcha mutaxassislik sifatida favqulodda vaziyatlar sharoitida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha “O‘rta maxsus malakali tibbiyot xodimi” yoki “Tibbiyot hamshirasi” guvohnomasi beriladi. Bu esa muhim ijtimoiy muammo hisoblangan xalq sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muhim tadbirlardan biridir.
Mazkur fandan bilim olib gumanitar yo‘nalishdagi Oliy o`quv yurtlarini tamomlagan yoshlar o‘zlarining asosiy mutaxassisliklari bilan bir qatorda tibbiyot sohasida ham kundalik hayotda zarur bo‘lgan amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Chunonchi, favqulodda vaziyat sharoitlari (zilzila, suv toshqini, yong‘in, ishlab chiqarish avariyalari kabilar)da ro‘y berishi mumkin bo‘lgan jarohatlanish, suyak sinishi, bo‘g‘imlar chiqishi, qon ketish, sovuq urish, suvga cho‘kish, kuyish, zaharlanish, turli xil kasalliklar bilan xastalanish oqibatida yuzaga keladigan og‘ir holatlar, ya’ni, tana haroratining me’yoridan ko‘tarilishi yoki pasayishi, xushdan ketish, tirishish, arterial qon bosimining ko‘tarilishi yoki pasayishi, gipertoniya krizi, miya insulti, stenokardiya, miokard infarkti, shok, kollaps, nafas qisishi (bronxial astma), nafas va yurakning to‘satdan to‘xtab qolishi, nafas, yurak-tomir, me’da–ichak, jigar, siydik ayirish a’zolarining, miya va nerv tolalarining yallig‘lanish kasalliklarida, shuningdek, zaharli hashoratlar chaqqanida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorni parvarish qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, aholida, ayniqsa yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ona va bola sog`lig`ini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tushuntirish–targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish qilish kabi aholini sog‘lomlashtirish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga oid tibbiy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Ushbu tibbiy bilimlar favqulodda vaziyat sharoitida, yuqorida qayd etilganidek, shikastlangan, zaharlangan, xastalangan bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
Bundan tashqari ushbu tibbiy bilimlar bo`lg`usi o`qituvchi va murabbiylarning maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab, kollej va akademik litseylarda faoliyat ko`rsatganlarida bolalar va o`smirlar o`rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, turli xil kasalliklarni, birinchi navbatda yuqumli kasalliklarning oldini olish ishlarini amalga oshirishda katta yordam beradi.
Shuningdek, ushbu tibbiy bilimlar bo`lg`usi o`qituvchi va murabbiylarning kundalik turmush jarayonida aholi o`rtasida savobli ishlarni amalga oshirishlarida ham asqotadi. Negaki, issiq jonning isitmasi ham bo`ladi, deganlaridek, har bir oilada, qo`ni-qo`shnilarda, ayniqsa yosh bolalar va keksalarda birinchi tibbiy yordamga zaruriyat tug`ilib turadi. Bunday paytda bemor, yoki uning oila a`zolari “Tez yordam” ga murojaat qiladilar.
Ammo, o`ta og`ir xastalik paydo bo`lgan paytda dunyo bemor ko`ziga, ayniqsa, bemor yosh bola bo`lsa, uning ota-onasi ko`ziga tor ko`ringan paytda, chekka qishloq joyida, kechasi telefon aloqasi bo`lmasligi tufayli “Tez yordam” ni chaqirish imkoni bo`lmaganda, mazkur xonadonning qo`shnisi bo`lgan o`qituvchi-murabbiy bemorga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish bilimiga ega bo`lib, shu yordamni o`z vaqtida amalga oshirsa, u bemor va uning oila a`zolari ko`ziga najot farishtasi bo`lib ko`rinadi. Ularning hurmati va e`tiboriga sazovor bo`ladi.
Zotan, har bir odamda, ayniqsa yosh bola va keksalarda shunday holatlar ro`y berishi mumkinki, uning hayotini bor-yo`g`i bir necha daqiqalar hal qiladi. Shunday dolzarb paytlarda o`qituvchi-murabbiylar mazkur fandan olgan bilimlarini amaliy hayotda namoyon etib, bemorga chaqqonlik va ehtiyotkorlik bilan birinchi tibbiy yordam ko`rsatish bilan uning sog`lig`ini, qolaversa ayrim hollarda hayotini ham saqlab qolishga hissa qo`shadilar.
Fanning vazifalari. “Tibbiy bilim asoslari” fani O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Namunaviy o‘quv dasturi asosida, ushbu fan o`qitiladigan kafedrada ishlab chiqilgan va universitet o`quv-uslubiy kengashi yig`ilishida tasdiqlangan ishchi o`quv dasturi bo`yicha o`qitiladi.
Download 67,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish