Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Òiopental natriy. Kukun holida flakonlarda ishlab chiqariladi.
Venaga mo‘ljallangan eritmasi turg‘un bo‘lmagani uchun
ishlatishdan oldin (ex tempore) tayyorlanadi va asta-sekin
tomirga yuboriladi. Kichik dozalarda uyqu, kattaroq dozalarda
narkoz holatini keltirib chiqaradi. Narkoz holati deyarli chuqur
va tana mushaklari bo‘shashgan bo‘ladi. Narkoz moddasi
adashgan nerv (vagus nervi) faoliyatini oshirgani uchun nafas


131
yo‘llari sekretsiyasini kuchaytiradi, yurak ritmini sekinlashtiradi
(bradikardiya). Bularning oldini olish maqsadida atropin yoki
metatsin inyeksiya qilinadi. Narkoz 20—25 daq. davom etadi.
Narkoz moddasi, asosan, jigarda parchalanib, metabolitlar
shaklida buyrak orqali chiqariladi Narkoz holatidan 10—15 daq.
o‘tgach uyg‘onish davri boshlanadi.
Òiopental natriy eritmasi to‘g‘ri ichak orqali ham yubo-
rilishi mumkin. Bu yo‘l ko‘pincha yosh bolalarda qo‘llanadi.
Preparat ingalatsion narkoz moddalari bilan birga bazis
narkoz sifatida ham beriladi. Ayrim holatlarda miorelaksantlar
(tana mushaklarini bo‘shashtiruvchi preparatlar — tubokurarin
va boshqalar)dan ham foydalaniladi.
Òiopental natriy 20 ml hajmli flakonlarda quruq kukun
holida 0,5 —1 g dan ishlab chiqariladi. 2—2,5% li eritmasi
yuborishdan oldin inyeksiya uchun mo‘ljallangan sterillangan
suvda tayyorlanadi. 5% li iliq eritmasi to‘g‘ri ichakka yuborish
uchun qo‘llaniladi.
Viadril  flakonlarda kukun holida ishlab chiqariladi. Eritmasi
venaga yuborishdan oldin 5% li glukoza yoki osh tuzining
izotonik (0,9% li) eritmasida yoki 0,25% li novokain eritmasida
tayyorlanadi. Preparat ta’siri 3—5 daq. o‘tgach boshlanadi, tana
mushaklari yaxshigina bo‘shashadi, nafas va yurak-tomir
tizimiga ta’sir etmaydi. Viadril boshlang‘ich davrda, ingalatsion
narkoz moddalari bilan birgalikda bazis narkoz ham
miorelaksantlar yuborib qo‘llanilishi mumkin.
Preparat to‘qimalarga mahalliy ta’sir etgani uchun teri
ostiga yuborish taqiqlanadi. Venaga yuborilganida tomir bo‘ylab
og‘riq sezilishi mumkin. Shu sababli preparat yuborilgandan
so‘ng shu shpris orqali 0,25% li novokain eritmasi (10—
20 ml) yuborish tavsiya etiladi. Òromboflebitlarda (qon ivishi
yuqori bo‘lib tromblar yig‘ilishi) viadril ishlatilmaydi.
Preparat 20 ml hajmli flakonlarda 0,5 g dan ishlab
chiqariladi. Eritmasi venaga yuborishdan oldin tayyorlanadi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish